O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə93/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Jadvallar bilan ishlash. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida ko’pincha raqamlar ma’lum bir ko’rsatgichlar bo’yicha guruhlantirilgan bo’ladi. Bunday guruhlantirilgan raqamlar yig’indisiga jadvallar deb ataladi. Jadvallar maktab geografiyasining barcha tarmoqlarida foydalaniladi. Tabiiy geografiya ko’proq quyidagi jadvallardan foydalaniladi:
Yer yuzasida quruqlik va suvlikning taqsimlanishi;
Okeanlar, dengizlar cho’kmalar, bo’g’izlar; Materiklar va ulardagi daryolar, ko’llar, orollar, cho’qqilar vulqonlar jadvallari; Iqlim ko’rsatgichlar jadvallari; va x.k.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha jadvallardan foydalaniladi: Davlatlar guruhlar bo’yicha; aholii va uning ko’rsatgichlari; tabiiy resurslari ko’rsatgichlari; sanoat tarmoqlari ko’rsatgichlari; qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish ko’rsatgichlari; transport ko’rsatgichlari; xalqaro iqtisodiy aloqalar ko’rsatgichlari; ma’muriy birliklar ko’rsatkichlari.
Geografiya ta’limida jadvallar quyidagi guruhlarga bo’linadi: Oddiy; guruhlashtirilgan; kombinatsion; va boshqa jadvallar.
Oddiy jadvallarda xalq xo’jaligini tarmoqlari bo’yicha rejalashtirish uchun asos bo’ladigan statistik kuzatishlar natijalari ma’lum bir tizimga solinadi.
Bunday jadvallarga markaziy statistika qo’mitasi tomonidan chiqariladigan statistik to’plamlar kiradi. Mazkur jadvallardan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini o’rganishda foydalaniladi.
Mazkur jadvaldan har bir viloyatning xo’jaligini rivojlantirish xususiyatlarini o’rganishda ham foydalaniladi.
Guruhlashtirilgan jadvallarda statistik ma’lumotlar ma’lum bir ko’rsatgichlar bo’yicha guruhlantiriladi. Masalan, aholini quyidagi guruhlarga bo’lib ko’rsatish mumkin: shahar va qishloqlar aholisi, erkaklar va ayollar, dehqonlar, ziyolilar, bolalar, o’smirlar, qariyalar va x.k.
Kombinatsion jadvallar murakkabroq bo’ladi. Masalan, ishchi kuchi ixtisosligi bilangina emas, balki jinsi, yoshi bilan ham guruhlashtiriladi. Kombinatsion jadvallar guruhlarini solishtirishga imkon beradi.
Darslikda keltirilgan jadvallardagi statistik ko’rsatgichlarni tahlil qilishga kirishishdan oldin o’quvchilarga tahlilni maqsadini tushuntirish lozim. Jadvallarni tahlil qilish dars jarayonida amalga oshirish lozim. Ularni tahlil vazifa sifatida bermaslik lozim. Chunki jadvallar bo’yicha tushunmovchiliklar tug’ilishi mumkin. Maktab geografiyasi kurslarida voqea va xodisalarni statistik tahlildan oldin ularni nazariy jixatdan asoslab berish lozim. Masalan, iqlim haqidagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilishdan avval iqlim hosil qiluvchi omillar haqida nazariy
bilimlar berib o’tish lozim.
Jadvallarni tahlil qilayotganda statistik ko’rsatgichlarni qiyoslash iqtisodiy geografiya darslarida katta axamiyatga ega.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin