O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Anketa metodi
(frantsuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida 
pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa 
metodi ham tizimlangan savollar asosida respondent (o’qituvchi)lar bilan 
muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda
yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda 
anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondent (o’qituvchi)larning erkin, bafsil javob 
berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondent (o’qituvchi)lar «ha», «yo‘q», «qisman» 
yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash 
orqali savollarga javob beradilar). 


63 
Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular 
quyidagilardir: 
1) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga 
xizmat qilishi lozim; 
2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak; 
3) anketa savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik 
xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur
4) anketa savollari respondent (o’qituvchi)lar tomonidan to‘la javoblar 
berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 
5) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish 
manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 
6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puhta tahlil etilishi shart.
24
Intervyu metodi
o’qituvchi tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u 
yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. 
Intervyu respondent (o’qituvchi) e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida 
o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan 
munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
25

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin