169
xalqaro iqtisodiy aloqalar; regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan
jadvallar.
Jadvallarni tahlili bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p mustaqil ishlar berish
mumkin.
Har bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Beshinchi
sinfda boshlang’ich tabiiy geografiya kursini o’rganishda izoxli o’qish, matndagi
savollarga javob berish, matnning rejasini tuzish, matndagi asosiy fikrni aniqlash
muhim o’rin tutadi.
VI sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”ni o’rganishda quyidagi
holatlarga katta e’tibor berish lozim: qiyoslash, matnning mazmuni bo’yicha
chizmalar, rasmlar va jadvallar tuzish, matndan ma’lumotlarni ko’chirib olish,
geografik obyektlar ro’yxatini tuzish, matnni kengaytirilgan rejasini tuzish.
7-sinfda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda ishlar bir oz
murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni berish mumkin:
matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil aloqalar va
bog’liqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik o’lkalar), iqlimiy
jadvallar tuzish va h.k.
VIII- sinfda “O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kursi o’tiladi.
Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga reja
tuzish, turli xil haritalar bilan ishlash (foydali qazilmalar,ma’muriy, iqtisodiy,
transport va h.k.), jadvallar bilan ishlash (aholi, mineral resruslar, tarmoqlar bo’yicha
iqtisodiy ko’rsatkichlar), chizmalar (diagrammalar bilan ishlash) va h.k.
IX- sinfda “Jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi” kursi o’tiladi. Mazkur
kursni o’rganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar beriladi: matnni o’qib
xulosalar tayyorlash, iqtisodiy geografik haritalarni tahlil qilib ma’lum bir davlatni
iqtisodiy geografik tavsifini tuzish yoki bo’lmasa sanoat va qishloq xo’jaligi
rivojlangan hududlarni aniqlash, jadvalllarni tahlili asosida turli xil chizmalar va
diagrammalar tuzish va h.k.
Dostları ilə paylaş: