O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografiya kurslarida sonli ma’lumotlar



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə91/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiya kurslarida sonli ma’lumotlar


Maktab geografiya ta’limida juda ko’p sonli ma’lumotlar mavjud. Ular tabiatshunoslik kurslaridan tortib amaliy geografiya kurslarigacha uchraydi. Sonli, ya’ni statistik ma’lumotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakillantirish o’quvchilarni bilish va fikrlash faoliyatini rivojlantirishda juda katta axamiyatga ega.


Geografiya darsliklarida uchraydigan statistik ko’rsatgichlarni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: mutloq o’lchamlar; nisbiy o’lchamlar; koeffitsentlar.
Mutloq o’lchamlar ma’lumot axamiyatiga ega bo’ladi, ular orqali geografik xudud, voqea va hodisalarni o’lchamlari beriladi masalan, davlatlar maydoni, aholi soni, tog’larining balandligi, daryo uzunligi, okeanlar maydoni va chuqurligi va x.k.
Nisbiy o’lchamlar mutloq o’lchamlarni qiyoslash natijalarini ifodalaydi, geografik voqea va xodisalarni qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Masalan, havoning o’rtacha xarorati, bosimni o’zgarishi, demografik jarayonlarni kechishi, ishlab chiqarishni joylashishi va x.k.
Koeffitsentlar alohida voqea va xodisalarni o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydigan ko’rsatkichlar. Masalan, filьtrayatsiya koeffitsienti, namlanish koeffitsenti, iqtisodiy rayonlarni ixtisoslashuvi aholi va sanoatini o’sishi suratlari va x.k.
Tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslarida qo’llaniladigan statistik ma’lumotlarni yana quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:

    • yakka raqamlar shaklida, asosan mutloq qiymatlarda, masalan tonna, kelometr, kilovatt-soat, kelogramm va x.k.;

    • chizma tarzida (diagramma, grafik, kartogrammalar, kartadiagrammalar) ifodalangan raqamlar;

    • statistik jadvallar tarzida ifodalangan raqamlar.

Maktab geografiya darsliklarida uchraydigan raqamlar bilan ishlashni quyidagi shakllari mavjud:

  1. kerakli statistik ma’lumotlarni yig’ish;

  2. statistik ma’lumotlarni solishtirish;

v) umumlashgan statistik ko’rsatkichlarni aniqlash;
g) grafik, diagramma va jadvallardagi statistik ma’lumotlarni tax-lil qilish;
d) grafik, diagramma va jadvallar tuzish.
Kerakli statistik ma’lumotlarni yig’ish 5-sinfdan boshlanadi. Mazkur ma’lumotlarni o’quvchilar ob-havo kalendari bilan ishlaganda yig’ishadi. Bunda o’qituvchi ma’lum bir oyni tanlab olib ob-havoni kuzatishni tashkil qiladi. Bundan tashqari 5-sinfda gidrosfera, litosfera va beosfera mavzularini o’rganish davomida statistik ma’lumotlarni yig’ib tegishli qonuniyatlarni aniqlash mumkin.
Umumlashgan ko’rsatkichlarni geografik moxiyatini o’quvchilar chuqur anglashlari lozim ular asosida o’quvchilar to’g’ri va aniq geografik xulosalar qilishlari lozim.
Masalan, o’quvchilar “iqlim” mavzusini darslik asosida o’rganishayotganda umumlashgan statistik ko’rsatgichlar iqlimni okean, dengizlarga yaqinligirga bog’liq ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Turli xil chizma va diagrammalarni tahlil qilish uchun o’quvchilarda tafakkur yuqori darajada rivojlangan bo’lmog’i lozim. Matematika, tarix, chizmachilik, geografiya fanlarini o’rganayotganda o’quvchilar ongida ikki turdagi aloqalar shakllanadi:

    • vaqt va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik;

    • fazoviy va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik.

Chizma va diagrammalar bilan ishlash jarayonida mazkur ikki tur aloqalar bir-biri bilan bog’lanadi, ya’ni bitta tizimni hosil qiladi chizma va diagrammalar bilan ishlaganda o’qituvchi predmetlararo aloqalarga ko’proq e’tibor bermog’i lozim. Avval chizmada minus (manfiy) va musbat qiymatlar kardinata o’qini qaysi tomonida joylashishi haqida tushunchalar beriladi.
Shundan so’ng birin-ketin iqlimni tahlil qilishga o’quvchilarni undaydi:

    • koordinata o’qlari belgisini aniqlash;

    • koordinata o’qlarida mashstabni aniqlash;

    • chizma yoki diagrammani miqdoriy tahlil qilish;

    • chizma yoki diagrammani sifat jixatdan tahlil qilish.

Yuqorida ko’rsatilgan faoliyatlarning eng murakkabi iqlimiy chizma yoki diagrammalarni miqdoriy va sifatiy tahlil qilishdir. Chizma yoki diagrammani miqdoriy tahlilida miqdoriy ko’rsatkichlar va bog’liqliklar o’rganiladi. Bunday tahlil o’quvchilarni matematik bilimlariga asoslanadi.
Sifat jihatdan baholashni metodik yo’llaridan biri qiyoslashdir. Agar dars jarayonida iqlimiy diagrammalarni tushuntirish davomida o’qituvchi turli xil iqlimlar va iqlimiy xodisalar haqida qiyosiy hikoya qilib berishi mumkin.
7-sinf darsligida iqlimni o’rganish jarayonida umumlashgan statistik ma’lumotlardan foydalanish ko’nikmasi shakllantiriladi. Masalan, namlik koeffitsenti, yalpi quyosh radiatsiyasi, yutilgan quyosh radiatsiyasi, bug’lanuvchanlik. Mazkur tushunchalarni o’rganish o’qituvchidan o’quvchilar bilan muntazam ishlashni talab qiladi.
Har bir yangi ko’rsatkichlarni o’qituvchi aloxida-aloxida o’quvchilarga mohiyati va ma’nosini tushuntirishi uni, qanday aniqlashini va aniqlash tartiblarini ko’rsatishi lozim.
Alohida iqlim turlarini o’zlashtirib bo’lganidan so’ng, iqlimni umumlashgan ko’rsatkgichlarini aniqlash boshlanadi: ular quyidagicha tartibda aniqlanadi:

  • quyosh radiatsiyasi quyosh balandligi va bulutlikning turli sharoitlarida aniqlanadi;

  • o’rtacha yillik, eng yuqori va eng past xarorat, xaroratni yillik o’zgarishi aniqlanadi;

  • havoni namligi va bug’lanish aniqlanadi.

  • o’rtacha yillik yog’in miqdori, eng ko’p va kam yog’in miqdori, yog’inni yil davomida taqsimlanishi aniqlanadi;

  • havo bosimi va uni mavsumiy o’zgarishi, shamollar va ularning asosiy yo’nalishlari hamda kuchi.


Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin