O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
UCHINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR 
Mazkur bobda umumiy kasb hunar ta’limida “Informatika va AT” fanini 
kasbga yo’naltirgan holda o’qitishda erishilgan ko’rsatkichlar bayon qilindi va 
quyidagi xulosalar chiqarildi:
1. Pedagogik tajriba natijalari bo’lim mazmuniga mos yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etish talabalar o’zlashtirishining 
samaradorligi oshganligi va sifati yaxshilanganligini tasdiqladi. Ta’lim talabalarda 
nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish darajasi va sifatining 
yaxshilanishiga olib keldi. Tajriba-sinov guruhlarida “a’lo” bahoga o’zlashtirish 
darajasi o’rtacha 33,3 %ni (nazorat guruhlariga nisbatan 12,7% ga ko’p), “yaxshi” 
bahoga o’zlashtirish darajasi 40% (nazorat guruhiga nisbatan 7,6% ga ko’p) tashkil 
etgan bo’lsa. “qoniqarli” baho olgan talabalar soni 26,7% ni (nazorat guruhiga 
nisbatan 14,5% ga ko’p), “qoniqarsiz” baho olgan talabalar soni esa o’rtacha 0% 
(nazorat guruhida 6%) ni tashkil etdi.
2. Tajriba-sinov natijalari Toshkent mehmonxona ho’jaligi va servis kasb-
hunar kollejida o’tkazilib tadqiqot g’oyalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha 
tavsiyalar berildi. 
3. 
Mazkur 
tadqiqotda 
darslar 
zamonaviy 
axborot 
va 
pedagogik 
texnologiyalardan foydalanib tashkil qilinganda yuqori samara berishi ilmiy-
uslubiy jihatdan asoslab berildi. 


71 
Xulosa 
Respublikamizning ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy, marifiy hayotida 
yuz berayotgan islohotlar, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 
qonuni, “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi” hamda uzluksiz ta’lim tizimining 
barcha bosqichlari uchun joriy etilgan ta’limning davlat standartlari, umumiy o’rta 
ta’limning yangi dasturlarining muvaffaqiyatli hal qilishi, tayyorlanayotgan yetuk 
mutaxassislarning sifatiga ham bog’liqdir. Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlari 
o’quvchilariga “Informatika va AT” fanini kasbga yo’naltirgan holda o’qitish 
metodikasini pedagogika sohasiga tadbiq qilish bo’yicha respublikamizda olib 
borilayotgan izlanishlar e’tiborga loyiq. 
Kundalik xabarlar yangiliklar bir necha soniya ichida butun dunyoga 
tarqaladi. Bu esa bugungi kun informatika va axborot texnologiyalarining xar bir 
sohasiga kirib borganligini ko’rsatadi. 
Predmetlararo bog’lanishning turlari shakllari va mazmunini namoyon qilish 
jarayonida o’quvchilarning boshqa fanlarni qanday qanday darajada 
o’zlashtirganligi aniqlanadi va o’rganilayotgan materiallarning mohiyatini to’la va 
chuqur anglab, tushunib etishni ta’minlaydi. 
Dissertasiya ishining asosiy mavzusi va maqsadi “kasb-hunar kollejlarida 
informatika va AT fanini kasbga yo’naltirgan holda o’qitish metodikasi” deb 
nomlangan va uning maqsadi o’quvchilarga informatika fani yordamida o’z 
kasblariga doir masalalarni zamonaviy texnikani qo’llab ishlatishga o’rgatishdan 
iborat. 
Shundan kelib chiqqan holda tanlangan mavzular bo’yicha ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borildi. Olib borilgan ishlar kasb-hunar kollejlarida informatika va AT 
fanini kasbga yo’naltirgan holda o’qitish metodikasi ochib berish va o’quv 
jarayoniga qo’llash borasida olib borilgan izlanishlarimiz natijasida quyidagi 
xulosalarga kelindi: 
1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish 
muammolariga bag’ishlangan pedagogik, psixologik, nazariy va ilmiy metodik 


72 
adabiyotlar, dissertasiyalar tahlil qilindi va nazariy jixatdan o’rganilib 
o’rganilayotgan mavzu dolzarbligi asoslandi. 
2. Kasb elementlarini yaratishga imkon beradigan dasturiy vositalarni 
o’rgatish asnosida talabalar egallashi zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar 
aniqlandi.
3. 
Bugungi 
kunning 
talab 
va 
ehtiyojlari, 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarining eng so’nggi yutuqlarini hisobga olgan holda bo’limlar 
mazmuni takomillashtirildi. Darslarni o’yinli tehnologiyalar va ularning 
elementlarini yaratishga imkon beradigan dasturiy vositalar kiritildi. 
4. kasb-hunar kollejlarida informatika va AT fanini kasbga yo’naltirgan holda 
o’qitish bo’yicha bir qancha muammolar o’rganilib, ularni bartaraf qilish uchun 
metodik tavsiyalarni ishlab chiqildi. 
5. Fanni o’qitish bo’yicha metodik ko’rsatmalar va ishlanmalar tayyorlandi. 
Shu mazmun asosida ma’ruza mashg’ulotlari ishlanmalari, laboratoriya 
mashg’ulotlari va ularni bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmalar hamda talabalar 
bilimini baholash uchun nazorat savollari, test topshiriqlari, mustaqil ish 
topshiriqlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.
6. Pedagogik tajriba natijalari informatika va AT fanini kasbga yo’naltirgan 
holda o’qitish mazmuniga mos innovasion va pedagogik texnologiyalardan 
foydalanib o’qitish orqali ta’lim samaradorligi va sifati oshishi statistik jihatdan 
asoslandi va qo’llanilgan metodik tizimning samarali va ishonchli ekanligi o’z 
tasdig’ini topdi.
Shuni xulosa qilib aytish mumkinki, kasb-hunar kollejlarida informatika va 
AT fanini kasbga yo’naltirgan holda o’qitish mazmunini talabalarga o’rgatish 
kelajakda kasbiy faoliyatlarida ham keng foydalanish imkonini beradi. 


73 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin