O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Kartografiktexnologiyalar.Geografiya ta’limining barcha bosqichlarida qadimdan qo’llanib keladi. Kartografik materiallar ko’pincha darsga qo’shimcha ko’rgazma sifatida ishlatiladi. Alohida kartografik texnalogiyalar yordamida hozircha dars o’tilmaydi. Kartografik texnologiyalarni qo’llash quyidagi bosqichlardan iborat:
ilk, sodda kartografik tushunchalarni shakillantirish bosqichi. Mazkur bosqich umum-ta’lim maktablarida 5-sinfda «Boshlang’ich tabiiy geografiya» kursida, Oliy o’quv yurtlarida esa topografiya va kartografiya kurslarida beriladi. Bunda, harita, miqiyos (mashstab), shartli belgilar, geografik koordinatalar haqida tushunchalar, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Mazkur bosqich o’z navbatida quyidagi texnologiyalardan iborat: Miqiyos (mashstab) texnologiyasi; shartli belgilar texnologiyasi; geografik koordinatalar texnologiyasi;
Kartografik dars texnologiyasi – mazkur darslarda to’la kartografik texnologiyalarni qo’llash asosida o’tilishi mumkin. Mazkur texnologiyalarni o’rta va oliy ta’limda regional tabiiy va iqtisodiy geografik predmetlarini o’rganishda qo’llanishi mumkin. (materiklar va okeanlar, o’lkalar, davlatlar ma’muriy birliklarning tabiiy va iqtisodiy hamda siyosiy geografik sharoiti).
O’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi (Dushina, Gerasimova, Neklyukova, G’ulomov, Qurboniyozov, Vaxobov va boshqalar). Mazkur usul ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu texnologiya geografik borliqni, xodisa va jarayonlarni tavsiflash tartibi, qoidasi, algoritmlar sifatida ifodalangan. Mazkur texnologiya har bir darslik uchun metodik qo’llanma sifatida kengroq tarqalgan. Masalan, har bir sinf bo’yicha nashr qilingan darsliklar albatta metodik qo’llanmasi bilan birga nashr qilinmoqda. Unda geografik ko’nikmalarni shakllantrish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Tabaqalashtirilgano’qitishtexnologiyasi(Episheva, Dushina). Ushbu texnologiya ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu usulni qo’llaganda sinf o’quvchilari qobiliyatiga va qiziquvchanligiga ko’ra ma’lum bir guruhlarga bo’linadi. Bunda o’quv maqsadlari tabaqalashtiriladi, har bir guruh uchun o’quv jarayonini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqiladi. Mazkur texnologiyani regional geografiya fanlarini o’rganishda qo’llash yaxshi natija beradi. Masalan, Yevropadagi rivojlangan davlatlar iqtisodiy geografiyasini o’rganishda har bir guruh ma’lum bir davlatni o’rganishi mumkin.
O’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi(Suxov, Rom, Dronov, Dushino va boshqalar). Bunda o’quv faoliyati o’quvchilarni faolligini oshirishni maxsus, alohida shakli sifatida ko’riladi. Ushbu texnologiyada o’quvchilar bilimlarni ma’lum bir o’quv topshiriqlarni bajarish orqali olishadi. Ushbu texnologiyani qo’llash quyidagi bosqichlardan iborat: ma’lum bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha topshiriqlar tizimi tuziladi (masalan, Shimoliy Amerika iqlimi; Xitoyning qishloq xo’jaligi; Yaponiya transporti va hokazolar); O’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish; mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini tekshirish uchun test topshiriqlarini tuzish; dars o’tish, o’quvchilar bilimini baholash. Mazkur texnologiyalarga o’quvchilar faoliyatini faollashtirish texnologiyasini ham kiritsa bo’ladi. O’quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish geografik o’yinlar texnologiyasi, muammoli o’qitish texnologiyasi, o’quv materiallarini chizmali, belgili va kartografik modellardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Geografiya o’yinlar texnologiyasi, geografiya ta’limida juda keng qo’llaniladi va o’zining qiziqarliligi, bilimlarni o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtirishlari bilan ajralib turadi. Geografik o’yinlar texnologiyasi barcha geografiya predmetlarini o’rganishda qo’llanishi mumkin. Muammoli o’qitish texnologiyasi ham geografiya ta’limida yangi emas. U ilgaridan qo’llanilib kelinadi. Bunda asosiy vazifa bo’lib ma’lum bir mavzu bo’yicha muammoli savollar yoki topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va uni o’quvchilarga tushuntirishdir. Masalan relyefni shakllanishi va rivojlanishi; atmosfera yog’inlarini hosil bo’lishi: qishloq xo’jaligini tabiat zonalari bo’yicha ixtisoslashuvi, sanoat tarmoqlarining joylashuvi va hokazolar.
Modulli ta’lim texnologiyasigeografiya ta’limida endi rivojlanib kelmokda. Darslik, bo’lim, mavzu ayrim modullarga bo’linadi. har bir modulda o’quvchilar albatta egallashi lozim bo’lgan bilimlar tizimi aniqlanadi. Masalan, geografik koordinatalar mavzusini quyidagi modullarga bo’lishimiz mumkin: ekvator, bosh meridian, parallellar, meridianlar, daraja to’ri, geografik kenglik, geografik uzunlik, geografik koordinatalar. Bunda o’quvchilar albatta bilishi shart bo’lgan bilimlarga parallel, meridian, kenglik, uzunlik, geografik koordinata kiradi.
Mazkur texnologiyani geografiya predmetlarining barchasida qo’llash mumkin. Mazkur texnologiya o’qituvchi va o’quvchini birgalikdagi faoliyatini yengillashtiradi va jadallashtiriladi.
Alternativ texnologiyalarnijuda ko’p variantlari mavjud, ulardan geografiya ta’limda ustaxona texnologiyasidan foydalanish mumkin (Kollen, Okunev). Bunda usta (o’qituvchi) kerakli ma’lumotlarni o’quvchilarga beradi va uning asosida o’quvchilar o’zlarining bilimlariga tayangan holda topshiriqni bajarishadi. Masalan, o’qituvchi bergan quyidagi materiallar asosida (yillik o’rtacha harorat, yildagi eng baland va eng past haroratlar, yog’in miqdori va uning qaysi faslda yog’ishi, shamollar, havo massalari) iqlim turi, yillik havo harorati farqi, iqlim mintaqasi va u tarqalgan hududlarni aniqlashlari lozim.
Integratsiya texnologiyalari. Geografiya ta’limida integrativ predmetlarini o’rganishda qo’llaniladi. Geografiya ta’limida akademik litsey va kasb–xunar kollejlarida o’tiladigan «Amaliy geografiya» predmeti integrativ predmet hisoblanadi. Unda tabiiy geografik, ekologik, iqtisodiy geografiya, siyosiy geografiya va geosiyosiy bilimlar majmuasi berilgan. Bunda geografik qobig’dagi tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ekologik va geosiyosiy tizimlar haqida yaxlit bilimlar berilgan. Shuning uchun mazkur kursning vazifasi geografik borliqni yaxlit tushunish va qabul qilishni shakllantirishdir.
Kommunikativ — suhbat texnologiyasiham geografiya ta’limida u yoki bu darajada ilgaritdan foydalanib kelinadi. Bunda o’qituvchidan o’quv jarayonida ijodiy yondashish, suhbat texnologiyasi usullaridan foydalana bilish, suhbat uchun savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, o’quvchilar yoki talabalar o’rtasida munozaralarni tashkil qila bilish talab qilinadi. Geografiya predmetlarini deyarli barchasini o’rganishda ushbu usuldan foydalanish mumkin. Masalan, «Orol dengizini qutqarib qolish mumkinmi», “Qozog’iston past tog’lari o’rnida Shimolay tog’lari bo’lsa, O’rta Osiyo iqlimi qanday bo’ladi?”, “Qanday tuproqlar hosildor va nima uchun”, “Shimoliy Atlantika iliq oqimi bo’lmasa Yevropa iqlimi qanday bo’ladi” va hokazolar.
Bundan tashqari reyting, jamoa, rivojlantiruvchi, shaxsga yo’naltirilgan, mualliflik, didaktik maqsadlarni yiriklashtirish, mantiqiy tayanch konspektlar va boshqa texnologiyalar mavjud.
Ta’lim texnologiyalarining ko’p qismi geografiya ta’limida ilgaritdan o’qitish metodikasi sifatida qo’llanib kelingan. Metodika bilan texnologiya bir- biriga juda yaqin, bir-birini to’ldiradi. Masalan, jahon siyosiy haritasini ma’ruza usulida o’rganish texnologiyasi, quyosh tizimi mavzusini tushuntirish usulida o’rgatish texnologiyasi va hokazolar.
Demak, geografiya fani yangi ta’lim texnologiyalarini qo’llash uchun juda katta imkoniyatlarga ega, ammo mazkur texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ilmiy- metodik ishlar boshqa fanlarga qaraganda sust olib borilmoqda.
Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
-geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash va ularni sinflashtirish;
-ta’lim maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash;
-ta’lim maqsadlariga erishish usullari va metodlarni aniqlash:
-ta’lim maqsadlariga erishishni baholash.