Tajribalar.
Tajriba metodi deb o’quvchilar tabiatda bevosita kuzata olmaydigan voqea va xodisalarni laboratoriya mashg’ulotida yaratishga aytiladi. Ayrim voqea va xodisalar juda tez sodir bo’ladi (zil-zila, vulqon va x.k) ayrimlari juda uzoq vaqt davom etadi (tog’ jinslarini xosil bo’lishi, tog’larni ko’tarilishi, daryo vodiylarni shakillanishi va x. k.). bunday jarayonlarni bevosita kuzatib bo’lmaydi.
Tabiiy geografiyani qator mavzularini o’rganishda tajribalar o’tkazish muhim o’rin tutadi. Tajriba yordamida murakkab tabiiy geografik jarayonlar sodir bo’lishini o’quvchilarga sinf sharoitida ko’rsatish mumkin.
Geografiya o’qitish metodikasida quyidagi tajribalar o’tkaziladi: 1.Litosfera mavzusini o’rganishda o’tkaziladigan tajribalar 2.Gedrosfera mavzusini o’rganishda o’tkaziladigan tajribalar 3.Atmosfera mavzusini o’rganishda tajribalar.
Litosfera mavzusini o’rganishda tajriba metodidan foydalanish.
Mazkur mavzuni o’tishda cho’qindi jinslarni xosil bo’lishini, burmalarni vujudga kelishini tajribada ko’rsatish mumkin.
Cho’kindi jinslarni xosil bo’lishini tajribada quyidagicha ko’rsatish mumkin. buning uchun 1l shisha bankaga yarim litr suv quyiladi. Unga qum vag il solinadi va so’ngra banka silkitiladi. Silkish jarayonida qum va gil suv bilan aralashadi va loyqa hosil bo’ladi. Shundan so’ng banka stol ustiga qo’yilib tindiriladi. Tindirish jarayonini o’quvchilar kuzatib turishlari lozim. Tindirish jarayonida banka tubiga avval og’irroq jins yani qum tusha boshlaydi va qum qatlami xosil bo’ladi so’ngra yengilroq gil qatlami cho’ka boshlaydi hamda qum qatlamini tepasida gil(loyqa) qatlami xosil bo’ladi, uni tepasida suv qatlami joylashadi.
Tajribadan so’ng o’qituvchi sinfga quyidagi savollar bilan murojat qiladi:
qaysi tog’ jinslari oldinroq cho’kdi;
qaysi tog’ jinslari keyinroq cho’kdi;
nima uchun idish tubida hosil bo’lgan jinsni cho’qindi tog’ jinsi deb ataladi;
cho’qindi tog’ jinslarini qanday belgilarga qarab aniqlash mumkin;
Tog’ tizmalarini yoki burmalarni xosil bo’lishini ko’rsatish uchun 20-30 dona qog’oz varag’i yoki o’quvchilarni daftarlaridan foydalanish mumkin. buning uchun qog’ozlar qatlami yoki sinf daftari stol ustiga gorizantal xolatda qo’yiladi. So’ngra ikki tomonidan siqiladi, natijada tog’ tizmasi va tizmalar orasidagi vodiy (botiq) xosil bo’ladi. Vertikal qatlami esa burmalarni vujudga kelishini ifodalaydi. Bundan tashqari graben va gorstlerni xosil bo’lishini plastilindan foydalanib o’quvchilarga ko’rsatilsa ham bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |