Hikoya metodi deb geografik borliq, voqea va xodisalarni jonli tasvirlashga aytiladi. Bunda o’qituvchining jonli so’zi muhim o’rin tutadi. Hikoya metodi bilan o’quvchi geografik voqea va xodisalarni, borliqni o’quvchilar ongida jonli tasvirlarni shakllantirishda, o’quvchilarni geografik kashfiyotlar bilan, o’ziga xos landshaftlar bilan, turli xil davlatlardagi aholining hayoti va faoliyati bilan tanishtirishda foydalanadi.
Hikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur:
-hikoya qilinishi lozim bo’lgan geografik borliq, voqea va xodisalar oldindan tanlab olinishi lozim;
-hikoya o’quvchilar ongida o’rganilayotgan geografik borliq, voqea va xodisalar haqida aniq tasavvur xosil qilishi lozim;
hikoya ishonchli bo’lishi lozim, asosiy ma’lumotlar ikkinchi darajali ma’lumotlardan ajralib turishi zarur;
hikoya davomida turli xil ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak;
quyi sinflarda ko’proq o’qituvchi o’zi ko’rgan geografik voqea va xodisalar haqida hikoya qilib berishi kerak;
hikoya hayot bilan bog’langan bo’lishi, oson tushuniladigan va qiziqarli bo’lishi kerak;
-hikoya geografiya fanining eng so’ngi yutuqlaridan foydalangan xolda bayon qilinishi lozim;
hikoya g’oyaviy siyosiy jihatdan to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Unda kundalik matbuotda e’lon qilingan ma’lumotlardan foydalanmoq zarur.
Hikoyaning samaradorligi ko’p xollarda o’quv materialini tanlashga, dalillar va umumlashmalarni to’g’ri nisbatiga bog’liq.
Hikoya davomida o’qituvchi turli xil ma’lumotlarni bayon qilish davomida asosiy va eng muhim narsalarni, ya’niy geografik tushunchalarni shakillantirishni esdan chiqarmasligi kerak. Beriladigan ma’lumotlar qancha ko’p va qiziqarli bo’lmasin agar ular bir tizimga solinmagan bo’lsa, ular orasidagi aloqalar va bog’liqliklar ochilmasa va tegishli xulosalar qilinmasa hikoya ko’zda tutilgan samarani bermaydi. Dalillar, xulosa va umumlashmalarni mustahkamlashi va aniqlashtirish va o’quvchilarni o’zlashtirishini osonlashtirish lozim.
O’quvchilar ongida geografik voqea va xodisalar haqida ongli tasavvur xosil qilish uchun o’qituvchi hikoya davomida ekskursiya va sayohatlar davrida olgan shaxsiy ma’lumotlaridan ham foydalanishi mumkin.
Hikoya yaxshi chiqishi va samarali bo’lishi uchun bayon davomida harita, gerbariy, maket, diagramma va boshqa materiallardan foydalanish zarur. Ko’rgazmali qurollar o’qituvchi hikoya yordamida shakillantiriladigan tasavvurlarni to’ldiradi va aniqlashtiradi. Hikoya davomida geografik borliq, voqea va hodisalar tasvirlangan rasmlardan ham foydalaniladi.
Hikoya metodi alohida mamlakatlar va o’lkalar geografiyasini o’rganishda katta foyda beradi.
Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo’shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zida hikoya dars jarayonida mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida tushintirish metodini qo’llash mumkin. Ayrim hollarda o’qituvchi qisqa hikoyadan tushuntirishga o’tishi mumkin. Masalan, zil-zila jarayonini hikoya qilib keyin uni sababini tushuntiradi. V-VII sinfarda mavzular ko’proq tasviriy tarzda hikoya qilib beriladi. Masalan yirik shar-sharalardan Niagara va Viktoriya yangi Kongo xavzasidagi nam ekvatorial o’rmonlarni yoki baland tog’ o’lkasi tabiat manzarasini tasvirlab berish mumkin. VI-VII sinflarda geografik borliq va xodisalarni tasvirlash,tushuntirish, sharxlash ilmiy dalillar bilan qo’shib olib boriladi, V-VI sinflarda 3-10 minut, VI-VII sinflarda 10-15 minut, VIII-IX sinflarda 15-20 minut bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |