Sinfdan tashqari ishlarning ekologik bilimlarga yo’naltirilganligi. Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarni diyarli barchasi ekologik yo’nalishga ega bo’ladi, mazkur ishlar jarayoninida o’quvchilarda ekologik bilim va ko’nikmalar, eng muhimi ekologik madaniyat shakllantiriladi.
Geografiya to’garagi a’zolari tomonidan olib boriladigan tabiiy geografik va iqtisodiy geografik ishlarning barchasida ekologik tadqiqotlar olib boriladi. Bunda tuproqni, suvni, xavoni ifloslanganlik darajasiga baxo beriladi. Muxofaza qilinadigan o’simlik va hayvonot dunyosi vakillari haqida ma’lumotlar to’planadi. Maktab joylashgan qishloq, tuman va viloyatlardagi atrof muhitni ifloslovchi asosiy manbalar aniqlanadi.
Shunday qilib sinfdan tashqari ishlar davomida o’quvchilar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni o’rganish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishadi.
Tayanch so’z va iboralar: Sinfdan tashqari ishlar,geografiya to’garagi, sinfdantashqario’qishlar,geografikkonferensiyalar,geografikkechalar,geografikharitalar,geografikseksiyalar,geografikjamiyatlar,o’lkashunoslikmuzeyi,geografikklublarkiradi.
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISHUCHUNSAVOL VATOPSHIRIQLAR
Sinfdan tashqari ishlarni qanday turlarini bilasiz?
Sindan tashqari ishlarni maqsadi nimalardan iborat?
Sinfdan tashqari ishlarni vazifalari nimalardan iborat?
Sinfdan tashqari ishlarni olib borishni qanday usullarini bilasiz?
Sinfdan tashqari ishlarni qanday shakllari mavjud?
Geografiya to’garagini asosiy maqsadi nimarlardan iborat?
Geografiya to’garagini tashkil qilish qanday bosqichlardan iborat?
Geografiya jamiyatini vazifalari nimalardan iborat?
Geografik konferentsiya qanday sharoitlarda o’tkaziladi? 10.Geografik kechalarni maqsadlari nimalardan iborat? 11.Sinfdan tashqari ishlar qanday yo’nalishlarda olib boriladi?