62
sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat
maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi.
Suhbat jarayonida respondent (o’qituvchi)larning imkoniyatlari to‘la-to‘kis
namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga
amal qilish maqsadga muvoiq:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning
mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘htamga kelish;
4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;
6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit
yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.
Dostları ilə paylaş: