O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Maktab geografik kartalarining turlari



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə76/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Maktab geografik kartalarining turlari.


Maktab geografik haritalarining boshqa haritalardan farqi ularni o’quvchilarni yoshi va rivojlanishiga moslab chiqarilishidir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun oddiyroq, tushunishi va o’qishi oson bo’lgan kartalar chiqariladi, yuqori sinflar uchun esa murakkabroq haritalar nashr qilinadi.


Umumta’lim maktablarida qo’llaniladigan haritalarni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: devoriy haritalar; darsliklar ichidagi haritalar; atlaslar; globuslar; chiziqli kartalar.
Mazmuniga ko’ra devoriy maktab haritalari juda xilma xil bo’ladi: tabiiy; iqlimiy; tuproq, o’simlik; zoogeografik; geologik; foydali qazilmalar; iqtisodiy, siyosiy, sanoat; qishloq xo’jaligi, transport va x.k. Ular turlicha bo’lgani bilan, umumiy o’xshashlikka ham ega. Ularning barchasi sinfda foydalaniladi, o’quvchilarning uzoqdan ko’rishiga moslashga bo’ladi, ya’ni masshtabi katta bo’ladi. Mazkur haritalar yordamida o’quvchilar o’rganishda amaliy va mustaqil ish bajarishda va ma’lum bir savollarga javob berishadi..
Shuning uchun ular yaxshi ko’rinishga va katta aniqlikka ega bo’lgan o’lchamda bo’lishi lozim.
Kartalarning turiga ko’ra ularning o’lchamlari turlicha bo’ladi. Dunyo haritalari, alohida materiklarning haritalari hozirgi vaqtda 1,5x1,8m o’lchamda chiqarilmoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo haritalari ham deyarli mazkur o’lchamda chiqarilmoqda.
Kartalar aniq va ravshan ko’rinib turishi lozim. Ulardagi geografik voqea va borliqni o’quvchilar 5-6 m dan aniq ko’ra bilishlari lozim. Buning uchun kartada eng muhim narsalar aks ettiriladi. Masalan, daryo tasvirlanayotganida uning asosiy qismi va eng yirik irmoqlari ko’rsatiladi, mayda irmoqlari esa ko’rsatilmaydi. Karta ravshan ko’rinib turishi uchun ranglar yaxshi tanlanishi lozim. Ranglar bir- biridan keskin ajralib turishi lozim. Devoriy haritalarga qo’yiladigan yana bitta talab chiroyli bo’lishidir. Agar karta chiroyli va aniq qilib
ishlangan bo’lsa o’quvchilar ularni oson o’qishadi va tushunishadi.
Maktab kartalarida relyef asosan turli qalinlikda rang berish bilan amalga oshiriladi. Past tekisliklar to’q yashil, tekisliklar esa och yashil, balandliklar och jigarrang, o’rtacha tog’lar jigarrang, baland tog’lar esa to’q jigarrangda beriladi.
Karta geografik nomlar bilan to’lib qolmasligi kerak. Unda faqat o’quvchilarni yoshi va bilimi darajasiga mos bo’lgan yozuvlar bo’lmog’i lozim. Boshlang’ich sinf haritalarida geografik nomlar kamroq va yirikroq yozilishi, o’rta va yuqori sinflarda ularning soni ko’payib va o’lchamlari maydalashib borishi mumkin.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin