O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


XIII BOB. O’QITISH METODLARI TASNIFI, O’QITISH USULLARI



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə59/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

XIII BOB. O’QITISH METODLARI TASNIFI, O’QITISH USULLARI


    1. Geografiya ta’limi metodlari haqida tushuncha

O’qitish metodlarini mazmunan, mohiyati va vazifasi haqida juda ko’p fikrlar mavjud. Ularni umumlashtirib ifoda qilinganda o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: o’qitish metodi deb ta’lim maqsadlariga eririshish uchun o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga aytiladi.


O’quv jarayonida o’qituvchining maqsadi bilim berish, o’quvchilarning maqsadi bilim olishdir. Mazkur maqsadlarga erishish uchun pedagogikada qator o’qitish metodlari ishlab chiqilgan.


      1. O’qitish metodlarini sinflashtirish


O’qitish metodlari juda ko’p belgilar asosida sinflashtirilgan. Shuning uchun o’qitish metodlarini sinflashtirishni qator variantlari mavjud.


Dastlab o’qitish metodlarini sinflashtirish nemis olimi Oberlender tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur sinflashtirish XX- asrning 30-yillarigacha foydalanildi.
Oberlender geografiya o’qitish metodlarni qo’yidagicha sinflashtirgan:

  • analitik metodlar.Avval Yer bir butun obyekt sifatida o’rganiladi, so’ngra uning ayrim qismlari o’rganiladi. Masalan, «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasida avval Yerning umumiy xususiyatlari va qonunyatlari ochib beriladi. So’ngra alohida materik va okeanlarning tabiiy geografik xususiyatlari o’rganiladi;

  • sintetik metodlar. Avval alohida joylar o’rganiladi, so’ngra Yer bir butun o’rganiladi;

  • konstruktiv metodlar. Bunda o’quvchi harita chizish davomida yer yuzasi relyefini haqida bilimlarni egallaydi;

  • bog’lovchi metodlar. Bunday metodlar bilan ishlanganda o’rganilayotgan xodisalar o’rtasidagi aloqa va bog’liqliklarni o’rganishga katta e’tibor beriladi; masalan, balandga chiqqan sari harorat va bosimni pasayishi va x.k.

- guruhlashtiruvchi metodlar. Bir xil geografik xodisalarni qiyoslashga asoslangan. Masalan, daryolarning to’yinishi, yog’inlarni taqsimlanishi, sanoatni ayrim tarmoqlarini joylanishi va h.k.:
Keyinchalik ushbu metodlar boshqa olimlar tomonidan takomillashtira boshlanadi. D.D. Semenov, E.Yu. Petri, A.S. Sokolov, V.P. Budanov, S.P. Arjanov tomonidan qayta ishlab chiqildi. S.P. Arjanov geografiya o’qitish usullariini quyidagi guruhga bo’ladi: analitik, sintetik, kontsentrik, assotsiyalashtiruvchi, guruhlashtiruvchi, taqqoslash, tajriba, o’zaro aloqa, evristik, degmatik, sintetik- genetik, tajriba- evristik.
Xalq komissariatining 1934 yil 15 may «Geografiyani boshlang’ich va o’rta maktablarida o’qitish haqida» qaroridan so’ng mavjud o’qitish metodlari qattiq tanqid ostiga olinadi.
«O’qitish metodi» degan tushunchani yangi mazmuni va mohiyati ishlab chiqildi. V.G. Erdeli tomonidan geografiya o’qitish metodlarini ikki guruhga bo’lish tavsiya etiladi:

  1. barcha fanlarda qo’llaniladigan metodlar;

  2. faqat geografiya fanida qo’llaniladigan metodlar (masalan, harita bilan ishlash metodlari).

A.A Polovinkin 1938 yili «Tabiiy geografiya metodikasi» nomli darsliklarda quyidagi metodlarni ajratadi: og’zaki bayon, harita, diapozitiv; plastilin; darslik va globus bilan ishlash; ekskursiya va tajriba metodlari. V.P. Budanov 1939 yil
«Tabiiy geografiyani o’qitish metodikasi » nomli kitobida o’qitish metodikasiga quyidagicha ta’rif beradi: «O’quvchilarni yangi bilim va ko’nikmalarni
o’zlashtirishni o’qituvchi tomonidan boshqarilishi». V.P. Budanov quyidagi metodlarni ajratadi: jonli so’z; darslik bilan ishlash, globus va harita bilan ishlash, ko’rgazmali, kuzatish va tajriba. XX asrning 50–yillaridan so’ng ushbu muammo
N.N. Baranskiy, A.V.Darineskiy, V.A. Juchkevich, V.A.Korinskaya O. Mo’minovlar tomonidan rivojlantirildi.
Shuni ta’kidlab aytish joizki, har doim turli davrlarda o’qitish metodlarini sinflashtirish bitta yagona qoida asosida olib borildi, ya’ni bilish manbalariga asosan. Shuning uchun hozirgi davrda geografiya o’qitish metoddikasida metodlarni bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish keng tarqalgan. Suhbat, ma’ruza, haritalar bilan ishlash, kuzatish, tajriba, darslik bilan ishlash, statistik ma’lumotlar bilan ishlash metodlari umumta’lim maktablarida u yoki bu shaklda keng qo’llanilamoqda. Oxirgi davrlarda o’qitish metodlarini ishlab chiqish kuchayib ketdi. Geografiya o’qitish metodlarini bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish tanqid ostiga olina boshlandi, chunki ushbu metodlar asosan tashqi belgilarga qarab, o’quvchilarni o’quv faoliyatini hisobga olgan holda sinflashtirilgan.
Endi geografiya o’qitish metodlarini metodologik asosini ko’rib chiqamiz. Falsafa fanida «metod» tushunchasiga qo’yidagicha ta’rif beriladi; «Borliqni amaliy va nazariy o’rganish». Ushbu ta’rifni asosan ilmiy va o’quv tomonlari turlicha, shuning uchun ushbu ta’rifni to’g’ridan to’g’ri o’quv jarayoniga qo’llab bo’lmaydi, chunki ularni maqsadlari va faoliyat shakllari turlicha. Ammo ularning umumiy tomonlari ham bor. Ularning eng umumiy tomoni fan ham, o’qitish ham bilish jarayoni hisoblanadi. Ilmiy bilishda obyekt bo’lib borliq, sub’ekt bo’lib tadqiqotchi (olim) hisoblanadi. O’qitish jarayonida obyekt bo’lib o’quv predmetining mazmuni, sub’ekt bo’lib o’quvchilar hisoblanadi. Ikkala sharoitda ham alohida o’rinni subьektning faoliyati egallaydi. Mana shu narsa o’qitish metodini falsafiy ta’rifini o’quv jarayoniga qo’llashga imkon beradi.
Endi o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadlarini aniqlab olishimiz lozim. O’qituvchining o’qitish maqsadlari qo’yidagilardan iborat:

  • o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashini ta’minlash;

  • o’quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash;

  • egallangan bilim va ko’nikmalar asosida o’quvchilarni shakllanishini ta’minlash, ya’ni ularni tarbiyalash.

O’qitish (o’quvchi) ning metodi bitta maqsadga yo’naltirilgan, ya’ni bilim va ko’nikmalarni egallash. Demak, o’quvchilarning maqsadi, o’quvchilarning o’qitish metodining asosini tashkil qiladi. O’qituvchi o’quv jarayonini boshqaribgina qolmasdan balki mana shu jarayonning ichida bo’lmog’i lozim, ya’niy o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashida bir paytning o’zida ham boshqaruvchi ham yordam beruvchi bo’lishi zarur. Bularni barchasi o’qitish metodlariga qo’yidagicha ta’rif berishga imkon beradi: «O’qituvchilar tomonidan o’quv mazmunini o’zlashtirishga imkon beradigan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatidir».
Metod doimo o’quv mazmuniga mos kelishi lozim. Maktab geografiyasida esa geografiya o’qitish metodlari so’zsiz geografiya fanining bilish metodlariga mos kelishi kerak. O’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga quyidagilar kiradi: kartografik ma’lumotlar va qo’llanmalar bilan ishlash usullari; kuzatish va tajriba
o’tkazish; statistik ma’lumotlar bilan ishlash; turli xil chizmalar bilan ishlash; iqtisodiy xisob kitoblar. Demak, o’qituvchi va o’quvchining faoliyati o’qitish metodini tashkil qilar ekan.
Hozirgi vaqtda geografiya ta’limida o’qitish metodlarini qo’yidagicha sinflashtirish keng tarqalgan:
I.Bilim olishning asosiy manbalariga ko’ra 1.O’qitishning og’zaki usullari; 2.Kartografik qo’llanmalar bilan ishlash; 3.Ko’rgazmali qo’llanmalar bilan ishlash; 4.Kuzatish va tajriba metodlari;

    1. Statistik ma’lumotlar bilan ishlash;

    2. Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash; 7.Amaliy metodlar;

8.Zamonaviy axbarot texnologiyalaridan foydalanish; 9.Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish; II. Didaktik maqsadlariga ko’ra
1.Yangi bilimlarni o’rganish 2.Bilimlarni mustahkamlash
3.Bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish metodlari III.Xulosa chiqarish Faoliyatiga ko’ra

  1. Analitik 2.Sintetik 3.Induktiv 4.Deduktiv

IV. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo’yicha 1.Izoxli ko’rgazmali metod

  1. Reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash metodi 3.Muammoli bayon metodi

4.Muammoli ta’lim metodi 5.Qisman izlanuvchan metodi 6.Izlanuvchan metod
S.T.Shapova lenko barcha usullarni uch guruhga bo’ladi: 1.Og’zaki metodlar
2.Ko’rgazmali metodlar 3.Amaliy metodlar
Bundan tashqari geografiyada yuqoridagi usullarni yana ikki guruhga bo’lishimiz mumkin:

  1. Yangi bilim olish metodlari

  2. Olingan bilimlarni qayta tiklash metodlari




      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin