O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə87/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Gidrosfera mavzusini o’rganishda tajriba metodidan foydalanish.Gidrosfera mavzusini o’qitish jarayonida quyidagi tajribalarni o’tkazish mumkin:
-suvni isiganda kengayib soviganda torayishi;
-tog’ jinslarining o’zidan suvni turlicha o’tkazishni;
-suvning tushish burchagiga qarab tog’ jinslarini yuvilishi va jarlarni xosil bo’lishi;
-sharsharani vujudga kelishini.
Suvni isiganda kengayishi, soviganda torayishini quyidagi tajribada ko’rish mumkin (O.Mo’minov, 1986):
-kolbaga suv quyiladi va suvga bir necha tomchi siyox tomizib rangli qilinadi;
-suvning kolbadagi satxi (kolbaning tor og’zi)ga ip boylab belgilanadi va kolbaning og’zi o’rtasidan shisha naycha o’kazilgan qopqoq bilan yaxshilab berkitiladi;
-kolbadagi suvni spirt lampasi yordamida qizdiriladi. Shunda suv ip bilan belgilab qo’yilgan satxdan yuqori ko’tarilib, shisha naycha ichiga kiradi.
Turli tog’ jinslarini suvni turlicha o’tkazishini quyidagi tajribada ko’rsatish mumkin:
-ikkita shisha varonka shtativga o’rnatiladi va ularning pastki teshigi paxta bilan berkitiladi;
-birinchi kolbaga yarim stakan gil (tuproq), ikkinchisiga yarim stakan qum solinadi;
-voronkalardagi gil va qum ustiga yarim stakan suv quyiladi;
-tajribada suv qumdan tez o’tishi va gildan juda sekin o’tishi aniqlanadi.
-suv quyilishi va uni qum yoki tuproqdan o’tishi vaqtini belgilab yer osti suvlari tezligini ham aniqlash mumkin.
Bundan tashqari turli tog’ jinslarini suvda eruvchanligini ham o’rganish mumkin. Buning uchun tslindrgva suv quyiladi va unga o’rganilayotgan tog’ jinslarining bir bo’lagi solinadi va uning to’la erish vaqti kuzatiladi. Eriydi tog’ jinslariga turli xil tuzlar, tuproqlar va qumtoshlar kiradi.
Mazkur tajribalar asosida o’quvchilar turli tog’ jinslarini turlicha suv o’tkazishi va yer osti suvlarini harakati haqida bilimlarga ega bo’lishadi.

Atmosfera mavzusini o’rganishda bajariladigan tajribalar.


Mazkur mavzuni o’rganishda tajriba metodi o’quvchilarni tegishli bilimlarini egallashda va kunikmalarni xosil qilishda katta ahamiyatga ega.
Atmosfera mavzusini o’rganishda quyidagi tajribalarni o’tkazish mumkin:

Quruqlik va suvlikning turlicha isishini ko’rsatadigan tajriba o’quvchilarda quruqlik va musson iqlimi haqida tushunchalarni shakillantirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur tajribani «Ob-havo va iqlim» mavzusini o’tishda ko’rsatish mumkin. Tajriba quyidagi tartibda olib boriladi:

  • ikkita bir xil quticha shaklidagi idish olinadi. Mazkur idishlarning o’lchamlari quyidagicha bo’lishi lozim; uzunligi 15 sm, kengligi- 7,5 sm, balandligi-5 sm, ikkita bir xil termometr, lampa (qizdirish uchun):

  • idishlarni biriga suv, ikkinchisiga tuproq solinadi, bir paytni o’zida ikkalasini ham harorati o’lchanadi;

  • ikkala idishdagi suv va tuproq lampa yordamida qizdiriladi va 6-7 minutdan so’ng haroratlar yana qaytadan o’lchanadi;

Termometrdan olingan ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan sinf taxtasiga yoziladi, o’quvchilar esa daftarlariga yozib olishadi. Ma’lumotlar quyidagi 8- jadval shaklida ifoda qilinadi.
8-jadval

Yuza

Harorat darajasi

Farqi

Dastlabki

Qizdirilgandan
so’ng

Sovutilgandan
so’ng

Suv

14

18

16

2

Tuproq

14

39

14

25

Suv va tuproq haroratidagi farqning kattalgi tuproq, yani Yer yuzasiga nisbatan tezroq isib tezroq sovishiga o’quvchilarda ishonch xosil qiladi. Bu esa quruklik va okaenda iqlimni turlichaligini asoslab beradi.
Bulut va yomg’irni xosil bo’lishini tajribada ko’rsatish uchun baladligi 25- 30 sm keladigan shisha idish (tslindr) olinadi. Idishning devori terlamasligi uchun u bir oz qizdiriladi. Idish ichiga suv solinadi va spirtli lampada qizdiriladi. Idishning qopqog’ini tepasiga muz solib qo’yilsa, muz ostida bulut (bug’) xosil bo’ladi, sungra undan yomg’ir (suv tomchilari) ajralib chiqa boshlaydi. Demak o’quvchilar bulutlar va yog’inlar xosil bo’lishini sinf sharoitida kuzatishi va ushbu jarayonni to’la kuzatishi mumkin.



Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin