19
taqozo etadi. Masalan, javonmardlik etikasining eng markaziy masalalaridan bo„lmish qanoat va
tamahning kelib chiqishi “azza man qanah zala man tamah” (qanoatli aziz, tamahgir xor) degan
hikmat bilan bog„liq bo„lib, musulmon sharqi etikasida ham muhim o„rin tutadi.
Navoiy o„nlab baytlarda (ham lirikada, ham boshqa asarlarida) ana shu hikmatni turli
shakllarda (aynan, qisman shaklini o„zgartirib, ma‟nosini tarjima qilib) keltirgan:
Elni xor aylagan tamah bilgil,
Doimo “azza man qan‟a” bilgil.
1
Navoiy «Mahbubul-qulub» da «qanoat zikrida», «saxovat va himmat» bobida, “karam va
futuvvat tariqida” alohida – alohida so„z yuritadi. Qanoat futuvvatning ko„plab talablari (Attorda
ular 72 ta) orasidagi eng markaziylaridan, lekin u barcha toifa (xoh malomatiy, xoh axiy, xoh
so„fiy, xoh shoh, xoh gado bo„lsin) uchun eng zaruriy xususiyat hisoblanadi.
“Xamsa”da javonmardlik etikasining juda ko„p qirrali turli shakllarda tasvir va targ„ib
qilinadi.
Javonmardlik elementlarini faqat “futuvvat” va “javonmard” terminlari bor o„rinlardan
qidirish to„g„ri emas (ba‟zan mazkur so„zlar termin emas, balki oddiy sifat ma‟nosida kelgan).
“Xamsa”da javonmardlikning har bir tabaqa (oddiy inson, hukmdor, olim, oshiq,
lashkarboshi, pahlavon) uchun taalluqli sifatlari ana shu tipdagi obrazlarga singdirib yuborilgan.
Ikkinchi tomondan, shoirning juda ko„p mulohaza va ibratli xulosalarida ham
futuvvatning u yoki bu talabini ko„rish mumkin. Juda ko„p tilga olingan «himmat», «vafo»,
poklik ana shunday muhim sifatlardan hisoblanadi. Masalan, qo„l, dil va nazar pokligini shoir bir
yerda oshiqning («oshiq oni bilki, erur dardnok, ham dili, ham ko„ngliyu ham ko„zi pok») asosiy
talabi sifatida qo„ysa, boshqa o„rinda shohlikning zaruratlaridan biri sifatida keltiradi. Lekin
“Xamsa” voqealarni yo„naltiruvchi konfilikt faqat qaharamonlararo (ijobiy va salbiy) ziddiyat
sifatida ko„rinsa-da, ammo boshqa bir ziddiyat ham borki, uning roli ham voqealar rivojida kam
emas. Bu – insonning o„zi ichki ziddiyati. Navoiyning qayta-qayta ta‟kidlashicha, inson vujudida
hayvoniy (genetik) va insoniy (notiqiy) xususiyatlar mavjud bo„lib, ular o„rtasida doimo kurash
boradi. Inson faoliyatidagi qarma-qarshi holatlarning manbai ana shunda. Chunki «ikkisi
insonda bo„lib haddi tom, zumrai inson aro aylar xirom».
Inson vujudida mavjud eng dahshatli dushman – bu nafs. Uni yengish esa osonlikcha
bo„lmaydi. Shuning uchun ham, to„qaydagi sherni yengish shijoat emas, balki “naf itin qilsang
zabun, olamda yo„q sendek shujoh”.
Shuning uchun ham podsho bazmidagi “qariyu gar xud yigit”:
1
Favoyidul-kibar, 747-bet.
20
Shaynda qoplondin agarchi fuzun,
Nafs itining ilgida lekin zabun.
1
“Xamsa” obrazlarida Navoiyning ana shu kontseptsiyasi nuqtai nazaridan yondashsak,
ularning poetikasida butun murakkabliklari bilan yorqin namoyon bo„ladi.
Xullas, “Xamsa” obrazlari poetikasini shoirning falsafiy-ijtimoiy va axloqiy pozitsiyasi
bilan uzviy bog„liq holdagina chuqur tadqiq etish mumkin. Chunki muallif pozitsiyasi butun asar
davomida saqlanib, uning badiiy imkoniyatlarini o„ziga bo„ysundiradi hamda asar uslubining
shakllanishi va umuman poetik komponentlarining muvozanatida muhim rol o„ynaydi. Zotan,
asarning umumiy ritmi, badiiy tasvir tamoyillari uning pafosi bilan bevosita bog„liq. Asar
qahramonlariga xos mehnatsevarlik, bunyodkorlik, do‟stlik, tinchliksevarlik, insonparvarlik kabi
fazilatlardan ta‟lim-tarbiya tizimida keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: