O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə58/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiya darslarda diagramma va grafiklardan foydalanish. Geografiya ta’limida diagramma va grafiklardan keng foydalaniladi. Diagramma va grafiklar orqali bir geografik obyektni boshqasiga nisbatan katta yoki kichkina ekanligi, bir tarmoqlarni iqtisodiy ko’rsatgichidan yuqori yoki pastligini ko’rsatish mumkin.
Diagramma va chizmalarni o’qish, o’rganish va tahlil qilish metodikasi umumiy xususiyatlarga ega. Diagramma va chizmalar bilan ishlash texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat:

  • o’quvchilarga diagramma va chizmalarni ahamiyatini tushuntirish;

  • diagramma va chizmalarni tuzishni o’rganish;

  • geografik ko’rsatkichlarni diagramma va chizmalarda tasvirlash bo’yicha o’quvchilarga topshiriqlar berish. Masalan, 5-sinf o’quvchilari havo haroratini chizmasini, bulutsiz va bulutli kunlar diagrammasini tuzishlari mumkin;

  • diagramma va chizmalarni o’qishga va tahlil qilishga o’rgatish. Avval diagramma va chizmada nima tasvirlanganligini tushuntiriladi. So’ngra diagramma va chizmada tasvirlangan sonlarni o’qishga va tahlil qilishga o’rgatiladi. Diagramma yoki chizmada ko’rsatilgan geografik ko’rsatkichlarni yillar bo’yicha o’zgarishini tahlil qilib ma’lum bir ko’rsatkichni o’sish yoki o’zgarish qonuniyatlarini aniqlanadi;

  • diagramma va chizmalarni tahlili asosida xulosalar qilishni o’rgatish. Masalan, havo harorati chizmasini tahlil qilganda oylik va yillik o’rtacha harorat, eng yuqori va eng past harorat haqida xulosalar qilinadi. Yoki bo’lmasa ma’lum mamlakatlarda ishlab chiqilgan yalpi miqdorni taqqoslab yalpi mahsulot miqdori bo’yicha mamlakatlar jadvalini tuzish mumkin.

Statistik jadvallar bilan ishlash texnologiyasi. Jadvallar maktab geografiyasida keng qo’llaniladi, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida.
Shu munosabat bilan maktab geografiya darsliklarida keltirilgan jadvallarni quyidagi yirik ikki guruhga bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografiya kurslarida keltirilgan jadvallar; iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida keltirilgan jadvallar.
Tabiiy geografiya kurslarida jadvallar ko’proq ilova shaklida beriladi. Masalan. 7-sinf geografiya darsligining ilova qismida quyidagi jadvallar berilgan: O’rta Osiyodagi eng baland cho’qqilar; O’rta Osiyodagi eng chuqur botiqlar; yirik daryolar; ko’llar; suv omborlari; qo’riqxonalar; yirik konlar.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida jadvallar juda keng qo’llaniladi, shuning uchun ularda matnda va ilovada ham jadval berilgan.
Statistik jadvallar bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi:

  • jadvalni nomini o’qish;

  • jadvaldagi ko’rsatgichlarni o’lchov birliklarini tushuntirish;

  • jadvallarni qatorlarini va ustunlarini nomlarini o’qish;

  • qator va ustunlardagi raqamli ko’rsatgichlarni solishtirish;

  • jadvalda berilgan ma’lumot haqida xulosa qilish.

Jadvallarni o’qishga o’rgatish quyidagi qismlardan iborat:

  • o’qituvchi ijtimoiy iqtisodiy geografiya kurslarida jadvallarni ahamiyatini tushuntiradi va jadvallarni tuzish haqida ma’lumotlar beradi;

  • jadvalni o’lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. O’lchov birliklarini natural va nisbiy ekanligi tushuntiriladi;

  • shundan so’ng o’qituvchi jadvalni o’qish usullari bilan tanishtiradi. Qaysi hollarda ustundagi, qaysi hollarda qatordagi raqamlarni o’qish tushuntiriladi. Jadvalni qatordagi raqamlarini unda mamlakatlarning maydoni berilganda o’qiladi;

  • o’quvchilarga jadvallar bilan ishlash bo’yicha mustaqil ishlar berish.

Bundan tashqari o’qituvchilar iqtisodiy hisoblar olib borish ko’nikmalarini ham shakllantirish lozim. Masalan, maydon birligiga to’g’ri keladigan aholi soni, jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish, o’rtacha yillik harorat va h.k.



Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin