O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
18.2. Amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi 
Geografik ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash, 
ko’nikma va malakani shakllanishi bilab chambarchas bog’liq. O’quv ishlari 
metodikasini bilish ko’nikmalarni shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Ilg’ir geografiya fani o’qituvchilari va metodistlar o’quvchilar amaliy 
tayyorgarligiga katta e’tibor beradilar. Maktab geografiyasida shakllantiriladigan 
ko’nikmalar mazmun jihardan emas, bajarish murakkabligi bo’yicha ham farq 
qiladi. Masalan, Ufq tomonlarini aniqlash oddiy ko’nikma bo’lsa, topografik 
planni o’qish va uni tuzish esa murakkab ko’nikma hisoblanadi. Geografiya 
o’qitish metodikasi shakllantiriladigan ko’nikma va malakalarning ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyatini to’laligicha ochib bergan va o’quvchilarga yetkazish 


205 
metodlarini ham ishlab chiqqan. Faqat geografiya ta’limiga xos bo’lgan amaliy 
ko’nikma va malakalarga quyidagilar kiradi: joyda mo’ljal ola bilish, joy planini 
tuzish, topografik plan va turli mazmundagi geografik kartalarni o’qish, tabiatda va 
ishlab chiqarishda kuzatish natijalarini yozib borish va qayta ishlash, ststistik 
iqtisodiy materiallar bilan ishlash va h.k. 
Har bir geografik ko’nikmani shakllantirish murakkab harakat tizimlarini 
talab qiladi. Odatda ko’nikma va malakalar bir vaqtning o’zida shakllatniriladi. 
Chunki amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli ravishda, ba’zilari 
bevosita, ammo ong nazorati ostida bajariladi. Masalan, topografik planni o’qish 
ko’nikmasi o’z ichiga yo’nalishlarni aniqlash, masshtab yordamida plandagi 
masofalarni o’lchash, topografik belgilarni o’qish, joyda obyektlar o’rtasidagi 
aloqadorlikni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqoridagilardan topografik 
belgilarni ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko’rsatadi. 
Ob-havoni kuzatish ko’nikmasi deganda termometr, barometr, flyuger bilan 
ishlash, ko’z bilan bulutlar shakli va turlarini, ob-havoning boshqa alomatlarini 
aniqlash tushuniladi. Shular qatorida ob-havo haroratini aniqlash va barometr bilan 
ishlash malaka darajasigacha ko’tarilishi mumkin. 
Geografik ko’nikma va malakalar ko’p xollarda bilim sifatini belgilaydi. 
Tajribalar shuni ko’rsatyaptiki, qayerda o’quvchilarda xarita bilan ishlash 
ko’nikmasi shakllantirilsa, ularning javoblari ham xarita bilan bog’langan bo’ladi. 
Xarita bilan ishlash ko’nikmasini egallay olmagan o’quvchilardagi quruq, 
o’qituvchi bayoni yoki kitobdan o’qiganlarni takroridan iborat bo’lib qoladi. 
Geopgrafik xaritalarni o’qiy olishga o’rgatilgan o’quvchilardagi harakat 
yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Aksariyat o’quvchilar va talabalar javoblarini 
kuzatish geografiya bo’yicha olimpiadalarda ishtirok qilgan o’quvchilarning 
bilimlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ular xaritadan bilim manbain sifatida 
foydalanadilar, ularning bergan javoblari to’liq bo’lib, biror hududning tabiiy 
sharoiti va xo’jaligini xarita asosida tavsiflab bera oladilar. Boshqa o’quvchilarga 
bu hislatlar xos emas. 
Ko’nikma va malakalar kelgusida o’quvchilarni amaliy hayotga 
tayyorlanishda turli xil ilmiy-ommabop adabiyotlardan, xaritalardan bilimlarni 
egallash muhim ahamiyatga ega. Ular o’quvchilar tomonidan mazkur 
ko’nikmalarning egallanishini yengillashtiradi, masalan, joyda ufq tomonlarini 
aniqlash ko’nikmasi xaritada mo’ljal olish ko’nikmasini egallashga yordam 
beradi. O’quvchilarning ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi hamda ularda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirilishga ham ijobiy ta’sir qiladi. O’quvchilar ko’nikma va 
malakarni amalda qo’llash orqali geografik qonuniyatlarning obyektivligiga 
ishonch hosil qiladilar.
