15.3. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi
15.3.1. Geografiya darsligining tuzilishi.
Geografiya ta’limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo’lib hisoblanadi,
shuning uchun ular asosiy o’qitish vositalaridir.
Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo’lishi, metodik aparati
pedagogik jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Darslikning metodik tuzilishi
o’quvchilarni o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. Darslik juda ko’p ta’limiy
vazifalarni bajaradi. Darslik bilan ishlaganda o’quvchilar quyidagi ishlarni
bajarishadi: matn bilan ishlash usullari; kartografik ma’lumotlar bilan ishlash
usullari; statistik ma’lumotlar bilan ishlash usullari; chizmalar, rasmlar,
fotogrfiyalar bilan ishlash usullari; matndagi jadvallar bilan ishlash usullari;
matndan tashqaridagi materiallar bilan ishlash usullari; darslikdagi ilovalar bilan
ishlash usullari va h.k.
Geografiya o’qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan va
o’zlashtirgan taqdirdagina darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil qilish
mumkin.
Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo’linadi (3-rasm): a) darslikning
o’quv matni: b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur qismlarning har biri
yana o’z navbatda alohida – alohida qismlarga bo’linib ketadi.
Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o’quvchilar uchun
yangi ma’lumotlar beriladi.
Matndan tashqaridagi ma’lumotlar o’qitish va nazorat vazifalarini bajaradi.
Matndan tashqaridagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: a) savol va topshiriqlar;
b)mundarija, shriftlar; v)ko’rgazma metodlar.
Har bir darslikda juda ko’p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular
tushunchalarni o’zlashtirishga, geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalarni
aniqlashga, ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni
turli joylarida uchraydi: yangi mavzu oldidan; matn ichida; matnning oxirida.
Darslik matni oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar tomonidan
ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan, biror
hududni iqlimini o’rganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar haqidagi
bilimlarini faollashtirish.
Matn ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarni fikrlash faoliyatini yangi
o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnning so’ngida berilgan savol va
topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltiradi. Masalan,
daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan nima, daryo vodiysi, daryoni
to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash mumkin.
Yirik bo’limlar so’ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan
xususiyatga ega, bilimlarni tartibga solishga undaydi, o’quvchilarni umumiy
dunyoqarash bo’yicha xulosalar qilishga olib keladi.
Matndagi ko’rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi haritalar;
muqovadagi haritalar; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; rasmlar va
165
fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. Ko’rgazmalar faqat matn
mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbaii bo’lib ham hisoblanadi.
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar lug’atida
mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro’yhati beriladi.
166
3-rasm. Geografik darsliklarni tuzilishi ( I.V. Dushina sxemasi asosida)
D A R S L I K
Asosiy
Matndan tashqari
qismlar
O’quv matni
Tushunti-
ruvchi
Qo’shimcha
O’zlashtirish
ni tashkil
qilish
apparati
Yo’naltirish
apparati
Ko’rgazmali
materiallar
Savol va
topshiriqlar
tizimi
Mundarija,
shriftlar,
signalli
belgilar
Kartalar,
chizmalar,
diagrammalar,
ststistik
jadvallar va h.k.
Izoh
N
aza
ri
y
a
Met
o
d
o
lo
g
iy
a
T
u
sh
u
n
ti
ri
sh
Bay
o
n
A
tama
lar l
ug
’a
ti
Izo
h
|