O’quvchilarni ish joyi. Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi ikki o’rindiqli stol va stuldir. Ular yog’ochdan yoki temirdan qilingan bo’lishi mumkin. Bu yerda asosiy antropometrik talab, stol va stullarning balandligi o’quvchilar bo’yiga mos kelishi lozim.
O’quvchilar stollarini joylashtirayotganda umumiy gigienik talablarga amal qilish lozim. Stol va stullarni uch qator qilib joylashtirgan ma’qul. Ular sinf taxtasidan 2 m uzoqlikda joylashishi zarur. Deraza va stollar hamda stullar qatori oralig’idagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Oxirgi qatoragi stullar bilan shkaflar orasida o’tish uchum masofa bo’lmog’i lozim. O’quvchilar stollarda bo’yiga qarab o’tirishi lozim.
Geografiyaxonasidao’qituvchilarniishjoyi. O’qituvchi odatda o’rta qatorni boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish qiladigan joy hisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni hamma tomoni va sinfdagi barcha o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi quyidagi talablarga javob bermog’i lozim:
Sinfni barcha tomoni hamda barcha o’quvchilar o’qituvchi nazoratidan chetda qolmasligi lozim.
O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoish qiladigan yoki ulardan foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim;
Geografiya darslarida ko’p hollarda asosiy o’quv vositasi sifatida haritadan foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish qiladigan moslamalar bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim.
O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan oshmasligi lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur. Namoyish stolida proeksion apparatlarni, deraza pardalarini, haritalarni tushuntirib va ko’taradigan boshqaruv pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan birga o’qituvchi stoli ham
bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari, daftarlari, darsga oid materiallar va sinf jurnali joylashadi. Mazkur joyda o’qituvchi o’tirib ishlaydi. Stolning baladligi 75 sm, yuzasi 75x76 sm bo’lmog’i lozim.
Geografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan turli o’quv maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rejasini yozish uchun.
Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105 sm jadvallar va rasmlarni saqlash uchun yasalgan sandiqlarni o’qituvchiga yaqin joylashtirilgani maqul.
Geografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari va sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan foydalaniladi. Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari jihozlarni saqlash uchun ham sandiqlar bo’lishi lozim. SHkaflarda kitoblar, jurnallar, audio, video qo’llanmalar saqlanadi.
Geografiya o’qitishni texnika vositalarini saqlash va ulardan foydalanish uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproektorlar, kinoproektorlar, grofoproektorlar (plyonkalar bilan ishlash uchun).
Geografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotekalar albatta bo’lmog’i lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotekasi. Unda dars mavzusi, mazmuni, o’qitish metodlari va usullari, vositalari, dars rejasi yozilgan bo’ladi;
Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgan xolda foydalanishni ko’zda tutilsa maqsadga muofiq bo’ladi.
Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va diagrammalar bilan boyitilgan bo’lmog’i lozim.