61
III BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINI O’TKAZISH VA
NATIJALAR TAHLILI
3.1
Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi
Uni qo‘llash jarayonida Kasb-hunar kollejlarining o‘quv-tarbiya ishlari
jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba-
avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi
ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga hos
xususiyatlarga ega.
Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz,
izchil va tizimli
amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin.
Olib borilayotgan
pedagogik
kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o‘quvchi
shaxsini
shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir.
Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida
muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) hulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fani o’quv
dasturi va Davlat ta’lim standartlari talablarni o’qituvchilar qay darajada pedagogik
faoliyatlarida qo’llayotganlari, ularning bilimdonligi, o’quv
jarayonida pedagogik
va axborot texnologiyalaridan foydalanish holatini o’rganish maqsadida bir qator
anketa so’rovlari, muloqotlar, suhbatlar o’tkazildi.
Suhbat metodi.
Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan
ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning echimini
topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari
62
sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat
maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi.
Suhbat jarayonida respondent (o’qituvchi)larning imkoniyatlari to‘la-to‘kis
namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga
amal qilish maqsadga muvoiq:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun
belgilanuvchi savollarning
mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘htamga kelish;
4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;
6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit
yaratish;
7)
savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.
Dostları ilə paylaş: