XIV BOB. O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALAR. NOANA'NAVIY USULLAR VA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH TAJRIBASI
Pedagogik texnologiyalar va ularning turlari
O’zbekiston, Rossiya va boshqa qator MDH davlatlari ta’lim tizimiga XX asrning 90-yillaridan boshlab «Yangi pedogogik texnologiyalar», «Ilg’or pedagogik texnologiyalari», “Pedagogik texnologiyalar”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Maktab texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari” va boshqa shunga o’xshash tushunchalar kirib keldi.
asrga kelib fan texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan ta’lim tizimida ham qator muammolar vujudga keldi. Bunday muammolarga avvaldan kafolatlangan natijalarni olishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarni loyihalashtirish va amalga oshirish kiradi.
Shu maqsadda XX asrning 50-70 yillar ida AQSH da B.Blum. D.Kratvoll, N.Gronlund, Dj.Kerol, Dj.Blok, A.Anderson va boshqa olimlar tomonidan rejalashtirilgan natijalarni olishni kafolatlaydigan, Qayta takrorlanadigan pedagogik tsiklni o’z ichiga olgan texnologiyalar ishlab chiqildi. Mazkur texnologiyalar so’ngra Yevropada qo’llanila boshlandi. Pedagogik texnologiyalar bo’yicha ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi.
Rossiyada pedagogik texnologiyalar XX asrning 90-yillaridan boshlab tarqala boshladi.Mazkur texnologiyalar sohasida B.P. Bespalko, M.V.Klarin, V.G.Guzeev, T.S.Nazarov. N.D.Nikondova, N.F.Kostenko, V.R.Imakova, G.Ilьni, B.I.Bulin, Sokolova, Yu.G.Molokova, O.Episheva, P.K.Selevko va boshqalar ulkan ishlarni amalga oshirishdiyu “SHкoльnыe tеxnoлoгии” jurnali nashr qilina boshladi. Yangi pedagogik texnaologiyalar ta’limning boshqa bosqichlarida (maktabgacha ta’lim, boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus va Oliy ta’lim) qo’llanila boshladi.
O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar sohasida 2000 yildan boshlab yirik ilmiy ishlar va o’quv qo’llanmalari nashr qilina boshlandi. Bu sohada B.P.Farberman, N.Saydaxmedov, F.Jumabaev, A.Ochilov, L.Golish, B.Ziyamuhamedov, SH.Abdullaev, J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov va boshqalar katta ishlarni amalga oshirishdi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika Universitetida “Ta’lim texnologiyalari” jurnali nashr etilmoqda.
Geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash va geografik ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish bo’yicha I.V.Dushina, V.T.Dmitreva, A.N.Vorobьev, O.A.Ushakova, N.V.Novenko, I.I.Barina, O.A.Baxchieva, U.X. Safarov, X.Nikadamboyevd va boshqalar ish olib borishmoqda.
O’zbekistonda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash va geografik texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha ilmiy va metodik ishlar endi boshlanmoqda, ammo bu sohada yirik ko’zga ko’rinadigan ishlar hali
qilinganicha yo’q. Pedagogik texnologiyalarni ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari hamma fanlarda, ayniqsa Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, barcha o’quv fanlarida ham test topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qo’llanmalar va ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu esa ayrim chalkashliklarga va testlarni faqat bir yo’nalishda tuzilishiga olib keldi. Testologiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlari orqali ifodalash pedagogik texnologiyalarni oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Demak, O’zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni ma’lum bir bo’g’inlarini qo’llash ancha oldin boshlangan.
O’zbekistonda 1992 yildan boshlab Oliy o’quv yurtlariga qabul pedagogik test sinovlari asosida o’tkaziladigan bo’ldi. Oliy va o’rta maxsus maktab muammolari institutida pedagogik texnologiyalar va ta’lim sifati bo’limi ochildi.
Geografiya ta’limida ko’pincha o’qitish texnologiyalari ilgaritdan qo’llanilib kelinadi, ayrimlari endi qo’llanilmoqda. I.V.Dushina (2004) geografiya ta’limida qo’llaniladigan texnologiyalarni quyidagi turlarga bo’lgan: mantiqiy tayanch konspektlar texnologiyasi; o’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi; o’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi; komunikativ – aloqa texnologiyasi; o’quvchilarni loyixalar tuzish faoliyati texnologiyasi.
Hozirgi paytda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashni ilmiy-metodik asoslari quyidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilishi lozim.
Geografiya ta’limini maqsadlarini aniqlash. Geografiya ta’limining maqsadlari va vazifalari mavjud ta’lim standartlarida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Standartlar bo’yicha har bir geografiya predmeti bo’yicha ta’lim maqsadlari va vazifalari ishlab chiqilgan. Geografiya ta’limining asosiy ko’rsatkichlarini B.Blumning taksonomik birliklari orqali ifodalansa ular aniq bir o’lchamlarga ega bo’lar edi. Mazkur muammo sohasida hozircha geografiya ta’limida sezilarli ishlar olib borilayotgani yo’q.
Geografiya ta’limida quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |