O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 «Saddi Iskandariy» dostonida yoshlar tarbiyasi masalasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

2.2. «Saddi Iskandariy» dostonida yoshlar tarbiyasi masalasi. 

 

Muhtaram  Prezidentimiz  o„zining  «Barkamol  avlod  –  O„zbekiston  taraqqiyotining 

poydevori»  mavzusida  so„zlagan  nutqida  mumtoz  ta‟lim  an‟analari  (farzandga  yaxshi  nom 

qo„yish, uni  yaxshi muallim qo„liga topshirish, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli, uy-joyli 

qilish  kabilar)ni  qaytadan  mustahkam  qaror  toptirish  va  rivojlantirish  uchun  istiqlol  juda  qulay 

muhit  yuzaga  keltirganini,  binobarin,  tarbiya  sohasi  islohoti  bugungi  eng  dolzarb,  ertangi 

taqdirimizni  belgilaydigan  hal  qiluvchi  muammoga  aylanayotganini,  uni  paysalga  solmaslik 

lozimligini  alohida  ta‟kidlaydi.  Mavzuga  doir  fikrlarini  davom  ettirib  Yurtboshimiz  shunday 

yozadi:  «Milliy  tiklanish  mafkurasiga  va  umumbashariy  qadriyatlarni  o„rganishga  asoslanishi 

lozim  bo„lgan  ta‟lim-tarbiya,  uning  yangicha  mazmuni  to„g„risida  besh  yildan  beri  gapiramiz. 

Biroq  ko„pgina  o„quv  yurtlarida,  ayniqsa,  ijtimoiy,  jamiyatshunoslikka  oid  fanlar  bo„yicha 

hamon  eski  o„quv  qo„llanmalaridan    foydalanib  kelinmoqda.  Bunday  ahvolni  mustaqil 

mamlakatimiz bolalariga, yosh avlodga qarshi jinoyat deb baholash kerak»

2



 

To„g„ri,  kuyinchaklik  va  otalarcha  g„amxo„rlik  ruhi  bilan  yo„g„rilgan  aytgan  bu 

so„zlardan  keyin  o„quv  dasturlari  va  darsliklar  yaratildi.  Ammo  hozirgacha,  ta‟lim  tizimlarida 

nimani qachon va qanday o„qitish kerakligi  asoslab berilmagani ham ayni haqiqatdir. Bu haqda 

Prezidentimiz  shunday  degan  edi:  «…barcha  amaldagi  o„zgarishlar  va  tadbirlar  asosan  yuzaki 

bo„lib,  ta‟lim-tarbiya  va  o„quv  jarayonlarining  tarkibini,  bosqichlarini  bir-biri  bilan  uzviy 

                       

1

 Xamsa. Toshkent, 1960, 60-bet. 



2

 Barkamol avlod orzusi. T.: “O‟zbekiston” 1999, 9-b. 




21 

 

bog„lash,  ya‟ni  uzluksiz  ta‟lim-tarbiya  tizimini  tashkil  qilish  muammolarini  yechib  bergan 



emas»

1



 

Aytilganlardan fanlar bo„yicha ta‟lim mazmunini yangilash, bolalarga qachon, nimani va 

qanday o„qitish masalasini hal qilish, buning uchun o„quv rejalarini tubdan isloh etish, darsliklar 

chuqur  singib  ketgan  akademizmni  amaliy  ko„nikmalar  sari  yo„naltirish  maqsadga  muvofiq. 

Buning  jahonda  sinalgan  usuli  esa,  bizningcha,  til  va  adabiyot  fanlarini  qo„shib  o„qitish  (8-9-

sinflardan boshlab), ya‟ni tahliliy o„qishdir.  

 

Prezidentimizning ta‟lim-tarbiyaga doir barcha mahruza va chiqishlarida tarbiyaning ong 



mahsuli,  ayni  paytda  ong  darajasi  va  rivojini  belgilaydigan  omil  ekanligi,  binobarin,  ta‟lim-

tarbiya  tizimini  o„zgartirmasdan  turib  ongni  o„zgartirib  bo„lmasligi,  ongni,  tafakkurni 

o„zgartirmasdan turib esa ko„zlangan oliy maqsad – ozod va obod jamiyat  barpo etish imkoni 

yo„qligi yuksak salohiyat bilan jaranglab  turadi. Bunga uning quyidagi so„zlaridan ham qanoat 

hosil  qilish  mumkin:  «Men  Abdulla  Avloniyning  «Tarbiya  biz  uchun  yo  hayot,  yo  mamot,  yo 

najot – yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko„p mushohada  qilaman. 

Buyuk  ma‟rifatparvarning    bu  so„zlari  asrimiz  boshida  millatimiz  uchun  qanchalar 

muhim  va  dolzarb  bo„lgan  bo„lsa,  hozirgi  kunda  biz  uchun  ham  shunchalik,  balki  undan  ham 

ko„ra muhim va dolzarbdir»

2



Ta‟lim,  tarbiya,  ilm  tushunchalari  shu  darajada  qorishib  ketganki,  ularning  birini 

ikkinchisiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Shunga  qaramasdan,  tabiat  va  jamiyat  hodisalarida  bo„lgani 

kabi ular orasida ham pog„onali(ierarxim) munosabat  mavjud.  Binobarin, ularni ham muayyan 

tartibda joylashtirish mumkin:  tarbiya → ta‟lim→ilm.   

Zero, ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, ruh va tan quvvatidan bahra olib yashash  

maqsadida  tarbiyalangan  barkamol  avlodgina  muqaddas  zaminimizni  gullab-yashnatishga,  uni 

yot  ta‟sir  va  kuchlardan  asrashga  qodirdir.  Benazir  inson,  ma‟naviyat  va  ma‟rifatning  buyuk 

targ„ibotchisi  hazrat  Alisher  Navoiy  butun  hayoti  va  ijodini  komil  inson  tarbiyasiga,  millat 

taraqqiyotiga bag„ishladi, minnatdor avlodlarning yuksak e‟tirofi  va chuqur ehtiromiga sazavor 

bo„ldi. . 

Buni biz Yurtboshimizning daho shoirga bergan tahrifida ham, uning quyidagi so„zlarida 

ham ko„rishimiz mumkin: «Navoiy kunda kerak, har birimizga kerak, uning har bir asari, har bir 

g„azali,  har  bir  so„zini  El  manfaatiga  yetkazaylik».  Bu  so„zlar  ulug„  shoirni  ommaviy  tarzda  

o„qish  va  o„rganishga  mangu  dahvatdir.  O„rni  kelganda,  shu  dahvatga  munosib  javob  sifatida 

«Alisher  Navoiy  hayoti  va  ijodi»ni  alohida  fan  sifatida    barcha  fakulg‟tetlarda  o„qitayotgan 

                       

1

 Barkamol avlod orzusi. T.: “O‟zbekiston” 1999, 12-b. 



2

 Barkamol avlod orzusi. T.: “O‟zbekiston”-  1999. 16-b 

 



22 

 

Nizomiy  nomidagi  Toshkent  Davlat  universiteti  rektoratiga,  professor-o„qituvchilari  va 



talabalariga    o„z  minnatdorchiligimizni    izhor  etamizmiz.  Chunki  Alisher  Navoiyning  isonafas 

so„zini omma manfaatiga yetkazishning samarali usullaridan biri – barcha oliy  o„quv yurtlarida 

shunday  fanni  o„qitishni  yo„lga  qo„yishdir.  «Navoiyni  keng  xalq  ommasi  bilan  tanishtirishda 

«Saddi Iskandariy» tili va uslubini o„rganish juda  ko„p narsa beradi. Bunday tahlil uning ijodini 

o„rganishga o„ziga xos kirish  vazifasini o„taydi». 

   Alisher  Navoiy  insoniyatni  butunlikka  chorlab  yashadi,  umrini  el-yurt  ravnaqi,  millat 

manfaatiga,  tilimizning  betakror  ifoda  salohiyatiga  ega  ekanligini  amalda  isbotlab  berishga 

bag„ishladi.    Buning    misli  ko„rilmagan  namunasi  daho  shoir  qalamiga  mansub  «Saddi 

Iskandariy» dostonidir.  

Mazkur  dostonni  Hisrav  Dehlaviy, Nizomiy  Ganjaviy  va  Abdurahmon  Jomiy  dostonlari 

bilan  qiyoslab    o„rgangan  Ye.E.Bertels  Alisher  Navoiy  Iskandarining  darvesh  ham,  zohid  ham 

emasligini,  balki  mehribon,  kuyunchak,  rahmdil,  ezgulikka  intiluvchan,  shu  maqsadga  eltuvchi 

ilmni  yuksak  qadrlaydigan,  har  qanday  zo„ravonlik  va  zolimlikning  murosasiz  dushmani 

ekanligini  alohida  ta‟kidlaydi.  Olimning  fikricha,  Alisher  Navoiyni  keng  xalq  ommasi  bilan 

tanishtirishda «Saddi Iskandariy»  tili va uslubini  o„rganish juda  ko„p narsa beradi, yosh avlod 

tarbiyasi bilan bog„liq dolzarb vazifalarni hal qilishga qo„l keladi. «…aynan shu doston o„zining 

qator  xususiyatlari  tufayli  Navoiy  ijodi  bilan  ilk  marta  tanishayotgan    o„quvchilar  uchun, 

ayniqsa,  foydali.  Agar  hozir  qo„limizda  dostonning  jiddiy  sharhlangan  asl  nusxasi  bo„lganda, 

men  ulug„  o„zbek  shoirini  o„rganishni  aynan  shu  asardan  boshlashni  tavsiya  qilgan    bo„lardim. 

Uning    zamirida  shoirning  qolgan    barcha  asarlari  mutlaqo  boshqa  nur  bilan  yongan,  ularning 

sahifalari  bo„ylab  sochilgan,  ammo  tarixiy  negizdan  yulqib  olinganda  hamisha  ham  idrok 

etilavermaydigan qimmatbaho toshlar yangi shukuh bilan namoyon bo„lgan bo„lardi».  

Alisher  Navoiyning  «Saddi  Iskandariy»  dostonida  foniy  dunyodan  voz  kechish,  uning 

besamar  va  bevafo  ekanligini  fosh  qilish  g„oyasi  yo„q.  U  mutlaqo  hayotiy,  quvnoq  ruhda 

yozilgan  bebaho  asardir.  Bunga  ishonch  hosil  qilish  uchun,  Ye.E.Bertels  g„oyat    o„rinli 

ta‟kidlaganidek,  uning  ohangiga,  musiqiy  sadosiga  quloq  tutish  kerak.  Nizomiy  Ganjaviy 

motamsaro tasvirlagan Iskandar vafoti bu yerda kishini ezadigan darajada tasavvur uyg„otmaydi. 

Chunki o„lim kuz yaprog„ining to„kilishi kabi tabiiydir.  

Xullas, ildizi iymonga tutash tarbiya masalasi mumtoz adabiyotimizda juda oydin yoritib 

berilgan.  Gap  faqat  uni  o„qishda,  targ„ib  va  tashviq  qilishdadir.  Ta‟lim-tarbiya  tizimida  gap  bu 

haqda  borganida  asarning  quyidagi  g‟oyalariga  keng  e‟tibor  qaratish  zarur.  Avvalombor, 

mamlakat ozodligi va uning tinchligi masalasi. Vatanni tashqi dushmanlardan himoya qilishdagi 

jonbozlik  namunalaridan  yoshlarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbilashda  keng  foydalanish  lozim. 

Ikkinchidan, mamlakatda islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik masalalariga to‟xtalib o‟tish 




23 

 

zarur.  Negaki  vatanimizda  boshlangan  keng  qamrovli  islohotlarning  yechimi  mamlakatimizda 



yashayotgan  barcha  millat  vakillarining  hamkorligiga,  boshlangan  ezgu  ishlarning  faol 

ishtirokchilariga bo‟lishlariga bolg‟liq. Uchinchidan, asardagi asosiy g‟oyalardan biri fuqarolarni 

mavjud  tizimga  hurmat  ruhida  tarbiyalash  masalasi  hisoblanadi.  Ayniqsa  ayrim  kuchlar 

tomonidan  bugungi  kunda  vatansizlik  g‟oyasi  targ‟ib  qilinayotgan  bir  paytda  yoshlarda 

vatanparvarlik, insonparvarlik g‟oyalarini tarbiyalash muhim ahmiyat kasb etadi. 

O„rni  kelganda  shu  narsani  alohida  urg„ulash  joizki,  oliy  o„quv  yurtlari  tegishli 

fakulg‟tetlarida  hozirgidek  nuqul  g„arb  adabiyotini  emas,  balki  sharq  va,  eng  avvalo,  o„zbek 

mumtoz adabiyotini chuqur o„rganmog„imiz lozim.  




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin