O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mirzayeva farog’at kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish


II BOB. AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMALARI



Yüklə 400,94 Kb.
səhifə24/36
tarix26.12.2023
ölçüsü400,94 Kb.
#198429
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
kasbiy fanlarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish (3)

II BOB. AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMALARI
1-AMALIY MASHG’ULOT. MAVZU: KASBIY FANLARNI O’QITISH JARAYONINI LOYIHALAH VA REJALASHTIRISH (4 SOAT)
Talabalarni baholash mezonlari:
1) o’quv maqsadlarini oydinlashtirishga doir matn ustida ishlash – 2 ball;
2) B.Blum taksonomiyasi ustida ishlash – 2 ball;
3) pedagogika fani biror bir mavzusiga doir o’quv mashgulotining texnologik modeli va xaritasini ishlab chiqish – 4 ball.
Eslatma: umumiy 8 ball 4 soatlik amaliy mashg’ulot tugagandan so’ng, ikkita mashgulotga bo’lib qo’yiladi (har bir mashg’ulot uchun maksimal 4 ball hisobidan).
1-topshiriq. Quyida keltirilgan matn bilan tanishing. So’ngra uni muhokama qilib, o’zaro juftliklarda fikr almashing.
Maqsadni ta’lim mazmuniga binoan belgilash. O’qituvchi odatda mashg’ulotning maqsadini mashg’ulotning maqsadini “Birinchi bobning mazmunini o’zlashtirish”, “Bobur lirikasini o’rganish” kabi belgilaydi. Bunda ta’lim maqsadi o’rganila-yotgan predmetning, bilimning mazmunini ko’rsa-tadi. Maqsad bunday ifodalanganda ta’lim maqsa-diga erishilganligini aniqlab bo’lmaydi. Keltirilgan misollardagi “maqsadlar” mavhum ulardan maqsadga erishilganligini o’lchab, aniqlab bo’lmaydi.
Ta’lim maqsadini o’qituvchi faoliyati orqali aniqlash. “Boburning badiiy-pedagogik merosini o’rgatish”, “10 ichida qo’shish amaliga doir misollar ishlatish”. Maqsadni bunday qo’yishda e’tibor o’qituvchining faoliyatiga qaratiladi. Bunda ham pedagog faoliyatining natijasini aniqlash qiyin.
Ta’lim maqsadini talaba shaxsining ruhiy, aqliy, axloqiy, estetik jarayonlari shaklida ifodalash. Masalan, “Voqelikni tahlil etish malaka-sini hosil qilish”, “Ekologik hodisalarga qiziqishni shakllantirish” kabilar. Ta’lim maqsadini bunday umumiy tarzda belgilash o’quv yurti, o’quv fani yoki bir guruh o’quv predmetlari darajasida bo’lishi mumkin. Lekin ayrim mashg’ulot, darsning maqsadini bunday keng ifodalash foydasiz. Bunda ham mashg’ulotda qanday natijaga erishilganligini bilib bo’lmaydi.

Yüklə 400,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin