O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


-MAVZU:TA'LIM SIFATI MENEJMENTI. “QUALITY MANAGEMENT”, “QUALITY CONTROL”



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə55/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

9-MAVZU:TA'LIM SIFATI MENEJMENTI. “QUALITY MANAGEMENT”, “QUALITY CONTROL”


Darsning maqsadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish monitoringini olib borish, monitoring xolisligini ta’minlashga hamda ta’lim sifatini nazorat qilishning samarali usullariga doir bilimlarni shakllantirish.
Kutiladigan natija
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish monitoringini olib borish, monitoring xolisligini ta’minlash, natijalarni tahlil qilish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy-uslubiy bilimlari boyitiladi va yangilanadi.


NAZARIY QISM


Reja:

Ta’lim sifatini ta’minlash jarayoni omillari mazmuni
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o‘qitish sifati va mazmunini yangi pog‘onaga ko‘tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, o‘quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilgan muhim o‘zgarishlarning barchasi ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilganligini qayd etish mumkin.

Sifatni ta’minlash tizimi ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning jamiyat tomonidan qo‘yilgan va o‘quv yurtlari bajarishga harakat qiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlovchi omildir. Xo‘sh shunday ekan eng avvalo, tadqiqotimizning tayanch tushunchasi bo‘lgan ―sifat, ―ta’lim sifati, ―ta’lim sifatini ta’minlash jarayoni‖ tushunchalarini aniqlashtirib olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Sifat – insonlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan asoslanuvchi mahsulot, material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo‘lib, ularni qo‘yilgan talablar va o‘z vazifalariga to‘liq mos kelishi bilan baholanadi. Bunday moslik asosan standartlar, shartnomalar, kelishuvlar, iste’molchilarning talablari bilan aniqlanadi. Sifat masalasi, ayniqsa, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yana ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. ISO 9000 standartida «Sifat – o‘ziga xos xarakteristik talablarga moslik darajasi» ko‘rinishida talqin qilinadi. Sifat tushunchasi bo‘yicha olimlar va mutaxassislar tomonidan turli fiklar va yondashuvlar bildirilgan. Ta’lim sifati degan atamaning ham turli talqinlari mavjud. Ba’zilar ta’lim sifatini o‘qitish sifati bilan bog‘laydilar. Boshqalar ta’lim sifatini shaxs komilligining rivojlanish darajasiga bag‘laydilar. Shuningdek, boshqa bir guruh ta’lim sifati deganda bitiruvchining oltita mavqe bo‘yicha: kasbiy faoliyatga, vatanini himoya qilishga, oilaviy hayotga, dam olish vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ta’limni davom ettirishga, o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishga, shuningdek, mustaqil hayotga tayyorligini tushunadilar.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin