Geografik ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash, ko’nikma va malakani shakllanishi bilab chambarchas bog’liq. O’quv ishlari metodikasini bilish ko’nikmalarni shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ilg’ir geografiya fani o’qituvchilari va metodistlar o’quvchilar amaliy tayyorgarligiga katta e’tibor beradilar. Maktab geografiyasida shakllantiriladigan ko’nikmalar mazmun jihardan emas, bajarish murakkabligi bo’yicha ham farq qiladi. Masalan, Ufq tomonlarini aniqlash oddiy ko’nikma bo’lsa, topografik planni o’qish va uni tuzish esa murakkab ko’nikma hisoblanadi. Geografiya o’qitish metodikasi shakllantiriladigan ko’nikma va malakalarning ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatini to’laligicha ochib bergan va o’quvchilarga yetkazish
metodlarini ham ishlab chiqqan. Faqat geografiya ta’limiga xos bo’lgan amaliy ko’nikma va malakalarga quyidagilar kiradi: joyda mo’ljal ola bilish, joy planini tuzish, topografik plan va turli mazmundagi geografik kartalarni o’qish, tabiatda va ishlab chiqarishda kuzatish natijalarini yozib borish va qayta ishlash, ststistik iqtisodiy materiallar bilan ishlash va h.k.
Har bir geografik ko’nikmani shakllantirish murakkab harakat tizimlarini talab qiladi. Odatda ko’nikma va malakalar bir vaqtning o’zida shakllatniriladi. Chunki amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli ravishda, ba’zilari bevosita, ammo ong nazorati ostida bajariladi. Masalan, topografik planni o’qish ko’nikmasi o’z ichiga yo’nalishlarni aniqlash, masshtab yordamida plandagi masofalarni o’lchash, topografik belgilarni o’qish, joyda obyektlar o’rtasidagi aloqadorlikni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqoridagilardan topografik belgilarni ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko’rsatadi.
Ob-havoni kuzatish ko’nikmasi deganda termometr, barometr, flyuger bilan ishlash, ko’z bilan bulutlar shakli va turlarini, ob-havoning boshqa alomatlarini aniqlash tushuniladi. Shular qatorida ob-havo haroratini aniqlash va barometr bilan ishlash malaka darajasigacha ko’tarilishi mumkin.
Geografik ko’nikma va malakalar ko’p xollarda bilim sifatini belgilaydi. Tajribalar shuni ko’rsatyaptiki, qayerda o’quvchilarda xarita bilan ishlash ko’nikmasi shakllantirilsa, ularning javoblari ham xarita bilan bog’langan bo’ladi. Xarita bilan ishlash ko’nikmasini egallay olmagan o’quvchilardagi quruq, o’qituvchi bayoni yoki kitobdan o’qiganlarni takroridan iborat bo’lib qoladi.
Geopgrafik xaritalarni o’qiy olishga o’rgatilgan o’quvchilardagi harakat yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Aksariyat o’quvchilar va talabalar javoblarini kuzatish geografiya bo’yicha olimpiadalarda ishtirok qilgan o’quvchilarning bilimlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ular xaritadan bilim manbain sifatida foydalanadilar, ularning bergan javoblari to’liq bo’lib, biror hududning tabiiy sharoiti va xo’jaligini xarita asosida tavsiflab bera oladilar. Boshqa o’quvchilarga bu hislatlar xos emas.
Ko’nikma va malakalar kelgusida o’quvchilarni amaliy hayotga tayyorlanishda turli xil ilmiy-ommabop adabiyotlardan, xaritalardan bilimlarni egallash muhim ahamiyatga ega. Ular o’quvchilar tomonidan mazkur ko’nikmalarning egallanishini yengillashtiradi, masalan, joyda ufq tomonlarini aniqlash ko’nikmasi xaritada mo’ljal olish ko’nikmasini egallashga yordam beradi. O’quvchilarning ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi hamda ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirilishga ham ijobiy ta’sir qiladi. O’quvchilar ko’nikma va malakarni amalda qo’llash orqali geografik qonuniyatlarning obyektivligiga ishonch hosil qiladilar.
Geografiya o’qitish metodikasida geografik ko’nikma va malakarlarni shakllantirish metodlari to’la ishlab chiqilmagan. Masalan, o’quvchilarning u yoki bu mavzudagi qaysi harakati ko’nikma darajasiga, qaysilarini malaka darajasiga ko’tarish mumkin? O’qituvchi o’quvchilarga qanday yakka tartibda yondashishi kerakligi masalalari geografiya ta’limida atroflicha o’rganilgan. O’quvchilarda geografik ko’nikmalarni hosil qilish uchun o’qituvchi ko’nikma hosil qilishidagi
harakat metodlarini ko’rsatibgina qolmasdan, balki,o'quvchilar uchun (ko’nikma egallashi uchun) zarur topshiriqlarni ishlab chiqishi kerak.
Mashqlar jarayonida oddiy ko’nikmalar sekin-asta malakaga aylanadi. Amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishning metodik shart-sharoitlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ba’zi ko’nikma va malakalar oz vaqt va ko’p kuch talab qilsa (gerbariylar yig’ish, komposdan, nivilerdan foydalanish va h.k.), ba’zilari juda ko’p murakkab harakat metodlarini va ko’p vaqt talab qiladi. Masalan, geografik xaritani o’qish ko’nikmasini hosil qilish quyidagi murakkab jarayonlarni talab qiladi: moljal olish, daraja va kilometr hisobida aniqlash, punktlar, hududlar o’rtasida fazoviy bog’liqlikni qiyoslash, geografik koordinatalarni aniqlash, xaritada ko’rsatilgan obyektlar va hodisalar o’rtasidagi sabab oqibatlar aloqadorligini o’rgatish, alohida obyektlar (daryo, ko’l, suv ombori, botqoqlik)ni ta’riflash, ko’rsatilgan hududni malakat, tuman, shaharning tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsifini yozish va h.k.
Ko’nikma va malakalar shakllanishi ko’pgina sabablarga: o’quv jihozlari va vositalari, o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga ham bog’liq. Lekin, o’qituvchi asosiy saba hisoblanadi. O’qituvchi rahbarligining mazmuni ham shundan iboratki, ko’nikma egallash jarayonida u o’quvchilar harakatini tahlil qiladi. Ushbu ko’nikma va malakani egallash uchun qanday nazariy bilimlar zarurligini aniqlaydi. Ko’nikmani shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri nazariy materialni amalda qo’llash vaqti va o’rni hisoblanadi. Masalan, mahalliy kanal, daryo rejimi (oqim tezligi, eni, chuqurligi)ni o’lchash.Ushbu amali ish O’zbekiston ichki suvlari mavzisini o’ganib bo’linganidan so’ng bajarish maqsadga muvofiq. Agar ushbu ish mavzu o’rganilmasdan avval bajariladigan bo’lsa, o’quvchi uni mexanik tarzda o’zlashtirib, uning mohiyatiga tushunmasliklari mumkin. Demak, ko’nikmalarni shakllantirish bevosita mavzuni o’rganish jarayonida bo’lsa, uni sifatli bo’lishini ta’minlaydi.
Har bir kurs darslarini rejalashtirishda shaklantirilishi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar o’z aksini topishi va ularning maqsadi aniq belgilanishi lozim. Shakllantiriladigan ko’nikmalarni rejalashtirishda uning qayera o’tkazilishini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Darsda shakllantirilayotgah har bir ko’nikmaning amaliy ahamiyati uning xalq xo’jaligidagi roli aniq ochib berilishi lozim. Shundagina o’quvchilarda ularni egallashga bo’lgan havas, qiziqish ortadi.
Dostları ilə paylaş: |