Geografiya o’qitish metodikasida geografik ko’nikma va malakarlarni 
shakllantirish metodlari to’la ishlab chiqilmagan. Masalan, o’quvchilarning u yoki 
bu mavzudagi qaysi harakati ko’nikma darajasiga, qaysilarini malaka darajasiga 
ko’tarish mumkin? O’qituvchi o’quvchilarga qanday yakka tartibda yondashishi 
kerakligi masalalari geografiya ta’limida atroflicha o’rganilgan. O’quvchilarda 
geografik ko’nikmalarni hosil qilish uchun o’qituvchi ko’nikma hosil qilishidagi 


206 
harakat metodlarini ko’rsatibgina qolmasdan, balki,o'quvchilar uchun (ko’nikma 
egallashi uchun) zarur topshiriqlarni ishlab chiqishi kerak. 
Mashqlar jarayonida oddiy ko’nikmalar sekin-asta malakaga aylanadi. 
Amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishning metodik shart-sharoitlari 
o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ba’zi ko’nikma va malakalar oz vaqt va ko’p kuch 
talab qilsa (gerbariylar yig’ish, komposdan, nivilerdan foydalanish va h.k.), 
ba’zilari juda ko’p murakkab harakat metodlarini va ko’p vaqt talab qiladi. 
Masalan, geografik xaritani o’qish ko’nikmasini hosil qilish quyidagi murakkab 
jarayonlarni talab qiladi: moljal olish, daraja va kilometr hisobida aniqlash, 
punktlar, hududlar o’rtasida fazoviy bog’liqlikni qiyoslash, geografik 
koordinatalarni aniqlash, xaritada ko’rsatilgan obyektlar va hodisalar o’rtasidagi 
sabab oqibatlar aloqadorligini o’rgatish, alohida obyektlar (daryo, ko’l, suv 
ombori, botqoqlik)ni ta’riflash, ko’rsatilgan hududni malakat, tuman, shaharning 
tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsifini yozish va h.k. 
Ko’nikma va malakalar shakllanishi ko’pgina sabablarga: o’quv jihozlari va 
vositalari, o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga ham bog’liq. Lekin, o’qituvchi 
asosiy saba hisoblanadi. O’qituvchi rahbarligining mazmuni ham shundan 
iboratki, ko’nikma egallash jarayonida u o’quvchilar harakatini tahlil qiladi. Ushbu 
ko’nikma va malakani egallash uchun qanday nazariy bilimlar zarurligini 
aniqlaydi. Ko’nikmani shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri nazariy 
materialni amalda qo’llash vaqti va o’rni hisoblanadi. Masalan, mahalliy kanal, 
daryo rejimi (oqim tezligi, eni, chuqurligi)ni o’lchash.Ushbu amali ish
O’zbekiston ichki suvlari mavzisini o’ganib bo’linganidan so’ng bajarish 
maqsadga muvofiq. Agar ushbu ish mavzu o’rganilmasdan avval bajariladigan 
bo’lsa, o’quvchi uni mexanik tarzda o’zlashtirib, uning mohiyatiga 
tushunmasliklari mumkin. Demak, ko’nikmalarni shakllantirish bevosita mavzuni 
o’rganish jarayonida bo’lsa, uni sifatli bo’lishini ta’minlaydi.
Har bir kurs darslarini rejalashtirishda shaklantirilishi lozim bo’lgan ko’nikma 
va malakalar o’z aksini topishi va ularning maqsadi aniq belgilanishi lozim. 
Shakllantiriladigan ko’nikmalarni rejalashtirishda uning qayera o’tkazilishini 
aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Darsda shakllantirilayotgah har bir 
ko’nikmaning amaliy ahamiyati uning xalq xo’jaligidagi roli aniq ochib berilishi 
lozim. Shundagina o’quvchilarda ularni egallashga bo’lgan havas, qiziqish ortadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin