O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Test metodi.
Ushbu metod o’qituvchilar tomonidan muayyan fan sohasi 
yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim 
va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z 
mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
1) ochiq turdagi savollar (respondent (o’qituvchi)larning erkin, batafsil 
javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondent (o’qituvchi)lar «ha», «yo‘q», «qisman» 
yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash 
orqali savollarga javob beradilar). 
24
Pedagogik ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari va istiqbollari // “Info. Kom Uz” jur. № 3,
25
Pedagogika // darslik O’qituvchi T-2012y 130 b.


64 
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondent)(o’qituvchi)lar 
o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar). 
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu 
metodning afzalligi respondent (o’qituvchi)lar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha 
tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. 
Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Аksariyat holatlarda javoblar 
yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent (o’qituvchi) taklif etilayotgan 
javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent (o’qituvchi) o‘z 
fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas. 
26
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni 
qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik 
hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat 
bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini 
asoslashga xizmat qiladi. 
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib 
ko‘rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish 
imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning 
kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega 
bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan 
muammo уechimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni 
aniq belgilangan respondent (o’qituvchi)lar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur 
metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus 
metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur. 
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
bo’linadi 
1.
Tabiiy tajriba
26
Pedagogik texnologiya asoslari // . – T. O’qituvchi, 2004. – 104 b. 


65 
2.
Laboratoriya tajribasi
3.
Tajriba ishi shular pedagogik tajriba turlari bo‘linadi:
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. 
Xususan: 
1) Tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi
2) Tadqiqot ilmiy farazining puhta asoslanishi; 
3) Tadqiqot ob’ektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi; 
4) Tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; 
5) Zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning 
yaratilganligi; 
6) Tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta 
ishlash. 
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy hulosaga 
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin