O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Matematik-statistik metod
tajriba-sinov ishlari, umumiy holda tadqiqotning 
samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi, muammo holatini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil 
etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Tajriba-sinov ishlarini o’tkazish va uni samaradorligini aniqlash 
maqsadida tajriba-sinov va nazorat guruhlari ajratib olindi. Nazorat guruhlarida 
talabalariga dars o’tish jarayoni odatdagidek olib borildi. Tajriba sinov guruhlarida 
esa innovasion pedagogik texnologiyalarni qo’llab olib borildi. Tajriba sinov va 
nazorat bosqichdagi darslar bir xil, faqat darslar o’qitish metodikasi bo’yicha farq 
qilardi. 
Pedagogik tajriba sinov ishlari 3 bosqichda amalga oshirildi 
1-bosqichda tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ob’ekti aniqlandi
tadqiqotni amalga oshirish rejasi tuzildi, tajriba-sinov o’tkazilishi zarur bo’lgan 
ta’lim muassasasi aniqlandi. Ulardagi talabalarning informatika va axborot 


66 
texnologiyalaridan bilim, ko’nikma va malakalari anketa va test savollari, yozma 
ish olish va og’zaki savol-javoblar yordamida o’rganildi. 
2-bosqichda tadqiqot muammosini ilmiy nazariy uslubiy asoslari o’rganildi, 
Informatika kursini o’qitish va o’quv jarayonida zamonaviy axborot 
kommunikasiya vositalaridan foydalanish, ta’limda axborot muxitini yaratish 
xolati tahlil qilindi. Eksperiment natijalarning aniq bo’lishini ta’minlash maqsadida 
axborot texnologiyalaridan bilimlari bir-biriga deyarli teng bo’lgan guruhlar 
(eksperiment va taqqoslash sinflari sifatida) tanlab olindi. Bunday guruhlarni 
tanlashdagi asosiy talablardan biri eksperiment va taqqoslash sinflarida 
o’qituvchilarning darsda talabalarga beradigan o’quv-biluv topshiriqlariga e’tibor 
qaratildi. 
3-bosqichda esa dars samaradoligini oshirilishi bo’yicha ishlab chiqilgan 
metodikani tahrilash ishlari olib borildi, tajriba-sinov ishlari yordamida 
talabalarning bilim darajasi aniqlandi va natijalar umumlashtirildi. Xulosalar 
amaliy jihatdan tekshirilib, olingan natijalar va materiallar tadqiqot maqsadi hamda 
vaziqalari mos holda tizimlashtirildi. 
Tajriba- sinov ishlari tanlangan kasb hunar kollejining ikkita guruhida olib 
borildi. Bu sinov ishlarida o’zlashtirish darajalari bir-biriga yaqin bo’lgan 
o’quvchilar guruhlari ishtirok etishdi.


67 
3.2
Olingan natijalar tahlili
Kasb-hunar kollejlarida kasbga yo’naltirilgan “Informatika va AT” o’qitish 
metodikasi va ulardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida 
tajriba sinov ishlari olib borildi. Tajriba–sinov ishlarini statistik tahlil qilish 
maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida o’zlashtirish ko’rsatgichlari bo’yicha aniq 
sonli ma’lumotlar olindi. Bunday ma’lumotlarni nazariy jihatdan kutilayotgan 
ma’lumotlarga mos kelishini aniqlash maqsadida, biz dastlabki statistik tahlil qilib, 
o’rta qiymatlar va ularning xatoliklari hisoblandi. Farazlarni tekshirishda Styudent 
kriteriysi(mezonlari) foydalanildi . 
Sonli ma’lumotlarni statistik tahlili, bu ma’lumotlarga nisbatan nisbiy 
xarakterda ekanini, ya’ni u baholash sistemasiga emas, balki baholar tarkibiga 
bog’liq ekanligini e’tiborga olib, qulaylik uchun «o’rta»ni 3ga, «yaxshi»ni 4 ga va 
«a’lo»ni 5 ga almashtirildi.
Pedagogik tajriba-sinovni o’tkazishda biz matematik-statistika tahlilini 
quyidagi tartibda olib bordik:
1. Har bir guruh uchun o’rtacha o’zlashtirish, o’rta arifmetik usulda aniqlanib, 
ularning nisbiy va o’rtacha ayirma koeffisientlari taqqoslandi. 
2. O’zlashtirish natijalarini yanada chuqurroq taqqoslash maqsadida tajriba-
sinov guruhlarida o’zgaruvchanlik variasiya ko’rsatkichlari hisoblandi va har bir 
guruhga mos kelgan bosh to’plamlar o’rtachalari haqida xulosalar chiqarildi. 
3. Har bir guruh tanlanma taqsimotlari poligonlarini chizib, bosh to’plamlar 
o’rta qiymati tengligi haqidagi gipotezani tekshirish Styudentning ikki tanlanma 
mezoni asosida olib borildi. 
4. Yuqoridagi tartibda olib borilgan matematik-statistika metodi natijalaridan 
tegishli xulosalar chiqarildi. 
Pedagogik tajriba-sinov o’tkazishda biz Toshkent mehmonxona ho’jaligi va 
servis kasb-hunar kollejida
olib borilgan tajriba-sinov natijalarini statistik metodlar 
yordamida tekshirdik. Tajriba-sinov guruhida 30 nafar talaba va nazorat 
guruhlarida 34 nafar talaba qatnashdi.


68 
Tajriba-sinov guruhi talabalarining bilim saviyalari va uzviylik asosida 
o’qitish ko’nikmalari sezilarli darajada yuqori ekanligi kuzatildi. Biz o’tkazilgan 
tajriba- sinov natijalarini quyidagi jadvalda keltiramiz.
Guruhlar 
Nazorat guruhi 
Tajriba- sinov guruhi 
Baholar 
«2» 
«3» 
«4» 
«5» 
«2» 
«3» 
«4» 
«5» 
Talabalar soni 
n=2 
n=14 n=11 
n=7 
n=0 
n=8 
n=12 
n=10 
3.1-diagramma. Nazorat guruhi talabalarining bilim saviyalari 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin