Geografik kechalar. Geografik kechalar o’quvchilarni xordig’ini, ya’ni dam olishini tashkil qilish maqsadida uyushtiriladi. Geografik kechalarda sinfdan tashqari ko’p ishlarni uyg’unlashgan xolda o’tkaziladi: ma’ruzalar, devoriy gazetalar chiqarish, vektorinalar, KVN, geografik va ekologik mazmunga ega bo’lgan filьmlar.
Geografik kechalarda quyidagi mavuzalarda ishlar uyushtirilishi mumkin: alohida viloyat, tuman yoki shaharning iqtisodiy geografik sharoiti; shahar yoki tumanning ekologik muammolarri; shahar yoki tumandagi demografik muammolar va h.k.
20.4. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy yo’nalishalari
Sinfdan tashqari ishlar juda xilma xildir. Ayrim sinfdan tashqari ishlar ko’p xollarda bir birini qaytaradi. o’lkashunoslik; ilmiy- Shuning uchun ular ma’lum bir yo’nalishlar bo’yicha guruhlashtiriladi: turistik bilish; madaniy va oqartuv; mehnat; muzey; nashriy (Yu.I.Valishina, 1985 y.)
Turistik o’lkashunoslik yo’nalishi. Ushbu yo’nalishga sayoxatlar, o’quv ekskursiyalari, gegrafik ekspeditsiyalar, geografik yig’inlar (slyotlar) kiradi. Gegrafik yurishlar (poxodlar) turistik o’lkashunoslik ishlarining eng keng tarqalgani hisoblanadi. Mazkur yurishlarda turistik va o’lkashunoslik ishlar uyg’unlashgan xolda olib boriladi. Turistik ishlarga yo’nalishni tanlash va ishlab chiqish, turistik ko’nikmalarni egallash kiradi.
O’lkashunoslik ishlariga esa o’z yashash joyining tabiatini, xo’jaligini, tarixini, madaniy yodgorliklarini o’rganish kiradi.
Yurishga tayyorlanish va o’tkazish quyidagi bosqichlardan iboarat:
tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda yurishga chiqadiganlar soni, sinfi, ro’yxati aniqlanadi. Yurishda zarur bo’ladigan jihozlar asbob uskunalar aniqlanadi
. yurishlar bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin;
-yurish yo’nalishi aniqlanadi. Aniqlangan yo’nalish bo’yicha yurish , dam olish joylari, tushlik qiladigan, tunaydigan joylar aniqlanadi; oziq-ovqat masalalari hal qilinadi;
yo’nalishni tanlash yurish maqsadiga qarab aniqlanadi. Yurishni maqsadlariga qarab turistik va o’lkashunoslik anjomlari ro’yxati tuziladi va topiladi;
yurishni o’tkazish. Yurishdan oldin uning maqsadi vazifalari hamda qoidalari haqida o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhning boshlig’i tayinlanadi va vazifalari aniqlanadi. Masalan, bir guruh mashrutni tabiiy sharoitini o’rganadi. Relyef shakillari gidrografik obyektlar, tuproq , o’simlik va hayavonot dunyosi asosiy landshaft turlari, noyob tabiat obyektlari o’rganib boriladi. Ikkinchi guruh esa mashrut bo’yicha joylashgan iqtisodiy geografitk obyektlarni o’rganib boradi: qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, sanoat korxonalari, aholi punktlari, transort shaxobchalari. Uchunchi guruh tarixiy obidalar, rekratsion va turistik obyektlarni o’rganib haritaga tushirib borishadi;
yurish so’ngida uning natjalari qayta ishlanadi va xisobot natijalari geografik konferentsiya yoki geografiya to’garagi yig’ilishida muhokama qilinadi.
Geografik ekskurtsiyalar maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllaridan biri xisoblanadi.
Geografik ekskurtsiyalar qisqa muddatli ya’ni bir kunli bo’lib va asosan tabiatga va sanoat korxonalariga uyushtiriladi. Geografik ekskurtsiyalarning maqsadi o’quvchilarni nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash, tabiatni va ishlab chiqarishni faqat ko’rib qolmasdan ularni tadqiq etish ko’nikmalarini
shakllantirishdir. Har qanday geografik ekskursiya uch qismdan iborat bo’ladi: ekuskurtsiyaga tayyorgarlik; ekuskurtsiyani o’tkazish;olib boriladigan ishlarni yakunlash. Ekskursiya natijalari bo’yicha xisobotlar tuziladi va geografiya to’garagi yig’ilishda himoya qilinadi.
Geografiya ekspeditsiyalar murakkabroq mudati nisbatan kattaroq bo’lgani uchun maktabda uncha keng tarqalmagan. Geografik ekspedettsiyalarni o’tkazishni murakkabligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: ekspedettsiyaning maqsadini ishlab chiqish; ilmiy topshiriqlarni ishlab chiqish yoki olish, jihozlar va anjomlarni olish; o’quvchilarni turistik va geografik nuqtai nazardan tayyorlash, ekspedittsiyani o’tkazishini tashkiliy jihatdan murakkabligi.
Umumta’lim maktablarida ekspedittsiyalar dorivor o’simliklarni aniqlash va belgilash, ichimlik suv zaxiralarini qidirish, rekratsion va turistik imkoniyatlarini aniqlash va baholash bo’yicha olib borilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |