Ko’p javobli testlar. Bunday testlar juda keng tarqalgan. O’zbekistonda ham hozir asosan shunday testlar qo’llanilmoqda. Maskur testlarda bitta savolga uchtadan beshtagacha javob bo’ladi, imtihon topshiruvchi to’g’ri javobni aniqlab belgilashi lozim masalan,:
Ikki materik, ikki qit’a, ikki okean, ikki dengiz, ikki yarim orol va ikki davlatni ajratib turuvchi bo’g’izni aniqlang.
A.Bosfor V.Gibraltar S.Dreyk D.Torres
E. Bering
“To’g’ri-noto’g’ri” (alternativ testlar) testlar. Ushbu turdagi testlar “to’g’ri” va “noto’g’ri” xilidagi savollardan iborat iborat bo’ladi. Bunda imtihon topshiruvchi topshiriqqa binoan to’g’ri yoki noto’g’ri javoblarni aniqlash kerak. Masalan, Yevropaga kirmaydigan davlatlarni tagiga chizing.
Ispaniya, Kuba, Fransiya, Lixtenshteyn, Shri Lanka, Chexiya, Surinam, Barbados. Yoki quyidagi to’g’ri yozilgan nomlarni tagiga chizing.
Andijon, Samarqand, Farg’ona, Sirdaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari Farg’ona vodiysida joylashgan.
Uyg’unlashgan savolli testlar.Bunday testlarda berilgan savollar yoki nomlar yoniga ularga mos bo’lgan tayyor javoblarni yozib qo’yish talab qilinadi. Masalan,
Toshkent viloyatida joylashgan shaharlar yoniga, ular uchun hos bo’lgan sanoat tarmog’ini yozing.
Yoqilg’i – energitika sanoati, rangli metallurgiya, oziq-ovqat, ximya, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati.
Yangiyo’l- Chirchiq- Ohangaron-
Olmaliq- Bekobod- Angren-
Ushbu testlar tabiiy geografiyada keng tarqalgan geografik diktantlarga to’g’ri keladi. Masalan, «Farg’ona vodiysini shimoli g’arbdan ...........................
tizmasi, .................... dan Farg’ona tizmasi, .........................dan Oloy va Turkiston tizmalari o’rab turadi. Ma’muriy jihatdan Farg’ona vodiysida O’zbekistonga qarashli 3 ta viloyat- ............... . .....vloyatlari Qirg’izistonning
...........................................viloyatlari va ning
Xo’jand viloyati joylashgan».