4. Nizolarni hal qilish Har bir nizo alohida hodisa sifatida tahlil qilinadi, lekin ularning
barchasiga xos bo‘lgan ayrim qonuniyatlar borki, ularga avvalo uning
bosqichlari yoki fazalari kiradi :
Nizo oldi bosqich - konfrontatsiya
Nizoning o‘zi: kompromiss yoki janjal
Nizodan chiqish: muloqot yoki dissonans.
Demak, birinchi bosqichda konkret masala yuzasidan fikrlar yoki
qarashlarda tafovut yoki qarama-qarshilik uchun shart-sharoit paydo bo‘ladi.
Tomonlar o‘rtasiga sovuqchilik tushadi, ular o‘zaro kelisholmay qoladilar, agar
bunda tashqaridan qaraganda, ko‘zga tashlanadigan nizo bo‘lmasa-da, o‘sha
shaxslarning o‘zi bir-birlariga nisbatan munosabatlarida buni his qila
boshlaydilar. Agar rahbar aynan shu bosqichda hodisaga aralashib, o‘z vaqtida
oqilona qarorlar qabul qilolmasa, nizo ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda har ikkala tomon o‘z qarashlarini qarshi tomonnikidan
afzal bilib, ochiqchasiga bir-birlarini ayblay boshlaydilar. SHu paytda boshliq
ularni kelishtirishga urinadi, agar bu “urinish” alohida - alohida tarzda
tomonlarni kabinetga chaqirib ro‘y bersa, vaziyat yanada taranglashib, ziddiyat
chuqurlashishi, tomonlar o‘z xolicha boshliqni ham o‘zining tarafdori qilib, u
ham nizoning ishtirokchisiga aylanib qolishi muqarrar bo‘lib qoladi. SHuning
uchun ham psixologiya har qanday nizoni tomonlarni birga chaqirgan holda hal
qilish va kompromiss qarorlar chiqarishga tayyor turishni tavsiya etadi. Buning
uchun rahbarda nizoning taxminiy obrazi va uni hal qilishga bir nechta alternativ
echimlar bo‘lishi kerak. Boshliq biror tomonga ko‘proq yon bosa boshlasa ham,
nizoning ishtirokchisiga aylanadi. SHuning uchun u xolis tarzda nizoning kelib
chiqish sabablari, kimlarning manfaatiga zid ishlar qilinayotganligi, nizo
ishtirokchilarining shaxsiy va professional xususiyatlari, kuchli va kuchsiz
tomonlarini taxlil qilib, nizoning “portreti”ni o‘zi uchun tasavvur qila olishi
kerak. SHundan keyingina, tomonlarni chaqirib, masalaga yanada oydinliklar
kiritib, tomonlarni kelishuvga chaqiradi. “Men nima bo‘lganini, muammo
nimada ekanligini bilish uchun Sizlarni chaqirdim” deb gap boshlashi va har bir
tomonning fikri muhimligini ta’kidlab, ayni paytda vaziyatni qattiq nazorat
qilishi, uning kechishini boshqarishi lozim.