O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
O’quvchilardageografiyafanigaqiziqishuyg’otish. Geografiya to’garagida, geografik kechalarda va boshqa sinfdan tashqari ishlarda geograf sayox va olimlar, yirik geografik kashfiyotlar, materiklarni kashf qilish tarixi, xalq xo’jaligini rivojlanishida geografiyani o’rni haqida ma’lumotlarni o’rganish davomida o’quvchilarda geografiya faniga bo’lgan qiziqish ortib boradi.
O’qituvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega . mazkur ishlarni ham asosan geografiya to’garagida olib boriladi. Unda turli xil geografik tadqiqotlar haqida to’garak a’zolari ma’lumotlar tayyorlab ular asosida ma’ruzalar tayyorlashadi.
Sinfdan tashqari ishlar quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkon beradi; Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilar o’z yashash joyining tabiati, xo’jaligi va aholisi haqida chuqur bilimlarga ega bo’lishadi. Bu esa ularda vatanparvarlik hamda vatan bilan fahirlanish tuyg’ularini shakllanishiga imkon beradi;
sinfdan tashqari ishlar olingan bilimlarni hayot bilan bog’lashga, nazariy bilimlarni O’zbekistonni buyuk davlatga aylantirish amaliyoti bilan bog’lashga imkon beradi;
sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni kasbiy va mehnatga tayyorlashga imkon beradi, ularda mustaqillik xususiyatlarini shaklantiradi. Bunday ishlar to’garak ishlarini olib borishda, muhim amaliy tadbirlarni, tajriba va eksperementlarni o’tkazishda amalga oshiriiladi;
sinfdan tashqari ishlar o’quv ishlari bilan chambarchas bog’langan. Chunki sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni geografik bilim va ko’nikmalari yanada chuqurlashadi;
sinfdan tashqari ishlar maktabdan tashqari ishlar bilan chambarchas bog’langan. Mazkur bog’liqlik ushbu ishlarni olib borish shaklida, mazmunida va metodlarida ifodalanadi. Maktabdan tashqari ishlarni sinfdan tashqari ishlardan farqi ular maktabdan tashqari tashkilotlar tomonidan uyushtiriladi va amalga oshiriladi (yoshlar uyi, yosh turistlar uyushmalari va x.k).
Bilish manbalariga ko’ra sinfdan tashqari ishlarni olib borishni quyidagi usullarini ajratish mumkin (Yu.A. Valishin, 1985)
og’zaki usullar (verbal) ma’ruza, suhbat, intervyu. Ushbu usullarda bilish manbai bo’lib o’qituvchini so’zi hisoblanadi. Suhbatlar, ma’ruzalar, intervyularni olimlar, ekspedettsiya xodimlari, davlat muassalari xadimlari, xalq xo’jaligi mutaxasislari olib boradi;
amaliy usullar ular bitta yoki o’quvilar guruhi bilan o’tkaziladigan amaliy ishlarda qo’llaniladi. Mazkur amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar geografik asbob uskunalar va jihozlardan foydalanish, geografik haritalar bilan ishlashni, atrof muhitni muxofaza qilishni amalda o’rganishadi;
kuzatish usullari. Ushbu usularni tabiatni va xo’jalikni kuzatishda qo’llash mumkin. Bu esa geografik voqea va xodisalar hamda borliqlarni har tomonlama o’rganishga ikon beradi. Tabiatni va xo’jalik faoliyatni kuzatish muntazam va vaqtincha bo’lishi mumkin. Masalan, ob-havoni daryo va ko’l satxini yer po’stini harakatlarini muntazam kuzatib boriladi. Tabiiy geografik jarayonlar, iqtisodiy geografik jarayonlarni ma’lum bir vositalarda kuzatish mumkin. Masalan, surilmani rivojlanishi, daryo erroziyasi, yer yuzasini cho’qishi qishloq xo’jalik yoki sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish va boshqalarni ma’lum vaqtda ko’zatish mumkin;
tajriba –eksperemental usuli tabiatda kuzatish qiyin bo’lgan geografik voqea va xodisalarni kuzatish uchun qo’llaniladi. Masalan, cho’qindi jinslarni hosil
bo’lishi; qirg’oqlarni to’lqin ta’sirida yemirilishi, quduqlarni tuzilishi va shakllanishini namoyish qiladigan masalalar;
qurish va modellashtirish. O’rganilayotgan geografik voqea va xodisalarni moxiyatini namoyish qiladigan modellarni turli xillarini yaratish, jihozlar, uskunalar, jihozlarni ko’rish va yasash. Modellar geografik obyektlarni tuzilishini tadqiq etishda qo’llaniladi. Modellar o’rganilayotgan geografik obyektlar hajmi haqida tasavvurlar boradi (daryo vodiysi, tog’, vulkon, jar, to’g’on, fabrika, domna pechi va h.k.)
sayoxat usuli. Geografik voqea va xodisalar obyektlarni tabiatda, ishlab chiqarishda ko’rgazmalarda, muzeylarda bevosita o’rganiladi;
manbalarni o’rganish usuli. O’quvchilarni mustaqil ishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur usul geografik voqea va hodisalar hamda obyektlarni o’rganishni turli bosqichlarda qo’llaniladi: tadqiqotchi tayyorgarlik bosqichida; tadqiqotni o’tkazish boschiqida; tadqiqot qatnashchilarini umumlashtirish bosqichida;
kartografik usul. Geografik tadqiqotlarda muhim o’rin tutadi. Geografiya ta’limida geografik bilimlarni tasvirlashda tadqiq qilishda va o’rganishda qo’llaniladi.
Yuqoridagi sinflardan tashqari ishlarni o’tkazish metodlarini o’quvchilarni mustaqil bilim olishlarini faollashtirishni turli bosqichlarida qo’llash mumkin.