O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə56/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ta’lim sifati – jamiyatda ta’lim jarayonining holati va natijasini hamda shaxsning kasbiy kompetentligini shakllanishi va rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi.
Ta’lim sifati ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini turli qirralarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui orqali baholanadi. Ta’lim sifati – inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir.
«Ta’lim sifati» atamasi quyidagi omillarga bog‘liq holda turlicha ahamiyat kasb etadi:
– ta’lim ishtirokchilarining manfaatlari;
– kirish ma’lumotlari, ta’lim-tarbiya jarayonlari, chiqish ma’lumotlari, maqsad va vazifalar kabi tushunchalarning o‘zaro nisbati;
– baholanadigan akademik sohaning xususiyatlari yoki tavsifi. Ta’lim sifatini o‘qitish sifati deb tushunish va buni talabalar soni foizi bilan bog‘lash, shaxsning rivojlanish darajasiga bog‘lash, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish foizi deb tushunish, sifat deganda talabalarga dars beradigan o‘qituvchilar salohiyati kabi talqinlar mavjud.
Ta’lim sifati ikki jihatga ega:
– Davlat ta’lim standartlariga moslik;
– iste’molchi talablariga moslik.
Bu ikki jihat ta’lim sifatini ta’minlovchi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagilarni umumlashtirib fikrimizcha, ta’lim sifatiga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim sifati – ta’lim (bilim va ko‘nikmalarni shakllanishi) jarayonlari provard natijasining belgilangan maqsad va talablarga mos tushishidir. Ta’lim sifati qabul qilingan namuna (etalon)ga mos kelishini aniqlash natijasi sifatida belgilanadi. Ta’lim sifatiga qo‘yiladigan namuna asosan kadrlar iste’molchisi tomonidan belgilanadi. Shu kunga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlarda ta’lim sifatini aniqlovchi o‘lchov birliklarini qo‘llanilishi bo‘yicha aniq manbaalar keltirilmagan. Ta’lim sifatini aniqlashda foiz o‘lchovini qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda ta’limning amaldagi holati natijalarini etalon qilib belgilangan ta’limni talab etilgan natijaga nisbati ko‘rinishida aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin