O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə67/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Muammoli o‘qitish metodlari


Muammoli o’qitish metodikasi ilg’or o’qitish metodlaridan hisoblanadi, chunki u o’quvchilarni o’ylashga izlanishga majbur qiladi, natijada ularning bilimlari chuqurlashadi va turli muammolarni qo’yish va yechish ko’nikmalari shakillanadi.


13.3.1. Geografiya fanidagi muammolar va ulardan ta’lim jarayonida


foydalanish.

Geografiya fani tabiiy va iqtisodiy va ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shakillanadi va rivojlanadi. Mazkur muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning eng muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishiga ko’ra gruxlarga bo’lish muhim ahamiyatga ega. Ushbu muammolarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:



      • tabiiy geografik muammolar;

      • ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammolar;

      • geoekologik muammolar;

      • ta’limiy va tarbiyaviy muammolar;

Tabiiy geografik muammolar insoniyat tarixi davomida jamiyatga ta’sir etgan asosiy muammolardan biri bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. Bunday muammolarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

    1. Yer qobig’ining xususiyati bilan bog’liq bo’lgan muammolar (zil-zila, vulqonlar, tiktonik harakatlar va x. k.)

    2. Atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar (kuchli shamollar, sellar, yashin tushishi, do’l, sovuq urishi, qurg’oqchilik va x.k.)

v) Yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar (suv toshqini, botqoqlanish, va x.k.)
g) Geografik muammolar, ya’ni tuproq, o’simlik va hayvanot dunyosi bilan bog’liq bo’lgan muammolar;
d) Dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar (okean satxini ko’tarilishi, tayfun, tsunami) va x.k.
Yer qobig’ini xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolarni (jarayonlarni) oldindan olib bo’lmaydi, faqat ularni sodir bo’lishini oldindan bilib tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, zil-zila yoki vulqonni sodir bo’lishini oldindan aytishni iloji bo’lsa mazkur hududlarda aholi olib chiqib ketiladi. O’qituvlarga ayniqsa zil-zila va vulqonlar sodir bo’lib turadigan hududlarda yashovchi o’quvchilarga tushuntirish katta amaliy va ilmiy hamda ta’limiy ahamiyatga ega. Tektonik harakatlar natijasida Yer yuzasining ma’lum bir joylarini asta sekin pasayishi va ko’tarilishini Nedirlandiya hududi misolida tushuntirish mumkin. Yer po’stini asta-sekin cho’qishi natijasida Nedirlandiya hududi dengiz satxidan pastda qolib ketmoqda. Natijada Nedirlandiya hududini suv bosish havfi tug’ilgan. Buni oldini olish uchun dengiz qirg’og’iga to’g’on qurilgan uning balandligi har yili ko’tarilib turiladidi.
Atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar insoniyatni qadimdan qiziqtirib keladi. Hozirgi vaqtda ayrim atmosfera xodisalarini sodir bo’lishini oldindan aytib beriladi va shunga mos ravishda chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Masalan, sel, sovuq urishi, qirg’oqchilik, bo’ronlar va x.k
Yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar ham hozirgi vaqtda oldindan aniqlanadi va tegishli chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunday muammolarga (jarayonlarga) suv toshqinlari, botqoqlar xosil bo’lishi kiradi.
Biogeografik muammolarga tuproq erroziyasi, o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishi yoki kamayib ketishi kiradi. Ular asosan tabiiy sharoitni keskin o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi.
Dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar qirg’oq va orollarda joylashgan davlatlar uchun muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Yer shari iqlimini asta-sekin ilishi natijasida materik va tog’ muzliklari erib Dunyo okeani satxi ko’tarilmoqda, okeanlar tayfunlar va tsunami qirg’oqlarda va orollarda yashovchi xalqlarga katta zarar keltirmoqda. Masalan 2005 yil qishda Indoniziyada sodir bo’lgan tsunami natijasida minglab aholi va dam oluvchilar xalok bo’lishdi.
Iqtisodiy geografik muammolar ham insonlarni asosiy muammolari qatoriga kiradi. Masalan, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish;Aholishunoslik va demografik muammolar; ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish muammolari; transpart va xaoqaro iqtisodiy munosabatlar muammolari.
Geoeklogik muammolar tabiat va jamiyatni o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi va ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:

Tabiatdan va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari hozirgi davrda barcha fanlar oldida turgan umum insoniy muammo bo’lib hisoblanadi. Tabiatdan noto’g’ri foydalanish oqibatida katta maydonlarda tuproqlar sho’rlanib ketgan, shamol va suv erroziyasi oqibatida tuproqni sifati pasayib ketgan, yaylovlardan intensiv foydalanishi oqibatida ularni maxsuldorligi kamayib ketgan, o’simlik resurslaridan noto’g’ri foydalanish oqibatida o’rmonlar maydoni qisqarib ketgan, ovchilikni rivojlanishi bilan insoniyat tarixida ko’p hayvonlar butunlay qirilib ketgan yoki butunlay yo’qolish arafasida.
Shu munosabat bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muxofaza qilish maqsadida butun jahonda qo’riqxonalar, milliy bog’lar, beosfera qo’riqxonalari, buyurtmaxonalar tashkil qilingan. Jahon va alohida Davlatlar qizil kitoblari nashr qilingan va qilinmoqda.
Hozirgi paytda inson tomonidan buzilgan tabiat komplekslarini tiklash bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sanoat ishlab chiqarish natijasida hosil bo’lgan texnogen landshaftlar bog’larga, o’rmonlarga, ekinzorlarga va dam olish maskanlariga aylantirilmoqda.
Geografiya ta’limining asosiy vazifalaridan biri muammoli dars texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yuqoridagi muammolardan keng foydalanish va ularni o’quvchilar ongiga chuqurroq singdirishdan iborat.
Muammoli ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda O’zbekiston va O’rta Osiyodagi muammolardan foydalansa katta samara beradi. Masalan, Orol muammosi, Sibir daryolarini O’rta Osiyoga burish muammosi, Qishloq xo’jaligini keng rivojlanishi va tuproqlarni sho’rlanishi muammosi va x.k.



Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin