Ilmiy bilish yo’nalishi. Ilmiy bilish yo’nalishiga geografiya to’garagi va uning bo’limlari. Geografik jamiyatlar, klublar va muzey faollari yig’ilishlari kiradi.
Yig’inda ma’ruzalar, xabarlar eshitiladi va muhokama qilinadi. Yig’ilishning mavzulari turlicha bo’lishi mumkin, ular asosan to’garakda olib boriladigan ishlar mavzulariga bog’liq bo’ladi. Masalan, “Maktab joylashgan joyning iqtisodiy geografik sharoiti”, “Maktab joylashgan tumanning aholisi”, “Maktakb joylashgan qishloqning tabiiy resurslari” va h.k.
O’quvchilarni ilmiy bilish faoliyatida geografik konferentsiyalar katta ahamiyatga ega. Geografik konferentsiyalarda o’quvchilarning ekspedettsiya va ekskursiya hamda sinfdan tashqari ishlarda olib borilgan ishlari yakunlanadi.
Bunday konferentsiyalarda o’quvchilarni ilk manbalar bilan ishlash ko’nikmalarini shakilllantirsh muhim o’rin tutadi. Bunda nazariyani amaliyot bilan bog’lash birinchi o’rinda turadi. Konferentsiyada sinfdan tashqari ishlarda predmetlararo aloqalar amalga oshiriladi.
O’quvchilarning ilmiy bilish faoliyati “Geografik haritalarda” ham muvafaqiyatli olib borilishi mumkin. Bunda hafta davomida maktabda olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni barchasi geografiyaga bag’ishlanadi. Bunday haftaliklarning mavzusini geografiya o’qituvchisi tanlaydi. U geografiyaning, ekologiyaning va o’lkashunoslikning turli muammolariga bag’ishlanishi mumkin.
Madaniy-oqartuvvamehnatyo’nalishi. Ushbu yo’nalishga geografik kechalar, viktorinalar, krosvordlar, geografik o’yinlar va boshqalar kiradi.
Geografik kechalarda quyidagi ishlar amalga oshirilishi mumkin: ashula aytish, she’r o’qish, geografik o’yinlar o’tkazish mumkin. Geografik o’yinlarni quyidagi turlarini o’tkazish mumkin: harita bo’ylab sayoxat, topografik o’yinlar, geografik loto.
Madaniy - oqartuv yo’nalishning asosiy tadbirlaridan biri bilimni tekshirishga yo’naltirilgan savollar, topshiriqlar, viktorinalar, krosvordlar, quvnoq qo’shiqlar kiradi. Oxirgi paytlarda geografik KVN va boshqa tadbirlar rivojlanmoqda.
Sinfdan tashqari tadbirlarni quyidagi mavzularda o’tkazish mumkin: “Toshkent mustaqillik yillarida”, “O’zbekiston sanoati mustaqillik yillarida”, “O’zbekiston geograflari”, mavzusida geografik viktorina tashkil qilish mumkin.