Turli mavzuli haritalar va ma’lumotlarning tahlili asosida yozma ish tayyorlash.
Ma’lum bir geografik muammoni yechish bo’yicha faoliyat rejasini ishlab chiqish.
Xususiy ma’lumotlar asosida yaxlit tabiiy geografik va iqtisodiy geografik yoki geosiyosiy yaxlit obrazni yaratish.
6.
|
Baholash.
Mavjud qabul qilingan ta’lim maqsadlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarni va metodlarni baholash. Masalan, metodologik, gidrologik, statistik ma’lumotlarni hamda kuzatish, kartografik, qiyosiy-gegrafik matematik metodlarni baholash.
Ushbu toifa ta’lim natijalari yuqoridagi toifalar bo’yicha natijalar olinishi aniq ifodalangan o’lchamlar asosida baholashni talab qiladi.
|
Tabiiy geografik va iqtisodiy geografik rayonlarni ichki o’lchamlar (ma’lumotlar) asosida baholash.
Geografik qobiq va va uning qismlarini hamda jahon xo’jaligini, jahon geosiyosiy maydonlarini tashqi o’lchamlar asosida baholash.
|
Geografiya ta’limi maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash
Pedagogik texnologiyalarning ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari barcha o’quv fanlarida bilimlarni tekshirishni asosiy usuli bo’lib qoldi, ayniqsa XX-asrning 90-yillaridan boshlab kirish imtihonlarida keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, deyarli barcha fanlarda ham test topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qullanmalar va ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. Bu esa ayrim chalkashliklarni keltirib chiqardi. Testalogiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash pedagogik texnologiyalarning oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Demak, O’zbekistonda va boshqa qator MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash uning oxirgi bosqichlaridan boshlangan.
Umumta’lim va o’rta maxsus maktablarni eng dolzarb, murakkab va muhim muammolaridan biri o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirishdir. XX- asrning 90-yillarigacha o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishni og’zaki va yozma usuli keng tarqalgan edi. Mazkur usullarning asosiy kamchiligi bilim va malakalarga baho qo’yishdagi subiktivlikdir. Har bir imtihon oluvchi bir xil ishga turli yondoshib, turlicha baho qo’yish mumkin. eng muhimi bu usulda aniq bir muvozanatning sust ishlanganligidir.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezedentining «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlariga qabul tizimini takomillashtirish haqida» farmoniga binoan, hamda 1992 yilgi Oliy o’quv yurtlariga test bo’yicha qabulning ijobiy natijalarini hisobga olib, Vazirlar mahkamasi O’zbekistondagi barcha o’quv yurtlari qabulini test usulida o’tkazish haqida qaror qabul qildi.
O’zbekistonda geografiya fani bo’yicha test topshiriqlari tuzib nashr qilina boshladi. Bu sohada X.Vaxobov, P G’ulomov, R.Qurbonniyozov, A.Soatov, A.Qayumov va boshqalar tomonidan katta ishlar amalga ogshirildi. 1994 yildan 2002 yilgacha Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlari to’plamlari
«Axbarotnoma» shaklida nashr qilindi.
Test ingilizcha «Test» so’zidan olingan bo’lib, topshirish, sinash, nazorat qilish ma’nolarini anglatadi (BSE, 42 t, 1956 g). dastlab testlar psixologiya fanida kishining fikrlash qobiliyati, alohida muhim imkoniyatlari, irodasini va boshqa tomonlarni aniqlashda qo’llaniladigan bir qolipdagi topshiriqlardan iborat bo’lgan ( so’zli yoki rasmli shaklda).
Maktablarda testlar (N.Grayvz, 1979) dastlab asrimizning 20-yillaridan boshlab AQSHda qo’llanila boshlangan, bu paytgacha AQSH va Buyuk Britaniyada imtihonlar asosan yozma shaklda o’tkazilar edi. XX-asr boshlarida AQSHda yozma imtihonlar qattiq tanqid ostiga olina boshlandi, natijada bilim va malakalarni tekshirish bo’yicha turli tajribalar sinab ko’rila boshlandi. Chunki AQSHda o’quv jarayonini rejalashtirish bo’yicha maktablar juda katta xuquqa ega edilar, natijada o’quvchilarning umumiy ta’lim darajalari turlicha bo’lgan. 1920 yildan boshlab Nьyu-York shtatining maorif bo’limi aniq (obyektlar) testlar bo’yicha imtihon olish tajribasini boshladilar va 30-yillardan boshlab bunday usul AQSHning hamma maktablarida qo’llanila boshlandi. AQSHning Shimoliy – Sharqiy shtatlarining oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari bo’yicha kengash ham universitetlarga rejaga solish maqsadida 30-yillarda testlar tuzishga kirishdi. Natijada testlar tuzish bo’yicha kooperativ xizmati tashkil qilindi, uning asosiy vazifasi, AQSHning maktab va kollejlarida o’quvchilar o’zlashtirishini ko’rsatilgan talablar asosida aniq baholash mezonlari bilan ta’minlash edi. 1948 yilda Ushbu kooperativ xizmat ta’lim testlari xizmatiga aylantirildi. Imtihonlar bo’yicha kengash test xizmatlarining ma’lumotlarini kollej va univesitetlarga kiruvchilarning bilimini tekshirishda ishlata boshladi.
Test bo’yicha bilim va malakalarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: a)fikrlash va matematik qobiliyatni aniqlashga mo’ljallangan testlar (ko’p javobli savollardan tuzilgan, imtihon 3-soat davom etadi); b) yakuniy test, asosan ingliz tili, ijtimoiy fanlar, matematika, chet tilllari va tarix bo’yicha bilimlarni tekshiradi, kiruvchilardan 3-ta predmet bo’yicha testdan o’tish talab qilinadi (har bir predmet
bo’yicha imtihon 1-soat davom etadi, hammasi ket-ma ket bo’ladi). Barcha testlar (ingliz tilidan tashqari) ko’p savolli toshiriqlar iborat. Buyuk Britaniyada testlar boshlang’ich maktablarning bitiruvchi sinflarida qobiliyatli o’quvchilarni o’rta maktablarga taqsimlash maqsadida o’tkaziladi. Imtihon topshir o’quvlaridan to’g’ri javobni aniqlash talab qilinadi va har bir to’g’ri javob uchun bir ball qo’yiladi. Baholar aniq bo’lgani uchun imtihon oluvchilarning subektiv qarashlari yo’q bo’ladi.
Sobiq ittifoqda bilim va malakalarni test orqali tekshirish noilmiy deb qaralib, VKP (b)ning 1936 yil 4-iyulda chiqqan «Xalq maorifi komisarligi tizimidagi pedagogik noto’g’ri talqinlar haqida» nomli qarorida qattiq tanqid ostiga olindi va man qilindi. 1970 yildan boshlab test usuli maktablarda yana asta sekin tajriba sifatida olimlar va ilg’or o’qituvchilar tomonidan qo’llanila boshlandi.
Geografiya sohasida mazkur ishlar T.P.Gerasimova, M.K.Kovalevskaya, V.A.Korinskaya, L.M. Teltevskaya va boshqalar tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi paytda jahonda testlarning juda ko’p turlari mavjud, ulardan eng asosiylari , quyidagilar (G’ulomov, Vaxobov, Qurbonniyozov, 1993):
Dostları ilə paylaş: |