O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Fenologik kuzatishlar. Tabiatda sodir bo’ladigan fasliy o’zgarishlarni va ular bilan bog’liq ravishda o’simlik va hayvonot dunyosini o’zgarishini kuzatish geografik bilimlarni oshirishda va ularni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega, fenalogik kuzatishlar maktab hovlisida, geograik maydonchalarda olib borilishi mumkin.
Fenalogiya-tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish muddatlari va shu muddatlarni belgilovchi sabablar to’g’risidagi bilimlar tizimidir. Fenalogiya atamasini fanga Belgiyalik botanik SH.Morran 1853 yil kiritgan.
Fenalogik kuzatishlar quyidagi qismlardan iborat:
yuksak o’simliklarda kurtaklarning bo’rtishi va yozilishi, barg chiqarishi, g’unchalash, gullash, urug’ va mevalarning pishib yetilishi, kuzda barglarning sarg’ayishi va to’qilishi;
sut emizuvchi hayvonlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi: qishki uyqudan uyg’onishi, juftlashishi, bolalash, mavsumiy tullash va x.k;
v) qushlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi: bahorda uchib kelishi, in qurishi, tuxum qo’yish, jo’ja ochish, kuzda uchib ketish;
g) baliqlar quyidagicha kuzatiladi: bahorgi serharakat hayot, uvildiriqlar tashlash, mavsumiy ko’chib yurish va x.k.
Fenalogiya fani quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: umumiy va xususiy fenologiyaga bo’linadi. Umumiy fenologiya tabiat taraqqiyotini yil fasllarini bir me’yorda almashib turishi bilan bog’liq xoldagi yaxlit xodisa sifatida o’rganiladi. Xususiy fenologiya fitofenologiya va zoofenologiyaga bo’linadi.
Tabiatdagi mavsumiy xodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologiya o’rganadi. Mazkur omillar endogen va ekzogen guruhlarga bo’linadi. Endogen omillar Yerning ichki kuchlari bilan bog’liq. Tashqi ekzogen omillarni belgilab iqlim beradi. Masalan, o’simlik va hayvonot dunyosini bahorgi uyg’onishini va qishki uyquga ketishini joyning issiqlik me’yori belgilab beradi.
Fenologik – geografik qonuniyatlarni aniqlash uchun fenologik kuzatishlar olib boriladi. Fenologik qonuniyatlar asosida qishloq xo’jalik tarmoqlari bo’yicha qilinadigan mavsumiy ishlar va tadbirlarni mintaqaviy taqvimi tuziladi. Bunday taqvimdan tabiatni muxofaza qilish tadbirlari ishlab chiqishda foydalaniladi.
Kuzatish metodi o’quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Uzoq muddatli kuzatishlar katta ahamiyatga ega, uning natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda tegishli xulosalar qilishi mumkin.
O’z o’lkasini tabiati va aholisini xo’jalik faoliyatini kuzatish oqibatida geografiya o’qitish metodikasida o’lkashunoslik tamoilini amalga oshirishga imkon beradi.
Kuzatish boshqa hududlarni dikqat bilan o’rganishga imkon beradi. Masalan, jahon tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishda, materiklar va davlatlarning geografik sharoitlari o’quvchilarni o’z yashash joyi sharoiti bilan taqoslashga imkon beradi.
Geografik kuzatishlar o’quvchilarni tabiatdagi voqea va xodisalarni ko’p qirrali xususiyatlari bilan tanishtiribgina qolmasdan balki tabiiy geografik va iqtisodiy geografik voqea va xodisalarni bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini ham ochib beradi.
Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari ham turlicha. Ayrim xodisalarni (ob-hovo) uzoq muddat kuzatishga to’g’ri keladi, boshqa hodisalarni esa qisqa vaqtda kuzatish mumkin (yomg’ir yog’ishi, shamol, chaqmoa boshqalar). Dastlab geografik bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradigan voqea va hodisalarni kuzatmoq darkor. Ko’p geografik tushunchalarni tegishli kuzatishsiz o’rganib bo’lmaydi (ob-havo, iqlim, relyef shakillari, ichki suvlar).
Geografik kuzatish ko’nikmalarini shakllartirish murakkab vazifalardan hisoblanadi va unda quyidagi talablarga javob berish lozim:
O’quvchilarga kuzatishni maqsadi, vazifalari, mazmuni va obyekti haqida so’zlab berish lozim. Bunda kuzatish dasturini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o’rgatish lozim (Kompas, barometr, flyuger, nivelir va x.k.)
Kuzatish natijalarini aniq qayd etishni o’rganish lozim (daftarga, kuzatish jurnaliga)
Kuzatish natijalarini umumlashtirish va qayta ishlash ko’nikmalarini shakillantirish. Masalan, o’rtacha sutkalik, oylik va yillik haroratlarni xisoblash, daryo oqimini hisoblash; bosim chizmalarini tuzish; korxonani ishlab chiqarish aloqalari chizmasini tuzish.
O’quvchilarni geografik voqea va xodisalar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aniqlashga o’rgatish. Masalan, iqlimiy sharoit va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi bog’liqlik.
O’quvchilarni kuzatish ishlariga qiziqish uyg’otish zarur. Buning uchun kuzatish ishlarini muntazam nazorat qilib turish zarur. Ularga kuzatish ishlarini oldindan aytmaslik kerak.
Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo’lmog’i lozim va sinfdan sinfga o’tgan sari murakablashib borishi zarur. Dars jarayonida kuzatish natijalaridan muntazam foydalanib borish kerak.
O’quv yili boshida mavzular bo’yicha kuzatish natijalaridan foydalanish rejasini tuzmoq zarur. Geografik voqea va xodisalarni kuzatish malakalari ortishi bilan o’quvchilarni mustaqil ish olib borish qobiliyatlari ortib boradi kuzatish davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish tartibi quyidagilardir:
-o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo harorati, yog’inlar, shamollar quyoshning balandligi kuzatiladi;
-o’qituvchi bergan reja asosida o’quvchilarni tabiatda va ishlab chiqarishda olib boriladigan mustaqil ishlari (meteorologik, gidrologik, fenologik, xo’jalik) kuzatish natijalarini o’quvchilar mustaqil ravishda qayta ishlashadi va umumlashtiriladi;
-o’quvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chiqishda qatnashishi. Ular tomonidan uzoq vaqt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni natijalarini umumlashtirishi (diagramma, harita, chizmalar tuzish)
Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo’li o’quvchilarni mustaqilligini oshirishdir.