O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə160/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Uchinchi bosqichda va geografiya xonasini keyingi faoliyati davomida yetmayotgan jihozlar to’ldiriladi, eskilari yangilanadi, yangi jihozlar chiqqan bo’lsa ular olinadi va o’rnatiladi. Kutubxona yangi adabiyotlar bilan boyitib boriladi. Bir vaqtning o’zida geografiya xonalaridagi barcha o’quv jihozlari tartibga tushiriladi va katalogi tuziladi. O’lkashunoslik burchagi yoki muzeyi hamda geografiya maydonchasi jihozlanadi.
Mazkur ishlarni barchasini geografiya o’qituvchisi o’zining xo’jalik- tashkliy faoliyati davomida bajaradi va uning muhim pedagogik faoliyatiga kiradi. Geografiya xonasi jihozlanish darajasi o’quvchilarni bilish faoliyatini samarasini belgilab beradi. Shuning uchun geografiya xonasini jihozlash bo’yicha o’qituvchi aniq rejani ishlab chiqmog’i lozim.
    1. Geografiya xonasidan o’quv va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish.


Hozirgi vaqtda geografiya xonasidan samarali foydalanish muammosi hamon dolzarb muammolardan bo’lib turibdi. Chunki geografiya xonasidagi ayrim o’quv vositalari umuman yil davomida foydalanilmaydi, ayrimlaridan, masalan, geografik haritalar muntazam foydalaniladi.


Geografiya xonasida joylashgan barcha o’quv vositalaridan dars jarayonida samarali foydalanish uchun ularni ta’lim jarayonida bir nechtasidan uyg’unlikda foydalanish zarurligini geograf-metodist olimlar takidlab o’tishgan (Yu.G. Barishova 1983 y)
Dars jarayonida o’quv vositalaridan uyg’unlikda foydalanish quyidagi samaralarni beradi:

    • geografik obyekt, voqea va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. Masalan, tabiiy obyektlar, audioviziual va ko’rgazmali vositalar;

    • yangi darsni tushunishga va yangi tushunchalarni shakllantirishga imkon beradi. Masalan, chizmalar, haritalar, modellar va h.k;

    • olingan bilimlarni amalda qo’llashni taminlaydi. Masalan, ma’lumotnomalar, turli xil topshiriqlarni yechish uchun tayyorlangan tarqatma materiallar, yozuvsiz haritalar, test topshiriqlari, yozma topshiriqlar va h.k.

O’quv jihozlari majmualari yoki ularning ayrim qismlari (tarkiblari)dan dars jarayonining turli qismlarida foydalanish mumkin (takrorlashda, yangi mavzuni o’rganishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda). Bevosita darslardan tashqari geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni, geografiya to’garagi mashg’ulotlarini o’tkazishda, o’lkashunoslik va boshqa ishlarni olib borishda ham foydalanish mumkin.
Geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Geografiya xonasi jihozlaridan foydalanib o’quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida geografik kechalar, sayohatlar, ekursiyalar, tanlovlar rejalarini tuzishlari mumkin. O’quvchilar geografik borliq, voqea va hodisalarni modellashtirish, ularni xomaki materiallarini yasash ko’nikmalariga ega bo’lishadi, texnik o’quv vositalaridan foydalanish malakalariga ega bo’lishadi.
Geografiya xonasidagi kutubxonadan foydalanib o’quvchilar sinfdan tashqari mutoala bilan ham shug’ullanishlari mumkin. Geografiya xonasidagi kutubxonalarda adabiyotlar quyidagi yo’nalishlarda saqlanadi: ilmiy-geografik, ilmiy-fantastik, ilmiy-ommabop, sarguzasht va badiiy adabiyotlar. Geografiya xonasiga keladigan kitoblar mavzular, bo’limlar, kurslar bo’yicha guruhlashtiriladi. Har bir kitobga annotatsiya yoziladi.
Geografiya xonasida to’garak mashg’ulotlari ham o’tkaziladi. O’quvchilar mashg’ulot va muhokama o’tkazish uchun turli xil mavzular va topshiriqlar beriladi. Geografiya xonasida o’quvchilar okean tubiga va Yer qariga sayohat uyushtirishlari, fazoga sayohat qilishlari, tropik o’rmonlarda yurishlari, o’z shahri, tumani, viloyati, Pomir va Tyanьshan tog’lariga sayohatga chiqishlari mumkin. To’garaklarning o’quv qo’llanmalari va vositalari tayyorlash bo’limi geografiya xonasini yangi o’quv vositalari bilan tanishishi mumkin. Geografiya to’garagini mazkur bo’linmasining ishlariga yuqori sinf o’quvchilarini ham jalb qilish mumkin. Bunday sharoitda geografiya xonasida yetishmaydigan jihozlar ro’yxati tuziladi va ular o’quvchilar yordamida tayyorlanib joy –joyiga qo’yiladi.
O’quvchilar tomonidan olib boriladigan o’lkashunoslik materiallari geografiya xonasida o’lkashunoslik burchagiga o’rnatiladi va dars jarayonida foydalaniladi. O’lkashunoslik ishlari natijalari tog’ jinslari namunalaridan, gerbariylardan, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalaridan, hamda
diagrammalar, chizmalar, ko’rgazmali qurollardan iborat. Ular darsdan tashqari va tashqi ishlarda foydalanilishi mumkin.
Geografiya xonasida fakul’tativ mashg’ulotlar ham o’tkazish mumkin. Fakul’tativ mashg’ulotlar topografiya, ekologiya, geologiya asoslari va boshqa fanlardan o’tkazilishi mumkin. Topografiyadan fakulьtativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun geografiya xonasida tapografik asbob uskunalar (astrolyabiya, nivelir, reyka), topografik harita, kurvimetr, transportir, ugomer va boshqa jihozlar bo’lmog’i lozim. Geografiya darslaridan fakulьtativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun geografiya xonasida quyidagi jihozlar bo’lmog’i lozim: tog’ jinslari namunalari; toshqotgan o’simlik va hayvonlar namunalari; geologik kesmalar; geoxronologik jadval; turli xil geologik davrlarda yashagan o’simliklar va hayvonot dunyosi rasmlari va h.k.



Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin