O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Ta’limni boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari quyidagi prinsiplar orqali belgilanadi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə58/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ta’limni boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari quyidagi prinsiplar orqali belgilanadi:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyot va xalqaro ta’lim standartlarini hisobga olgan holda ta’lim menejmentini tushunish va uning talablarini to‘liq bajarishga erishish;
2. Iste’molchilar talablarini bilish va mehnat bozoridagi kuchli raqobatbardoshlikni tahlil qila olish;
3. Monitoring natijalari asosida ta’lim jarayonini muntazam takomillashtirib borish. Demak, ta’lim muassasasi rahbariyatining innovatsion faolligi ta’lim sifatini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi.
Keyingi navbatda tashqi omillarni ko‘rib chiqamiz. Ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ta’lim sifatini ta’minlashni rag‘batlantiruvchi ko‘rsatma vazifasini bajaradi. Ta’lim muassasasini attestatsiya va akkreditatsiyalash ta’lim sifatini ta’minlashni nazorat qilish vazifasini amalga oshiradi.
Attestatsiya ta’lim muassasasi faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Davlat akkreditatsiyasi ta’lim muassasasi faoliyatining davlat ta’lim standartlari mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda uning bitiruvchilariga davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat. Ta’lim oluvchilar bilim va ko‘nikmalari saviyasi ta’lim sifatini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayoni markazida aynan bilim iste’molchilari – ta’lim oluvchilar turadi. Shu sababli ta’lim sifatini belgilashda ta’lim oluvchilar sifatiga ham e’tibor qaratish zarur va shartdir. Chunki, ta’lim jarayoni natijasida aynan ana shular oxirgi sifatli intellektual mahsulot (kadr)ni berishi lozim. Ta’lim muassasasi reytingi ham ma’lum darajada ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Reyting ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifatini taqqoslash usuli hisoblanib, ta’lim xizmati iste’molchilariga – ta’lim oluvchilarga, kadrlarga buyurtma beruvchilarga va ta’lim tizimini boshqaruv organlariga ta’lim muassasalari nufuziga oid ma’lumot taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonini tashkil etishda xalqaro amaliyotda o‘zini oqlagan tajribalardan foydalanish ta’lim sifatini ta’minlashga imkon yaratadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin