O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Darslik bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

15.3.2. Darslik bilan ishlash texnologiyasi 
 
Darslik bilan ishlash geografiya ta’limida muntazam olib boriladi. Darslik 
bilan ishlash texnologiyasi qo’yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u 
bilan ishlash qoidalarini o’rgatish; darslik matni bilan ishlash; darslikdagi haritalar 
bilan ishlash; matndagi chizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash; 
matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan 
ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o’ziga xos xususiyatlari. 
O’quv yilini boshida o’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan tanishtiradi. 
Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni nomi, 
mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilganini o’quvchilarga tushuntiradi. 
Shundan so’ng darslikning tarkibiy tuzulishi ochib beriladi (kirish, necha qism, 
necha bob, ilovaning bor yo’qligi). Masalan, 7-sinf darsligini oladigan bo’lsak, 
darslik O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi deb nomlanadi, darslikni 
mualliflari P.G’ulomov, X.Vaxobov, P.Baratov. M.Mamatqulov hisoblanadi, darslik 
“O’qituvchi” nashriyotida 2017 yil chop etilgan. Darslik kirish, ikkita bo’lim, 9 
qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi bo’limi O’rta Osiyo tabiiy 
geografiyasiga bag’ishlangan, ikkinchi bo’limi esa O’zbekiston tabiiy geografiyasi 
bayoniga bag’ishlangan. Darslikning ilova qismi 7 ta jadvaldan iborat (tog’ 
cho’qqilari, chuqur botiqlari, yirik daryolar, ko’llar, suv omborlar, qo’riqxonalar). 
Darslikning umumiy hajmi 174 bet. Darslikdagi 59 ta rasm berilgan. Rasmlar 
haritalardan, diagrammalardan, chizmalardan iborat. 
Shundan so’ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish, 
darslik sahifalariga turli xil so’zlarni yozmaslik, buzmaslik, yirtmaslik va h.k)
Darslikning matni bilan ishlash.
Darslikni matni bilan ishlash quyidagi 
qismlardan iborat: izohli o’qish, matni asosida reja tuzish, matnni ma’lum bir 
qismini o’qib so’ngra so’zlab berish. 
Izohli o’qish o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Bunda matn qismlarga bo’linib o’qiladi so’ng o’qilgan matnga izoh beriladi. 
Masalan, 7-sinf darsligining birinchi bo’lim 14-§ dan quyidagi jumlani keltirishimiz 
mumkin: “Tekisliklar O’rta Osiyoning markaziy, g’arbiy va Shimoliy qismlarida 
joylashgan. O’rta Osiyoning anchagina qismini Turon tekisligi egallagan. Bu
tekislikda O’rta Osiyoning yirik cho’llari – Qoraqum va Qizilqum joylashgan” (41 
bet). Mazkur jumlani o’qigandan so’ng o’qituvchi unga izox beradi. Izox berganda
tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi haqida so’zlab, O’rta Osiyodagi eng yirik 
bo’lgan Turon tekisligini haritadan ko’rsatib, uning asosiy xususiyatlarini gapirib 
beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin