O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

mavhum (abstrakt) tushunchalar
deb atala 
di. Masalan, kenglik, uzunlik, balandlik, tog’lik, ixtisoslik, bozor va h.k. 
Tushunchalarni egallash uning negizida yangi tushunchalarni egallash uchun 
asos bo’lib xizmat qiladi va tushunchalar o’rtasida to’g’ri aloqadorlik o’rnatishni 
ta’minlaydi.
Tushunchani egallash deganda: uning mazmuni hamda u bilan bog’liq 
bo’lgan tasavvurlarni egallash tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha 
oquvchilar ongida turli metodlar, yo’llar bilan shakllantiriladi. Buni har bir narsa, 
voqea, hodisa mazmuni belgilaydi.
Geografik tushunchalarni egallashning eng asisiy tomoni shundaki, ularga 
ta’rif bermay turib ularni egallab bo’lmaydi. Geografik tushunmchalar induktiv va 
deduktiv yo’llar bilan tushuntirilishi mumkin (11-jadval). 
11-jadval 
T/R 
INDUKTIV 
DEDUKTIV 

Geografik obyekt va hodisalarni 
kuzatish 
Tushunchaning ta’rifini berish 

Ularni taqqoslash orqali tushuncha 
belgilarini ajratish 
Tushunchaga xos bo’lgan asosiy 
belgilarni ajratish va egallash 

Umumlashtirilishi 
Tushuncha aloqadorligini aniqlash 

Tushunchaga ta’rif berish bo’yicha 
bajariladigan ishlar 
Mashqlar orqali tushuncha belgilarini 
mustahkamlash 

Tushuncha haqidagi bilimni amalda 
qo’llash 
Yangi o’quv vaziyatida tushunchani 
qo’llash 
Yuqoridagilarga erishish uchun o’quvchilarda bilish faoliyatini tashkil etish 
zarur. O’quvchilarning bu faoliyatini tabiiy geografik va iqtisodiy geografik bilim 
manbalariga, juladan, geografik xarita, ststistik ma’lumotlar, kuzatish va tajriba 
natijalariga tayanmasdan tashkil etib bo’lmaydi. Geogarfik tushunchalarni 
egallashdagi ikkinchi muhim xususiyat ilmiy tushunchalarning bir-biri bilan 
bog’lanib tizim hosil qilganlidadir. Masalan, maktab tabiiy geografiya kurslari Yer 
tabiatiga. Geografik qobiqlar tarkibi va rivojlanishiga oid bo’lgan yagona bilimlar 


203 
tizimiga ega. Shu tufayli ham tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va geografik 
mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq. Bunga misol tariqasida “tabiiy hududiy 
kompleka”, “geografik qobiq”, “tabiat komponentlari” va boshqalarni keltirish 
mumkin. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab qilinadigan 
jarayon bo’lib, bir necha kurs davomida o’rganiladi. Masalan, ekologiya 
tushunchasini shakllantirish. U quyi sinflardan boshlanib, yuqori sinfgacha davom 
etadi. Geografik tushunchalarni shakllantirish jarayoni boshqarilish xususiyatiga 
ega bo’lib, uni o’qitivchi amalga oshiradi. O’qituvchi darslik va darsliklar asosida 
tushunchalarni ajratadi, ularni egallash, mustahkamlash va amalda qo’llash 
bosqichlarini belgilaydi, hamda o’quvchilarni tushuncha mazmuniniqanday 
egallash zarurligini ta’minlaydi. Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin 
asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni 
shakllantirish yakka tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, 
O’zbekiston relyefi tushunchasi shu paytda yaxshi shakllantirilishi mumkinki, 
qachonki o’quvchilarda relyef va relyef hosil qiluvchi omillar haqida tushunchalar 
mavjud bo’lsa. Quyida O’rta Osiyo tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini 
misol tariqasida keltiramiz. Tahlil va abstrakt (mavhum) dan foydalanib, 
o’quvchilar hayolan O’rta Osiyoni qicmlarga bo’ladilar. O’rta Osiyoning tog’li 
qismi va ularning elementlarini (relyefi, iqlimi) bilan tanishish o’quvchilarni O/rta 
Osiyoning tabiati komponentlari aloqadorligini bilib olishga yordam beradi. O’rta 
Osiyo relyefi, iqlimi, o’simliklari va boshqa komponentlarini boshqa xududlar 
bilan qiyoslash orqali ularning o’ziga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarini 
ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo’l bilan tabiat komponentlari haqidagi 
umumiy tushunchalarga tayanib ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni 
ajratadilar. O’rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan taqqoslash orqali 
O’rta Osiyo tabiat kompleksi degan to’liq tushunchani egallaydilar. 
Geografik obyektlarni ko’rgazmali qurollarsiz va xaritasiz o’rganish ularga 
xos bo’lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Xarita va ko’rgazmali 
qurollar 
o’rganilayotgan 
obyektga 
doir 
muhim 
belgilarni 
o’zida 
mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun 
o’quvchilar hayolan shu obyektni xarita bilan bog’lay olish kerak. Shu tufayli ham 
xarita yakka tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manbadir. Faqat xarita 
orqaligina istalgan geografik obyektning geografik o’rniga xos bo’lgan belgilarni 
ajratish va shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tug’uladi. 
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 
O’quvchilar o’zlariga tanish obyektlarni o’rganilayotgan obyektlar bilan taqqoslash 
orqali ularga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amedaryo 
va Sirdaryoni taqqoslashda har ikkala daryoning shumolga oqishini, uzunligi 
deyarli tengligini, ularni baland tog’lardan boshlanishini, to’yinishini hamda 
deyarli bir xil ekanligini aniqlaydilar. Obyektlar komponentlarini oddiy qiyoslash 
orqali o’qituchi murakkabroq taqqoslashga o’tadi. Masalan, nima uchn ularning 
shimolga tomon oqishi sabablarini, irmoqlari, Amudaryo suvining nima sababdan 
Sirdaryoga nisbatan loyqa ekanligini kabi ko’plab xususiyatlarini ajratadilar. 
Tushuncha quyidagi xollarda o’quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi: 
1.
O’quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo’lsa). 


204 
2.
Tushuncha mazmuniga xos bo’lgan belgilarni ajrata olsa, tushuncha 
belgilari o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni farqlay olsa. 
3.
O’rganilayotgan geografik obyekt yoki hodisa haqida o’quvchi obrazli 
tasavvurga ega bo’lsa. 
4.
O’quv vazifalarini bajaraishda tushunchani mustaqil qo’llay olsa. 
Tushunchaning muvoffaqiyatli o’zlashtirilishi uchun o’quvchilar e’tiborini 
tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratishi kerak. Ishning bunday tashkil 
qilinishi o’quvchilarni obyekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali 
belgilarni ajratishlari, ularni taqqoslashga va guruhlashga o’rgatadi. Bunda 
ekskursiyalar, joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni 
umumiy tushunchalarni mustaqil qo’llay olishi uchu reprodektiv metod va ijodiy 
hamda muammoli topshiriqlarni (qisman o’zgaruvchan va tadqiqot metodlari) 
bajarishga o’rgatish kerak. 
Geografiyani o’qitishda bilimlarni amalda qo’llash o’ziga xos xususiyatlarga 
ega. Bu quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin: 
1.
Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining harakatini, chiqurligini 
aniqlash, daryoning suv sarfi, o’rtacha chuqurligini aniqlash va boshqalar. 
2.
Geografik bilimlarni tabiat xodisalari va voqealarini tushuntirishda (yil 
fasllarining almashinishi yoki siyosiy xaritalarni o’zgarishi) ishlatish mumkin. 
3.
Bilimlarni qo’llash avval o’zlashtirgan bilimlarni va yangi bilimlarni 
egallash jarayonida ham ishlatish mumkin. Iqtisodiy geografik tushunchalarni 
shakllantirish ham o’ziga xos bo’lib, odatda u uchta bo’g’indan iborat bo’ladi.
a)
Kirish. O’quvchilar bu bo’g’inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa 
mamlakatlar va hududlar o’rtasida tutgan o’rni, maydoni va aholisi, tabiiy 
boyliklari, mehnat resurslari bilan ta’minlanish, xalq xo’jaligidagi ixtisoslik 
tarmoqlarining tutgan o’rniga oid ma’lumorlar bilan tanishadilar.
b)
Mamlakat yoki hududning iqtisodiy geografik ta’rifiga ega bo’lgan 
xususiyatlari bilan tanishadilar. Shu bo’g’inda to’liq tushunchaga ega bo’ladilar. 
c)
Mamlakat yoki iqtisodiy rayonni boshqa iqtisodiy rayon va mamlakatlarga 
qiyoslash orqali tushunchani amalda qo’llashga erishadi. Har bir bo’g’in har xil 
ishlashni talab qiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin