Mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tamoyili. Ish
unumdorligini oshirishda, sarf-xarajatlarni kamaytirishda, chiqarayotgan
mahsulot va xizmat sifatini oshirishda mehnatni moddiy va ma’naviy
rag’batlantirish muhim rol o’ynaydi. Tamoyilning asosiy masalasi moddiy va
ma’naviy rag’batlantirish orqali xodimlarni jamoaning umumiy ko’rsatkichlarini
yuqori pog’onalarga olib chiqarishdir. Moddiy rag’batlantirish deganda, ish
haqiga qo’shimchalar, mukofotlar va boshqamoddiy yordamlarni tushunsak,
ma’naviy rag’batlantirish deganda, jamoa oldida tashakkurnomalar e’lon qilish,
nomlarini faxriy kitoblarga kiritish, faxriy yorliqlar berish, hurmat taxtasidan joy
ajratish, davlatimizning medal, ordenlariga, faxriy unvonlariga taqdim yetishni
tushunamiz. Boshqarish amaliyotida rag’batlantirish munosib bo’lmagan
odamlarni rag’batlantirish hollarini butunlay yo’qotish madsadga muvofiq
bo’ladi, chunki bunday hollarda jamoa ichida noroziliklar, guruhvozliklar,
tarafma - tarafliklar keltirib chiqarish ish samaradorligiga katta ziyon yetkazadi.
Boshqaruv qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tamoyili.Bu
tamoyil boshqarish tizimida bajaruvchilik intizomini yuqori darajada amalga
oshiruvchi omildir. Boshqarish tizimida amalga oshiriladigan nazorat ish
jarayonida aniqlik, ishchanlik, tezkorlik muhitini yaratib byu-rokratizmga qarshi
mavjud bo’lgan kamchiliklarni nazorat qilish va tekshirish, eng awalo, ish
unumdorligini oshirish uchun yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Qapop bajarilishini
tekshirganda, masalalarning tub mohiyatini tushuntirish va aniqlash ishlarini esa
baqiriq - chaqiriqsiz, osoyishtalik bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq
bo’ladi. Nazoratni uyushtirish shakllari har xil bo’lib, kalendarga, ish
daftarchasiga, nazorat kartochkasi (varaqchalari) ga yozma holda belgilashdan
tortib EHM gacha bo’lishi mumkin. EHM-nazorat qilinuvchi hujjatlarning soni
74
bir yilda 19 ming donadan oshgandagina o’zini oqlashi mumkin. Har bir rahbar
qarorlarning va tekshiriladigan hujjatlarning soniga qarab, o’ziga qulay bo’lgan
tekshirish shaklini tanlab oladi. Boshqarishga kiber-netikadan kirib kelgan ba’zi
bir tamoyillarni eslatibgina o’tamiz: