O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə66/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

O’qib berish


Dars jarayonida o’qituvchi tomonidan o’qib berish metodi ham keng qo’llaniladi. O’qituvchi o’qib berish uchun mavzuga oid turli maqolalar, darslikning ayrim qismlari, ro’znoma va oynomalardagi malakalar, badiy adabiyotlardagi geografiyaga oid bayonlar olim va sayyoxlarning estaliklaridan foydalanadi.


O’qib berishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1.O’qitish metodining tez-tez o’zgartirib turish;

  1. Darsni va ta’lim tarbiya jarayonini faollashtirish;

  2. Darsda o’tiladigan mavzuni o’qituvchi o’z so’zlari bilan aytib berolmaydigan darajada bo’lsa;

  3. Geografik borliq, voqea va xodisalar badiy adabiyotlarda yoki estaliklarda juda yaxshi bayon qilingan bo’lsa. Masalan, jala yog’ishi, suv toshqini, ekvotarial o’rmonlar, cho’llar, tog’lar tabiati va x.k.

Geografiya darslarida quyidagilarni o’qib berish mumkin:

      • mavzuga oid badiy matinlar (Navoiy, Bobur, Cho’lpon, Fitrat, Oybek, A Qaxxor va boshqalar;

      • mavzuga oid ilmiy-ommabop kitob va maqolalarni qiziqarli joylari;

      • Dars mavzusiga oid ro’znoma va oynomalarda chiqqan maqolalar.



      1. Ma’ruza metodi


Ma’ruza metodi asosan yuqori sinflarda qo’llaniladi. Yuqori sinflarda asosan iqtisodiy geografiya kurslari o’tilganligi munosabati bilan ma’ruza metodi asosan iqtisodiy geografik bilimlarni berishda foydalaniladi. Hikoyadan farq qilib ma’ruzada bayon elementlari kamroq ulushini tashkil qiladi. Ma’ruzada birinchi o’ringa geografik dalillarni tahlili, ularni umumlashtirish, iqtisodiy geografik qonunlarni chuqurroq ochib berish asosiy o’rinni egallaydi.


Ma’ruza bu o’qituvchi darsining bayon qilishni ancha murakkab shakli bo’lib xisoblanadi. Ma’ruza uzoq vaqtga mo’ljallanga bo’ladi va uni asosiy qismlarini o’quvchilar yozib olishlari ta’lab etiladi. Ma’ruza metodi o’quvchilarga eshitish ko’nikmalarini shakillantirishga imkon beradi. Bu esa kundalik hayotda va oliy o’quv yurtlarida zarur bo’ladi.
Ammo, ko’p hollarda umum ta’lim maktablarida ma’ruza metodi kam hollarda qo’llaniladi. Mazkur metod iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarini o’rganishda keng qo’llanilmog’i lozim. Yuqori sinflarda ma’ruza metodini keng qo’llanilishi o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishi uchun vaqtni tejashga imkon beradi.
Ma’ruza metodini ko’proq kirish va yakuniy mavzularni va mavzular guruhini
-o’tishda qo’llash ham yaxshi samara beradi. Masalan, jahon siyosiy haritasi, jahon tabiiy resurslari, jahon xo’jaligi, materiklar yoki qit’alar hamda regionlar siyosiy haritasi va xo’jaligi va boshqa mavzularni o’rganishda.
Ma’ruza o’quvchilarni qiziqishini oshirish uchun va uni o’zlashtirilishni osonlashtirish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:

      • ma’ruzani rejasini e’lon qilish yoki sinf taxtasiga yozib qo’yish;

      • ma’ruza davomida turli xil mavzuga oid ko’rgazmali vositalardan foydalanish (kartalar, jadvallar, chizmalaar, rasmlar);

      • ma’ruzani eng muhim joylarini baland ovozda, alohida urg’u berib o’qish;

      • o’quvchilarni ma’ruzani yozib olishga o’rgatish;

      • ma’ruzani o’qish davomida faqat ko’rgazma vositalardangina emas, balki sinf taxtasidan ham turli xil xomaki kartalar va chizmalar chizishda keng foydalanish;

      • ma’ruza davomida uchraydigan barcha geografik nomlar nomi sinf taxtasiga yozilishi lozim. Bunday sharoitda o’quvchilar geografik nomlarni yozishda va talaffuz qilishda xatoga yo’l qo’yishmaydi;

      • o’quvchilarni faolligini oshirish maqsadida o’qituvchi vaqti-vaqti bilan sinfga savol bilan murojat qilishi va ma’lum bir vaqtdan so’ng unga o’zi javob berishi darkor:

      • ma’ruzani so’ngida o’qituvchi o’quvchilarning savollariga javob beradi. Mazkur talabalardan tashqari ma’ruza mazmunanbir butun bo’limni,

ma’ruza qamrab olgan masalalar tugal bo’lishi, ilmiy jihatdan mukammal va ko’rgazmali bo’lishi lozim.
Ma’ruza yuqori sinflarda 30-40 minutga mo’jallanadi. Ma’ruza boshqa metodlar bilan bilan birga olib boriladi. Mazkur darslarda mustaqil ishlarga vaqt qolmaydi, o’quvchmilar asosan nazariy bilimlar olishadi va keyingi darslarda olib boriladigan mustaqil ishlar uchun zamin yaratiladi. Savollar ma’ruzani oxirida berilgani maqul.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin