O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Iqtisodiyotni modernizatsiya qilinishida innovatsion jarayonlarning asosan uchta yo‘nalishi muhim hisoblanadi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə108/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilinishida innovatsion jarayonlarning asosan uchta yo‘nalishi muhim hisoblanadi:

1. Xorijiy texnika texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi.


2. Mamlakatning ilm-fan salohiyati, ilm fan yutuqlarini, yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining o‘zaro hamkorligi.
3.Ishchi kuchining sifat darajasining yuqori bo‘lishi, tayyorlanayotgan kadrlarning bilim darajasi va ularning yangilikka intilishi, yangi texnika texnologiyalarni o‘zlashtirish ko‘nikma va qobiliyatlarining shakllantirilganligi.


Bilimga asoslangan iqtisodiyotni infratuzilmasi va “inson kapitali”ning roli.
Iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishida mamlakatning ilm-fan salohiyati, ilm fan yutuqlarini, yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining o‘zaro hamkorligi katta rol o‘ynaydi. XX asrning 50 yillarida AQShda boshlangan ilmiy texnika inqilobi ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi va bog‘lanishi natijasida vujudga kelgan edi hozirgacha davom yetmoqda.
Bugungi kunda jahonda bir necha million kishi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi. AQSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy salohiyatga ega, bo‘lgan mamlakatlar hisoblanadi. Shularning ichida AQSh juda katta ilmiy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Mazkur mamlakatda 3,0 mln.ga yaqin yalpi aholining har 10 mingtasiga hisoblaganda 113 kishi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (ITTKI) ajratilgan xarajatlarning hajmi bo‘yicha (140 mlrd. dollar atrofida) AQSh dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. AQSh va G‘arbiy Yevropaning yetakchi mamlakatlarida ITTKIga ajratilgan xarajatlar ichki mahsulotining 1,5-3,0 foizini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 0,4 foizdan oshmaydi. Aholi jon boshiga hisoblaganda ITTKI xarajatlari o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda 110 dollarga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga teng.Bilimga asoslangan iqtisodiyot iqtisodiyotning sanoat rivojlanishidan keyingi va innovatsion iqtisodiyotning oliy bosqichi hisoblanadi. Bunda ko‘pincha “bilimga asoslangan iqtisod” atamasi “innovatsion iqtisodiyot” sinonimi sifatida ishlatiladi. Ammo bilimga asoslangan iqtisodiyot – innovaison iqtisodiyotni rivojlantirishning oliy bosqichidir.
Bilimga asoslangan iqtisodiyot “moddiy iqtisodiyot”dan “intellektual iqtisodiyot”ga o‘tishni nazarda tutadi. Buning mohiyati shundan iboratki, bilimlar va maxsus noyob ko‘nikmalar barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai va hal qiluvchi omiliga aylanadi. Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Toni Bler: “Bilimga asoslangan iqtisodiyot – amalda butun iqtisodiyotdir. “Yangi iqtisodiyot” degan narsaning o‘zi yo‘q, gap shundaki, butun iqtisodiyot axborot texnologiyalari asosida o‘zgaradi – bu iqtisodiy inqilobdir”11 deb ko‘rsatgan.
Akademik V.L. Makarovning fikricha, “Bilimga asoslangan iqtisodiyotda, bir tomondan, olimlar tomonidan qanchalik ko‘p bilim yaratilsa, ikkinchi tomondan, odamlar bu bilimlarni qanchalik ko‘p iste’mol qilsalar, shunchalik ko‘p mahsulot hajmi ortadi.... Ya’ni bilimlarni pirovard iste’molchilarga yetkazadigan olimlarning ham, uni iste’mol qiladigan odamlarning ham ishi muhimdir”12.
Bilimga asoslangan iqtisodiyot infratuzilmasiga iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan quyidagi omillar kiradi:
• yuksak turmush sifatini amalga oshiradigan samarali davlat institutlari;
• yuqori sifatli ta’lim;
•samarali ilm-fan;
• samarali ilmiy-texnikaviy venchur biznesi;
• yuqori sifatli inson kapitali;
• bilimlar va yuqori texnologiyalarning yaratilishi;
• axborot jamiyati yoki bilimlar jamiyati.
Hozirgi vaqtda faqat AQSh hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo ayrim davlatlarining iqtisodiyotini bilimlariga asoslangan iqtisodiyot deb atash mumkin. Jahonning ushbu taraqqiy etgan davlatlari olimlar g‘oyalarini tovarlar va mahsulotlarga tez va samarali aylantirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarni yaratdilar. Bevosita ilmiy tadqiqotlar, inson kapitaliga investitsiyalrning ortishi va buning natijasida eng yangi texnologiyalarning o‘zlashtirilishi jahonning yetakchi mamlakatlariga iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash imkoniyatini bermoqda.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot – bilimlardan o‘zining o‘sishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun foydalanayotgan iqtisodiyotdir. Bunday iqtisodiyotda bilimlar iqtisodiyot barcha tarmoqlarini, iqtisodiy jarayonlarning barcha qatnashchilarini boyitib boradi. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot ulkan ijtimoiy ahamityaga ega, u turmush sifatini yaxshilash prinsiplariga asoslangan .
Yevropa komissiyasi ekspertlari bilimlarni quyidagicha tasniflaydilar (6-chizma):
● ilmiy bilimlar;
● texnika (texnologik) bilimlari;
innovatsiyalar;
● inson kapitali;
● malaka;
● axborot-kommunikatsiya texnologiyachlariga oid bilimlar.
Insoniyat bugungi kunda ega bo‘lgan bilimlarning 90,0 % so‘nggi 30 yil ichida yaratilgan. Umuman, jahonda bilimlarni birinchi marta ikki baravarga ko‘paytirish uchun 1700 yil (milodiy I-XVII asrlar) kerak bo‘ldi. Bilimlarning ikkinchi bor yana ikki marotabaga ortishi esa 1900 yilda sodir bo‘ldi. Bilimlarning uchinchi marta yana ikka karraga ko‘paygan sanasi sifatida 1950 yil ko‘rsatiladi (7-chizma).
Sivilizatsiyaning butun tarixi davomida tayyorlangan olimlar va muhandislarning 90,0 % ham zamondoshlarimizdir.
XXIasrni – axborot asri deb atalishi bejiz emas. Ushbu mingyillik boshiga kelib axborot hajmi 30 barobarga ortdi.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tizimida bilimlardan resurs sifatida foydalanish – bilimlarni joriy etish, birinchi navbatda, innovatsion jarayonni amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bilimlarni joriy etish samarasi, eng avvalo inson farovonligini aks ettiradigan uning salomatligi, turmush darajasining sifati va umr ko‘rish davomiyligida o‘z ifodasini topadi.
Dunyo tajribasi va amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, inson kapitaliga yo‘naltirilgan mablag‘lar boshqa omillarga nisbatan o‘zini oqlaydi. O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatida inson kapitaliga investitsiya yo‘naltirishni ustuvor vazifa sifatida tanlangan.Haqiqatan ham hozirgi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligiga, balki, birinchi navbatda, zamonaviy muntazam yangilanib turadigan texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan sifatli inson kapitaliga bog‘liq bo‘lmoqda. Bunday sifatli inson kapitalisiz mamlakatda ilm fanga asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etib bo‘lmaydi. Inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosi va tarkibiy qismi xisoblanmish uzluksiz ta’lim tizimidagi mavjud ta’lim xizmatlari orqali samarali amalga oshirilmoqda.
Inson kapitali tushunchasi bo‘yicha xorijlik va mahalliy olimlar ham ko‘plab tadqiqotlar, izlanishlar olib borishmoqda. Xususan, inson kapitali va uni shakllanishi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlarni rossiyalik iqtisodchi olim R.I.Kapelyushnikov olib borgan. Uning ta’kidlashicha, inson kapitali deganda, insonda jamlangan qobiliyat, malaka va maqsadlar zaxirasi tushuniladi. Uning shakllanishi jismoniy yoki moliyaviy sarmoyani jamlash singari kelgusida qo‘shimcha daromad olish maqsadida joriy iste’moldan mablag‘larning ajratib olishini talab etadi. Inson investitsiyalarning eng muhim turlariga ta’lim, ishlab chiqarishdagi tayyorgarlik, migratsiya, axborot izlash, farzand ko‘rish va ularni tarbiyalash ham kiradi13



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin