O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 «Farhod va Shirin»  dostonida komil inson timsoli va uning yosh avlod tarbiyasidagi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

 

2.3. «Farhod va Shirin»  dostonida komil inson timsoli va uning yosh avlod tarbiyasidagi 

ahamiyati.  

«Farhod  va  Shirin»  Alisher  Navoiyning  mashhur  asarlaridan,  uni  o„rganishga 

bag„ishlangan  ilmiy-tahliliy  ishlar  ham  ancha.  Ammo  shunga  qaramay,  bizning  nazarimizda, 

dostonning  g„oyaviy  mohiyati,  ulug„  shoir  ko„zlagan  maqsad-muddao  hali  ochilgan  emas. 

Darhaqiqat, nega Farhod boshqalarga o„xshagan emas, tug„ilganidan boshlab g„amgin, bezovta? 

Sehrli  ko„zgu,  Yunoniston  safaridagi  tilsimotlar,  dev,  ajdarho  nimaning  ramzi,  bu  yerlarda 

tog„larda istiqomat qiluvchi donishmandlar-chi, ular kimlar? Nega Navoiy voqealarni to„g„ridan-

to„g„ri  Shirin  bilan  uchrashishdan  boshlamagan,  asarning  teng  yarmi  afsonaviy  sarguzashtlar 

tasviriga bag„ishlangan? Bu va bunga o„xshagan savollarga, afsuski, mavjud tadqiqotlarda javob 

yo„q. Holbuki, Navoiy oddiy ertakchi shoir emas, uning har bir ifoda-obrazi, lavha va tavsillarida 

muayyan  umumfalsafiy,  kayhoniy-ilohiy  ma‟no  bor.  Buni  u  asarning  muqaddimasidayoq  qayd 

etib o„tadi: 

                       Bu rangin sahfa, bilkim, dard bog„i, 

                      Ayon har  lolasida ishq dog„i. 

 

ya‟ni maqsad ishq dardini kuylash. Biroq bu oddiy, zaminiy ishq emas, balki ilohiy ishq, 



Farhod  esa  ana  shu  ilohiy  ishqqa  mubtalo  soliqdir.  Go„dakning  vujudi  «shuhlai  dard»  bilan 

yo„g„rilgan,  tili  chiqqan  zahoti  ishq  va  oshiqlik  so„zini  aytar,  hazin  va  xastadil  bo„lib  o„sar, 

jismonan baquvvat bo„lsa-da, lekin olamga beparvo, g„alati edi. «Farhod» so„zining asl ma‟nosi 

nurli    siymo,  baxti  o„ziga  yo„lboshchi  demak.  Ammo  Navoiy  bu  nomning  arab  yozuvidagi 

harflariga ramziy tus berib, u firoq,  rashk, hajr, oh va darddan iborat deb  aytadi. Chunki ilohiy 

ishq  yuragiga  olov  solgan  odamning  nasibasi  hijron  qiynoqlari;  u  o„zi  bilan  iloh  orasida  to„siq 

bo„lib  turgan  dunyo  va  jismdan  qutulish  iztiroblarini  chekishi  shart.  Taqdiri  azal  bu  bolaning 

peshonasiga  shuni  bitgan  va  u  bundan  qochib  qutulolmaydi.  Shuning  uchun  uning  horiqulodda 

xislatlari  kishilarni  hayratga  soladi.  Farhoddagi  rahmdillik,  shohu  gadoga  barobar  muomalada 



24 

 

bo„lib,  «el  ozoridan  ozor  topishi»,  otasi  taklif  etgan  taxt-tojdan  voz  kechishi  ham  uning 



darveshtabiatligi,  qalban  mol-dunyoga  qiziqmaganidandir.  Atrofdagilar  esa  Farhodning  bu 

ahvolini  tushunmaydilar.  Xoqon  o„g„lining  hazin  kayfiyatini  ko„tarish  maqsadida  har  xil 

tadbirdar  qo„llaydi  (tomoshalar  uyushtiradi,  to„rtta  qasr  qurdiradi,  tabiblarga  ko„rsatadi  va 

hokazo).  Bu  orqali  Navoiy  ilohiy  ishq  dardida  yongan  odam  bilan  ushbu  saodatdan  benasib 

«foniy  dunyo»  kishilari  orasidagi  ruhiy  –  ma‟naviy  tafovutni  ko„rsatib  bergan.  Ammo  shunisi 

ajibki,  Farhodning  o„zi  ham  boshida  «ichiyu  toshi  asiri  dard»  bo„lishiga  qaramay,  nimaga 

bundayligini anglab yetmaydi. Faqat shuni biladiki, ixtiyori o„zida emas, allaqanday olov yonib-

yondirib  o„ziga chorlaydi, ko„ngli hamisha nimagadir mushtoq. Bu holning-da tasavvufiy talqini 

bor:  Farhod  dardining  boisi  nima  ekanini  bilishi,  ya‟ni  o„zligini  anglashi  uchun  suluk  yo„liga 

kirib, ma‟rifat manzillarini (maqomotni) bosib o„tishi lozim. Uning zo„r qobiliyat bilan egallagan 

bilimlari,  jumladan,  Qoran  va  Moniydan  o„rgangan  hunarlari  ham,  zohiriy  (dunyoviy)  bilimlar 

bo„lib,  ular  tilsimotlar,  ya‟ni  ilohiy  siru  asrorni  ochishga  kifoya  qilmaydi.  Irfoniy-botiniy 

bilimlarni  egallab,  ilmulyaqin  darajasidan  haqqulyaqin  darajasiga  ko„tarilish,  ko„ngil  oinasida 

g„ayb  jamolini  aks  ettira  olish  uchun  esa  u  piri  komil  ta‟limini  olish  kerak  edi.  Farhodning 

xazinadagi ko„zguni billur sandiq ichidan ololmay (chunki u tilsimlangan) Yunoniston safariga, 

Suqrot huzuriga otlanishiga zarurat shundan kelib chiqadi. 

 

Yunoniston  –  hikmat  mamlakati,  zotan,  sandiqdagi  «hikmat  jahoni»  ko„zgu  ham 



Iskandardan  qolgan,  uni  Yunon  donishmandlari  yasaganlar.  Hakimlar    tog„larda,  g„orda 

yashaydilar.  Farhod  va  u  bilan  birga  borgan  odamlar  avval  Suhaylo  ismli  hakim  bilan 

uchrashadilar.  Suhaylo  –  Farhodning  tariqat  yo„lidagi  birinchi  piri,  u  Suqrot  darajasida  komil 

emas,  oina  sehrini  ochishga  qurbi  yetmaydi.  Ammo  u  Farhodga  Suqrot  huzuriga  borish  yo„lini 

ko„rsata  oladi.  Kezi  kelganda  shuni  aytish  kerakki,  tariqatda  bir    necha  pirning  ta‟limini  olish 

rasm  edi,  shayxlar  o„z  darajalariga  qarab,  shuningdek,  muridning  istehdodini  hisobga  olib,  uni 

o„zlaridan  kuchliroq  pirlarga  taqdim  etganlar,  natijada  shogirdning  irfoniy  qobiliyati    pirdan 

pirga  o„tgani  sari  ochilib  boravergan.  Suhaylo  ham  «donoyi  ogoh»,  ko„ngli  bedor  odam,  u 

Farhod yengib o„tishi kerak bo„lgan to„siqlar – ajdarho va devdan xabar beradi. Ajdarho – nafs 

timsoli, dev – saltanat timsoli (hokimlik). Suhaylo Farhodga ajdarhoni yengish uchun samandar 

yog„ini tuhfa etadi.  «Otashgohlarda yurib yiqqanman bu yog„ni»,  deydi u.  Chunki  samandar 

olov ichida  yashaydigan  jonivor. U – ishq ramzi. Farhod badaniga samandar  yog„ini surtganda, 

ajdarhoning  o„ti  unga  kor  qilmaydi  –  ishq  otashi  nafs  o„tini  so„ndiradi,  demoqchi  buyuk 

mutafakkir Navoiy. O„shal ishqi ilohiy olovikim, Farhodni mard va qahramon qildi, ne-ne balo-

ofatlarni  yengishga qudrat berdi. Farhod  Suhaylo so„ziga  amal qilib dahshatli devni o„ldirgach, 

uning  bo„ynidagi  kumush  lavhani  olib,  uning  yordamida  Jamshid  jomini  qo„lga  kiritadi.  Jom 

gardishida  Suqrot  huzuriga  boradigan  yo„lni  ko„rsatuvchi  yozuv  bor.  Jomi  Jamshidni  qo„lga 



25 

 

kiritishi  Farhodning  suluk  tadrijida  muayyan  martabaga  erishganidan  nishona  edi.  Chunki  bu 



jomda «jahon holoti ravshan» ko„rinadi, uning tashqarisida «komil zamiri» bo„lsa, ichi «andoqqi 

sohibdil  zamiri».  Demak,  Farhodning  irfoniy  bilimi  oshdi,  zamiri  ravshanlashdi,  ruhiy  olami 

boyidi.  Ammo  ko„zgu  sehrini  ochishga  bu  hali  yetarli  emas.  Shuning  uchun  u  Suqrot  tomon 

intiladi,  lekin  bu  yo„lda  yana  qanchadan-qancha  mushkilliklarni  yengishi  lozim.  Vodiy  bilan 

Suqrot  turadigan  tog„  oralig„ida  ko„pdan-ko„p  tilsimotlar  bor,  yo„l  bag„oyat  og„ir,  ilon-

chayonlarga  to„la,  o„r-qirlardan  o„tish  kerak.  Tor  so„qmoqning  ikki  tomoni  qirrali  harsang 

toshlar,  pastda  vahimali  daryo  oqadi.  Farhod  shu  yo„ldan  hech  qayoqqa  qaramay,  «tuz  yurib»,  

o„n bir ming  qadam bosishi kerak, ozgina chalg„isa, halokatga uchraydi. Bu – solik Farhodning 

ruhiyatida  yuz  berayotgan  o„zgarishlar;  uning  irodasi,  sidqu  vafosining  sinovlari.  Solik  butun 

diqqati,  qalb  torlarini  iloh  yo„liga  qaratsagina,  muvaffaqiyatga  erishadi.  Farhodga  tilsimotlarni 

yechib, mazkur    yo„lni  bosib  o„tishda  Xizr rahnamolik  qiladi.  «Kelubdurmen sango  bo„lmoqqa 

hodiy», deydi u yigitga qarab. Xizrni Farhodning ikkinchi piri deb qabul qilish mumkin, ammo 

aslida  u  ulug„  maqsad    sari  tavajjuh  etgan  Farhodga  g„aybdan  kelgan    madaddir.  Farhod  Xizr 

maslahatiga  kirib,  jomga  qaraydi  va unda  Suqrot  maskan   tutgan  tog„ni    hamda  g„orni  ko„radi. 

Shayx  qancha  ulug„  bo„lsa,  u  maskan  tutgan  tog„  ham  shuncha  baland  va  mahobatli,  unga 

yetishish  azobi  ham  og„ir. G„orga  borar  yo„lda  Farhodga  sher va  «temir  paykar»  odam  –  robot 

duch  keladi.  Sher  –  g„azab    timsoli,  g„azabkorlik  esa  hokimlar,  podsholarga  xos.  Darveshda 

g„azab  bo„lmasligi  kerak.  Shuning  uchun  Farhod  she‟rning  og„ziga  Ahriman  devdan  olgani 

Sulaymon  xotami  (bu  ham  hokimiyat  ramzi)  bilan  urib,  uni  daf  etadi.  Keyin  temir  paykarni 

yengish  navbati  keladi.  Uning  ko„ksida  ko„zgu  bor,  shu  ko„zguni  yuz  qadam  masofadan 

nishonga olib urish kerak, agar o„q ko„zgugu tegmasa, temir  odam o„q otuvchining o„zini halok 

etadi, agar nishonga tegizilsa, u yonib yo„q bo„ladi. Temir paykar – ro„yo, yolg„on timsoli, ayni 

vaqtda dunyo mo„hjizalari ramzi, chunki dunyoning o„zi ham majoz – yolg„on deb hisoblangan. 

Dunyo mo„hjizalariga mahliyo bo„lgan odam ilohga, haqqa yetolmaydi, chalg„iydi. Farhod temir 

paykar  ko„ksini  nishonga  olib,  o„q  otadi  va  ko„zgu  sinib,  haligi  maxluq  yonib  nobud  bo„ladi. 

SHunday  qilib,  Farhod  Suqrot  dargohiga  musharraf  bo„lishdan  oldin  anoniyat  belgilari  –  nafs, 

davlat va boylik hirsi, g„azab, ro„yo – yolg„on qutqularini bartaraf etdi, uning  ko„ngil ko„zgusi 

dunyo ishqi g„uboridan toza bo„ldi. Shu bilan birga, Farhodning ilmi g„aybdan xabardorligi, o„z-

o„zini anglash jarayoni boshlandi, pardalar birin-ketin oradan ko„tarilmoqda edi.  

Xiyla mashaqqat bilan g„orni topgandan keyin Alisher Navoiy quyidagi baytni keltiradi: 

 

 

Topib ko„p fikr ila g„or og„zig„a yo„l, 



 

 

Kishi topqon kibi yor og„zig„a yo„l. 



 

Bu o„rinda g„or og„zining yor og„ziga o„xshatilgani diqqatni tortadi. Ichi zimziyo bo„lgan 

g„or har qanday odamda vahima, qo„rquv hissini uyg„otishi tabiiy, biroq Farhod uchun bu g„or 



26 

 

vahimali emas, balki yor og„zini topgan kabi farahli. Albatta,  yor deb Navoiy Suqrotni nazarda 



tutayotir, u solik Farhod uchun haqiqatdan ham aziz do„st – yor. 

 

Qorong„i  g„orga  «jahonbin  jomni»  mashhal  qilib  kirib  boradilar.  Jom  Farhodning 



musaffo  qalbi  ramzi  ekanini  aytgan  edik,  ya‟ni  Suhaylo  va  Xizr  ta‟limi  madadlari  tufayli 

ravshanlashgan  solik  qalbi  mashhalday  yo„lni  yoritib,  piri  komil  sari  yetaklaydi.  Bir  qancha 

zinalardan  ko„tarilgandan  so„ng  salobatli  bino  ko„rinadi,  uning  ayvoniga  chiqilgach,  to„rdagi 

xona  ichidan  bir  dasta  nur  ko„zga  tashlanadi.  Bu  xona  ichida  go„yo  maxfiy  siru  asror  olami 

bo„lib  Suqrot  o„tiradi,  nur  –  uning  chehrasining  ziyosi.  Suqrot  mehmonlar  kelishidan  ogoh, 

shuning  uchun  ularni  ichkariga  chorlaydi.  Shu  yerda  Navoiy  voqeaning  borishini  to„xtatib, 

Suqrot hakim tahrifiga o„tadi.  

 

Suqrot, shoirning tavsifi bo„yicha, quyosh kibi porloq siymo, jismi pok ruhdan iboratday, 



shaxsi  aqlning  haykali  bo„lib  ko„zga  tashlanadi.  U  barcha  zohiriy  va  botiniy  ilmlarning 

jamuljami;  hamda  axloqiy  xislati,  tamkini  va  zakovati  hayratlanarli.  Jismi  toza  jon  kabi 

mukarram va safoli. Olami kubro, ya‟ni Ilohiyot olamini mujassam etgan zot: 

 

 



 

 

Kelib ko„ngli aningdek bahri zohir, 



Ki anda zohir avval to ba oxir. 

Yuzi mirhoti anvori ilohiy, 

Ilohiy sirrini anglab kamohiy

1



 

Xullas,  Suqrot  –  kamolot  cho„qqisini  egallagan  komil  inson,  o„zi  bir  joyda  o„tirsa  ham, 

lekin  ruhi butun dunyoni kezib chiqadi. Jamshid jomi, Iskandar ko„zgusi uning ko„ngil ko„zgusi 

oldida  xira.  Ko„ngli  «mahzani  roz»  bo„lgani  sababli  hamma  narsadan  ogoh,  barcha  voqeadan 

xabardor.  Kimning  peshonasida  nima  yozilgan,  umri  qanday  tugaydi,  muddao-maqsadi  nima  – 

suqrot buni oldindan biladi. Shuning uchun u nafaqat xoqon xazinasidagi sandiqni ochish sirini, 

balki  Farhodning  kelajagini  ham  bashorat  etadi.  Biroq  Suqrot  avval  xaqon  bilan  uning  vaziri 

Mulkoroni  qabul  qiladi.  Farhodga  hamroh  bo„lib,  mashaqqat  chekkanlari  evaziga  ularga  uzoq 

umr va beqiyos boylik vahda etadi, bardamlikni tahminlab turadigan «muhra» beradi. Ajdarho va 

dev  jangida  Farhod  qo„lga  kiritgan  ganj  bilan  Sulaymon  uzugi  (xotam),  Jamshid  jomini  ham 

hoqonga  qaytaradi.  Chunki  bular  Farhodga  kerak  emas  edi.  Xoqon  va  Mulkoro  –  dunyo  

odamlari,  shu  bois  ularning  talabi,  xursandchiligi  ham  dunyoviy,  ya‟ni  boylik,  yeru  mulk      va 

hokimiyat.  Suqrot  xoqon  va  vazirni    rozi  qilib,  chiqarib  yuboradi-da,  so„ng  yoniga  Farhodni 

chorlab,  uni  o„z  farzandiday  ehzozlaydi.  Chunki  bu  yigit  siymosida  u  e‟tiqodi,  sulukining 

davomini ko„rgan edi. Navoiy tasviriga ko„ra, Suqrot Farhodni necha  yuz yillardan beri kutadi. 

«Hakimi jahonbin» Farhodga qarab deydi: 

                       

1

 Qamohiy - oxirigacha 




27 

 

 



 

 

Muni bilkim, jahon foniydur asru, 



 

 

 



Haqiqat ahli zindoniydur asru. 

 

Ushbu  baytda  Navoiy  Suqrot  tilidan  tasavvufning  ikki  muhim  g„oyasini  bayon  etgan. 



Birinchi  g„oya  –  dunyo  o„tkinchi,  shu  sabab  unga  ko„ngil  bog„lash  xato.  Ming  yil  yashab,  yer 

yuzini olsang ham oqibat bir kun o„lasan. Xoqon umri uzayganiga xursand, lekin u, axir, abadiy 

emas. Faqat Mutlaq iloh abadiy, uning ishqida yongan oshiq ham abadiylik baxtini topadi: 

 

 



 

Chu mahbubi haqiyqiy uldurur, ul, 

 

 

 



Aning vasli sari qath aylamak yo„l. 

 

 



 

Gar ul mahbub vasli bo„ldi ummed, 

 

 

 



Budur iqboli sarmad, baxti jovid. 

 

Insonning yashashdan maqsadi «haq amrig„a mahmur bo„lmoq», bundan o„zga ishlardan 



esa  o„zini  saqlashdir.  Biroq  haq  va  haqiqatni  sevish,  ilohiy  ma‟rifat  jomini  nush  etmak  oson 

emas. «Bu yo„l ichra behad dardu g„am bor», deb aytadi Suqrot. Negaki, haq oshig„i uchun tana-

vujud  va  dunyoning  o„zi  bamisoli  bir  zindon.  O„zlikdan  qutulmay  haq  jamoliga  yetish,  baqoga 

musharraf bo„lish mumkin emas: 

 

 

 



Biri – o„zlukni qilmoq bo„ldi foniy, 

 

 



 

Yana bir – dog„i topmoq bo„ldi oni. 

 

Bu bayt so„z o„yini asosiga qurilgan. Suqrot (Navoiy) fikriga ko„ra, haqqa yetishish yo„li 



ikki  qadam  masofadek  gap,  lekin  bu  ikki  qadamni  bosib  o„tish  uchun  ming  yillik  mashaqqat 

sarflanishi  kerak,  zero,  bu  ikki  qadamning  biri  –  o„zlikdan  voz  kechish,  ikkinchisi  –  o„zlikni 

topish,  ya‟niki  o„zlikdan  voz  kechmay  turib,  o„zlikni  topolmaysan.  Navoiy  talqinidagi  ikkinchi 

tasavvufiy g„oya ana shu. 

 

Shu  tariqa  Suqrot  Farhodga  dunyoning  tuzilishi,  odamizod  xilqati  va  vazifasi,  vahdat 



asrori,  fano  va  baqo,  ishqi  haqiqiy  va  ishqi  majoziy  xususida  gapirib  beradi;  oshiq  yigitning 

«sarnavishti»  -  taqdirini,  boshiga  tushadigan  mushkilliklaru  topajak  saodatini  sharhlab  beradi. 

Ishqning  ikki  turi  haqida  Navoiyning  «Hayrat  ul  -  abror»,  «Layli  va  Majnun»,  «Mahbub  ul-

qulub»  va  «Lison  ut-tayr»  asarlarida  ham  fikrlar  aytilgan.  SHoir  har  gal  majoziy  va  haqiqiy 

ishqni  solishtirar  ekan,  o„quvchiga  tushunarli  va  ta‟sirli  bo„lishi  uchun  yangi-yangi  qiyoslarni 

misolga  oladi.  Masalan,  «Hayrat  ul-abror»da  majoziy  ishqni  yer  qahridagi  toshlarni  lahlu 

olmosga  aylantiruvchi  haroratga,  «Layli  va  Majnun»da  esa  «kimyo»,  ya‟ni  misni  oltinga 

mubaddal  etuvchi  sehrli  fanga  o„xshatadi.  («kimyo»lanish  ham  olov  ta‟sirida  yuz  beradi). 

«Farhod  va  Shirin»  dostonida  esa  majoziy  ishq  tong  yorug„i  haqiqiy  ishq,  quyoshning  o„ziga 

qiyos etilgan. Suqrot buning ma‟nosini tushuntirib, majoziy ishqni solik vujuduni fano etuvchi, 

ilohiy vahdatga olib boruvchi kuch deb tahriflaydi. Modomiki, inson o„zlikdan qutilmay, ilohga 

yetolmas ekan, demak, ana shu jarayonni tezlashtiruvchi chora, vosita kerak:  




28 

 

 



 

Bu o„zlukdin qutulmoq chorasozi, 

 

 

Nima yo„q, o„ylakim ishqi majoziy… 



 

 

Majoziy ishq bo„ldi subhi anvar, 



 

 

Haqiyqiy ishq anga xurshidi xovar. 



Majoziy ishq jarayonida oshiq obdon sinovdan o„tadi, uning tani bir quruq xasday bo„lib qoladi 

va  haqiqiy  ishq  «barqi  choqilg„och»,  zumda  yonib  kulga  aylanadi,  ya‟ni  oshiq  ruhi  qutilib, 

abadiyat – vahdoniyatga erishadi. 

Farhod  ana  shu  jarayonni  bosib  o„tishi,  ishqi  majoziy    o„tida  o„rtanmag„i  darkor,  deb 

xabar  beradi  Suqrot.  Ammo  ishq  majoziy  «mazhar»siz  sodir  bo„lmaydi.  «Mazhar»  siymosida 

ilohiy  jamol  aks  etgan  kishi.  Oshiq  uni  ko„rib,  shaydo  bo„ladi,  o„zini  borlig„ini  unutib  unga 

intiladi.  Layli  Majnun  uchun,  tarso  qizi  Shayx  Sanhon  uchun,  amirning  o„g„li  Shayx  Iroqiy 

uchun, mug„anniy ayol Shayx Ruzbehon uchun «mazhar» edi. Farhodning mahjoziy ishqi uchun 

“mazxar” (mazhar – zuhrlanish, inhikos demak) Shirindir. Mazhar Vujudi mutloqning sifatlari va 

beintiho  Husnining    qudratini  namoyish  etadi,  u  mirhot    oraz,  ilohiy  fayz  ayonlashgan  obhekt 

(«shayh»).  Husn  va  ishq  tortilishi  (Navoiy  buni  «kashish»  deydi),    o„zaro  mojarolari  ushbu 

dostonda Farhod va SHirin timsolida davom etgan.  

Farhod  shunday  qilib  Suqrot  huzuriga  borar  yo„lda  ma‟rifatning  bir  qismi  –  maqomat 

manzillarini  bosib  o„tdi,  piri  murshid  –  komil  inson  suhbatidan  bahra  topib,  o„z  dardi  nima 

ekanini  bildi;  ishq,  suluk  mohiyatini  angladi  –  o„zligini  va  ilohiyotning  sehru  sinoatini  taniy 

boshladi. Suqrot unga otasi xazinasidagi ko„zgu sirini ham aytib beradi. Farhod ko„zguda nafaqat 

Shirinni balki o„zini va o„zi boshdan kechirishi lozim bo„lgan voqealarni ko„radi. Chunki ko„zgu 

bu yerda o„sha komil inson Suqrotning qalbi. 

 

Farhod  endi  chinakam  majnun  oshiqqa  aylanadi,  savdoyi  kishiga  o„xshab  qoladi. 



Umuman,  Farhodning  Majnunga  o„xshash  jihatlari  juda  ko„p.  Ikkalasi  ham  oshiqi  beqaror, 

dardmand va xastadil. Farhod kabi Majnun ham go„dakligidan g„alati xislatlari ayon edi. Taqdir 

bu  ikki  yigitga  ishq  olovida  o„rtanishni  nasib  etgan.    Ularning  mahbuba  qoshida  xushdan 

ketishlari, oyoqlariga zanjir solinishi, ishqsiz ulusdan malomatlar chekishlari va boshqa voqealar 

o„xshash.  Navoiy  bir  mavzu  –  majzub  solikning  majoziy  ishqini  ikki  xil  sharoit  va  adabiy 

material  ta‟sirida  gavdalantirgan.  Majnun  bilimli,  shoir  yigit,  lekin  u  juda  ojiz,  hariflariga, 

muhitga biroz bo„lsa-da, qarshilik ko„rsatishdan  mahrum. Farhod esa ishq bilan javonmardlikni 

uyg„unlashtirgani  uchun    hunari  va  jismoniy  qobiliyatini  ishga  sola  oladi  qahramonliklar 

ko„rsatadi. Xullas, shoir tasavvufiy  ishq g„oyasini ikki xil tarzda tasvirlab bergan. Shunisi ham 

borki,  Majnun  bolaligidanoq  ishqi  oshkor  bo„ladi:  maktabda  Laylini  ko„rib,  uning  ishqida 

barchani  unutadi.  Ya‟ni  Majnun  sulukning  maqomat  bosqichini  o„tashga  ehtiyoj  sezmagan, 

birato„la  hol  darajasini  egallagan  solik  obrazi.  Farhod  sarguzashti  esa  ikki  qismdan  iborat. 




29 

 

Birinchi  qism  (Yunoniston  safari)  –  pirga  erishish  qiyinchiliklaridan  tashkil  topgan  bo„lsa, 



ikkinchi  qism  yorga  yetish  iztiroblaridir.  Ana  shu  ikkinchi  qismda  uning  avvalda  yashirin 

bo„lgan ishqi oshkora tus olib, hol martabasiga ko„tariladi, ya‟ni Majnun darajasiga yetadi.  

 

Dengiz safari,  qaroqchilarga qarshi jang, dashtu  vodiylarda  sargardon kezish,  tog„  kesib 



suv  chiqarish  –  bularning  hammasi  ramziy  ma‟noda  oshiqning  majoziy  ishq  yo„lidagi  chekkan  

ruhiy  –  psixologik  azoblari,  hajr  qiynog„i.    Shu  kabi  Xisrav  ham  ilohiy  ishqdan  mahrumlik, 

dunyoviy  zulmning  timsoli.  Xoqon  va  uning  saroyidagi  kishilar  ilohiy  ishqni  tushunmagan, 

zohirbin kishilar bo„lsalar-da, biroq ular oshiqqa zulm qilmagan edilar. Xisrav bo„lsa Farhodning 

ashaddiy dushmani bo„lib chiqadi.  

 

Bunda Navoiy ikki xil maslak, ikki xil insoniy darajani qiyoslashga imkon topgan: Xisrav 



ham Shirinni sevaman, deydi. Ammo Xisrav ishqi bilan Farhod ishqi orasida yer bilan osmoncha 

farq bor. Xisrav ishqi Alisher Navoiy «Mahbub ul - qulub»da bayon etgan ishq «marotib»laridan 

birinchisi – avom ishqiga to„g„ri keladi. Chunki Xisravning maqsadi Shirinni xotin qilib olish va 

o„z  haramiga  qo„shishdir.  U  zo„rlik  bilan  bunga  erishmoqchi  bo„ladi,  shuning  uchun 

Armanistonga  lashkar  tortib  keladi.  Uning  iddaolari  shohona,  ishqi  ham  xisravlarga  xos.  U 

Farhodning  ishqini  tushunmaydi,  uni jinni,  «majnun»,  deya  kamsitadi.  Farhod  ishqi  esa  pok  va 

ilohiy.  Buyuk  muallif  Farhod  bilan  Xisrav  “munozara”sida  ishq  haqidagi  ikki  xil  tushunchani 

qiyoslaydi. Bu «munozara» dostonning o„zagidir. Navoiy dunyoqarashi, maqsad-muddaosi xuddi 

shu yerda aniq ifodalangan. «Munozara»dan bir – ikki bayt misol keltiramiz: 

 

 



Dedi: qaydin sen, majnuni gumroh? 

 

 



Dedi: majnun vatandin qayda ogoh. 

 

 



Dedi: nedur sanga olamda pesha? 

 

 



Dedi: ishq ichra majnunliq hamisha. 

 

Ko„rinadiki, Xisrav ham, Farhod ham «majnun» degan so„zni tildan qo„ymaydilar, lekin 



Xisrav buni kesatish, kamsitish ma‟nosida ishlatsa, Farhod iftixor bilan bu sifatni o„ziga munosib 

biladi. Zero, Xisrav nazarida gadoning, jinnining malikani sevishi, buning ustiga malika ham uni 

yaxshi  ko„rishi  mumkin  emas.  Mag„rur  shoh  hamma  narsa,  jumladan,  SHirin  ham  meniki 

bo„lishi  kerak,  deb  o„ylaydi  («gadolar  qilmasun  deb  shohg„a  shirkat»).  Shu  tariqa  Navoiy  haq 

yo„lida sayr etuvchi orif inson ishqi bilan saltanat sohibi shoh «ishqi»ni salishtirib, haqiqiy oshiq 

qanday bo„lishi kerakligini Farhod tilidan bayon etgan haqiqiy oshiq chindan ham o„zini unutgan 

majnundir,  u  parvonaday  o„tga  talpinadi.  Ishq  o„tida  yonmay  kishi  oshiq  bo„lolmaydi,  deydi 

Farhod  Xisravga  qarab,  ammo  bu  kuymak  saodatidan  «joh  ahli  mahrum!»  Navoiy  e‟tiqodiga 

ko„ra  oshiqlik  va  shohlik  (umuman  mansab)  bir-biri  bilan  kelishmaydigan  tushunchalar. 

Dostonda  Navoiy  yonib,  berilib  tasvirlagan  ishq  g„oyasining  muhim  tomoni  bu.  Garchi  Farhod 

ham  aslida  shaxzoda  bo„lsa-da,  biroq  u  taxt-toj  ilinji,  ganju  xazinadan  butkul  voz  kechib,  ishq 



30 

 

gavharini tanladi. Xisrav bo„lsa shohlik g„ururi bilan mast, demak, u ilohiy ishqqa noloyiq. Chin 



oshiq na rasvolikdan, na el malomatidan, na o„limdan qo„rqadi. Yor vasli zo„rlik, manmanlikni  

emas,  zorlik  va  niyoz  bilan  ranj  chekishni  taqozo  etadi.  Xisravning  omiyona  savollari,  do„q  – 

po„pisalariga  Farhod  orifona  javoblar  qaytarib  uni  mot  etadi.  Ushbu  «munozara»  Nizomiy 

Ganjaviyning «Xusrav va Shirin», Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» asarlarida ham bor. 

 

Biroq ularda ishq masalasida ikki qutbning to„qnashuvi, shohu darvesh dunyoqarashidagi 



chuqur  ziddiyat  Navoiyda  bo„lganidek  keskin  va  aniq  ifodalangan  emas.  Vaqean,  ulug„  o„zbek 

shoiri  buni  «Farhod  va  Shirin»  muqaddimasida  qayd  etib,  salaflarda  tasuvvufiy  –  orifona  ishq 

tasviri  namoyon  emas,  ular  ko„proq  Xisravga  maddohlik  etganlar,  deydi.  Vaholanki,  shoirning 

vazifasi dardli dillar rozini kuylashdir. Shu maqsad yo„lida Navoiy Farhodni markaziy qahramon 

qilib  oladi,  xuddi  shu  tasavvufiy  mazmun  Navoiy  asarini  Nizomiy  va  Xusrav  Dehlaviy 

dostonlaridan ajratib turadi.  

 

 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin