O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografiya darslarida o’tkaziladigan tajribalarga qo’yiladigan



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə88/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

13.4.3.1.Geografiya darslarida o’tkaziladigan tajribalarga qo’yiladigan


talablar.

O’tkaziladigan tajriba ko’zlangan maqsadga erishish va unda beriladigan bilimlarni o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari uchun tajriba quyildagi talablarga javob berishi lozim (Gerasimova, Korinskaya)



  1. O’qituvchi dars rejasini tuzayotganida qanday masalalarni tajriba yordamida tushuntirishni oldindan belgilashi zarur. Tajriba o’rganilayotgan mavzu bilan bevosita bog’langan bo’lmog’i lozim.

  2. Tajribani boshlashdan avval o’quvchilarni tajriba mavzusi, uning ahamiyati va tajriba o’tkazishni asochsiy bosqichlari bilan tanishtirish lozim. Masalan, o’qituvchi shag’al va gilni suv o’tkazuvchanligini o’rganish bo’yicha tajriba o’tkazishdan oldin o’quvchilar mazkur tajriba orqali nimalarni bilib olishlarini aytib berish lozim. Mazkur bilimlar buloqlarni artezian va oddiy quduqlarni o’rganishda zarur bo’lishini takidlashi lozim.

  3. O’quvchilarni faolligini oshirish va o’tkazilayotgan tajribani moxiyatini tushunayotganini tekshirish maqsadida sinfga savol bilan murojat qilish va har bir o’quvchini kuzatib turish lozim.

  4. Tajriba davomida o’qituvchi o’quvchilarda kuzatilayotgan xodisa haqida mustaqil fikrlash qobiliyatini uyg’otish zarur va tajribani oxirida ular mustaqil xulosalar qilishlari lozim. Masalan quruqlik va suvlikni isishi va sovushini tajribada o’rganish davomida o’quvchilar quruqlik okeanlarga nisbatan tez isib va tez sovishi haqida va buni oqibatlarida turli iqlim va tuproqlarini shakillanishi haqida bilimlarga ega bo’lishadi.

  5. Tajriba davomida rasmlar, jadvallar, chizmalar va ko’rgazma qurollarni ham ko’rsatib borishi lozim.

  6. Tajriba o’tkazish uzoq davom etmasligi lozim. O’ta murakkab tajribalar bir soatdan ortiq davom etmasligi lozim.

  7. Tajriba o’tkazilishga o’quvchilar puxta tayyorlanishi lozim.

  8. Tajriba o’tkazilayotganda jihozlarni shunday joylashtirish kerakki ularni o’quvchilarni hammasi ko’rib tursin.

Maktab geografiya maydonchasida quyidagi tajribalarni o’tkazish mumkin: suvni yemirish ishi; yer yuzasini yonbag’rini qiyaligi va nima bilan qoplanganini bog’liq xolda turlicha isishi.
Suv va quruqlik yuzasini havoni isishiga ta’sirini o’rganish uchun quruqlik va suv xavzasi yuzasida harorat turli vaqtda o’rganiladi va tahlil qilinadi.
Relyefni haroratga ta’sirini o’rganish uchun havo harorati tekislik va tog’ yonbag’rida o’rganiladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tekislik va yonbag’rini turlicha isishi haqida o’quvchilar bilimlarga ega bo’lishadi. Ya’ni o’quvchilar tajriba asosida yonbag’irlarni Shimoliy va janubiy qismlarida o’simliklar xillarini turlichaligini tushunib olishadi.
Gruntlarni turi, mexanik tarkibi, rangi, o’simlik bilan qoplanganlik darajasi, namligini yer yuzasini isishiga ta’sirini saqlash uchun quyidagi tajriba o’tkaziladi:

  • chuqurligi0,5 m, kengligi 0,5 m, uzunligi 1 m bo’lgan bir necha chuqur qaziladi;

  • mazkur chuqurlar turli xil tog’ jinslari va tuproqlar bilan to’ldiriladi;

  • ma’lum vaqt o’tgandan so’ng ularni harorati o’lchanadi;

  • turli vaqtlarda turli tog’ jinslari va tuproqlar haroratining qiymatlari tahlil qilinadi va tog’ jinslaring turlari mexanik tarkibi hamda namlik darajasi haroratga qanday ta’sir etishi aniqlanadi.

Geografiya maydonida yoki ochiq joyda o’quvchilar tomonidan tuproqlarni va tog’ jinslarini haroratini mustaqil o’rganilishi geografiya ta’limini hayot bilan bog’liqligini mustahkamlaydi.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin