O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə154/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. Geografiyadan yillik istiqbol reja tuzishning ahamiyatini aniqlang. Mazkur rejani tuzishda o’qituvchi nimalarni nazarda tutishi lozim?

    2. Geografiyadan mavzuli-taqvim reja tuzishning mohiyatini aniqlang.

    3. Mavzuli-taqvim reja tuzishda o’qituvchi nimalarga e’tiborini qaratishi zarur deb hisoblaysiz?

    4. O’quv dasturidagi dasturidagi boblar va mavzular o’quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirish tizimi ekanligini aniqlang.

    5. Geografiyadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rnini belgilang.

    6. Geografiya o’quv fanlarining dasturlarini tahlil qiling va istiqbol, mavzuli-taqvim reja tuzing.

    7. Geogrfiya darslarini tahlil qilishda darsning qaysi jihatlariga asosiy e’tibor qaratish lozim?

    8. O’rtog’ingiz tomonidan tashkil etilgan sinov darsini tahlil qiling va o’rtoqlaringiz bilan fikr almashing.



XVIII BOB. BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALAR, QO’YILADIGAN TALABLAR VA SHAKLLANTIRISH METODIKASI


    1. Bilim, ko’nikma va malakalar va ularga qo’yiladigan talablar

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish sanaladi.


SHu sababli, geografiya o’qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri o’quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko’p geograf-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan.
O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo uning ta’rifini bilib olish zarur.
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi.
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi.
Geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin