O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev


Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə59/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171
psixologiya -fayllar.org

Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullari ko’proq ijodiy faoliyat bilan
shug’ullanadigan korxona va jamoalarga taalluqli bo’lib rahiy moslik, rahiy
sharoitning ish unumdorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Olib
borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, boshqarishning bu gurahida ishtirok
etuvchi kishilarga ishlayotgan sharoiti (dizayni, xatto ish kiyimining qaysi
matodan tikilganligi va rangi) ish unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatar ekan.
Bunday xodimlarning ish o’rinlari ilmiy tarzda tashkil qilinishi kerak bo’ladi.

4. Boshqaruv funksiyalari (vazifalari)
Boshqarish funksiyasi haqida tushuncha.Warning obyektiv rivoj-
lanish omillari.
Boshqaravchi (rahbar) ikki holat oralig’ida ish olib borishi mumkin (5- rasm).



76


Boshqaruvchining malakasiga, bilimdonligiga, omilkorligiga, unda
boshqarish san’atining mavjudligi gaqarab, boshqarish sifati 5-rasmda
ko’rsatilgan ikki holat orasida bo’ladi.Reaktiv boshqarvdareaksiya (aksta’sir)
tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Ishga kelganda reja ham, maqsad ham aniq
(oldindan belgilangan) bo’lmay to’g’rilash (tuzatish) bilan shug’ullanamiz. O’t
o’chiruvchilarga o’xshab hamma ishlar baqiriq -chaqiriq, telefon qilishlar bilan
bajariladi. Buning asosiy sababi xom ashyo, uskuna, qurilmalarning vaqtida
yetkazib berilmaganidadir. Reaktiv boshqaruv sof holda kam uchraydi.
Ikkinchi holat-maqsadli (rejaviy) boshqaruv bo’lib, kam harajatlar bilan
oldindan belgilangan maqsadga tezkorlik bilan yetishni ko’zda tutadi. Bunday
boshqaruv ham sof holda kam uchraydigan holat. Maqsadli boshqaruvning
asosiy elementlari boshqaravning umumiy va konkret funksiyalaridir.
Har bir rahbarning boshqaravchi tariqasida ish faoliyati ikki holatda
bo’lishi mumkin (6-rasm). Bu ikki holat boshqaruvchilik va ijrochilik holatlari
bo’lib, boshliq boshqaruvchilik faoliyati bilan ko’proq shug’ullanishi kerak.

Rahbar
boshqaruvchi


tariqasida
(qo’ldaqog’ozvaruchkabilan)
boshqarishni uyushtirish kerak. Lekin ko’pincha rahbar ijrochilik faoliyati bilan
mashg’ul bo’ladi. Nimaga? Degan qonuniy savol tug’iladi. Bunga javob
quyidagicha: ko’pincha korxonalarda ishlaydigan mutaxassislarni omilkorlikda
rajasi past bo’ladi. Bunday holatlar uchrab turadi. Korxonadagi salbiy holat va
natija larga, birinchi navbatda, rahbar javob beradi, shuning uchun ham rahbar
o’z qo’lini korxona pulsida ushlab turishi kerak. Hamma korxonalarda obro’



77
ixtisoslik orqasidan keladi. Mutaxassisning omilkorlik darajasi qancha past


bo’lsa, rahbarga shuncha og’ir bo’ladi va rahbar ijrochilik faoliyati bilan
ko’proq shug’ullanadi. Masalan: korxona yangi mahsulot chiqara boshladi.
Buyurtmachi chiqarilayotgan yangi mahsulot yuzasidan rahbar yoniga kelib,
maslahatga kelganini aytadi. Bu yerda ikki vaziyat bo’lishi mumkin: 1)
rahbarning o’zi maslahat beradi; 2) maslahatga korxona mutaxassisini chaqiradi.
Birinchi
vaziyatda
rahbar
ijrochilik,
ikkinchi
vaziyatda
esa
boshqaruvchilik faoliyatini bajaradi. Boshqaruv funksiyasi deganda, boshqaruv
sohasidagi vazifalar tushuniladi.
Boshqaruv
funksiyalari
deganda,
boshqaruvchilik
xizmatini
ixtisoslashtirish jarayonida ajralib chiqqanboshqaruvchilik faoliyatining o’ziga
xos turini tushinamiz.
Hozirgi kunda, ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashishi
natijasida boshqaruvning yangi funksiyalari paydo bo’layapti.
Tasniflash asosida boshqarav funksiyalarini asosiy va konkretlarga
ajratish mumkin.
Asosiy boshqarav funksiyalari belgilangan obyektlardagi bo’ladigan hamma
boshqarav jarayonlarini tavsiflaydilar, konkret boshqarav funksiyalari esa
faqatgina shu obyektga xos bo’lgan jarayonlarni tavsiflaydilar. Boshqaruvning
asosiy funksiyalari:
1. Rejalashtirish.
2. Rejani bajarishni uyushtirish.
3. Muvofiqlashtirish.
4. Rag’batlantirish.
5. Nazorat.
Shu funksiyalarni amalga oshirish orqali biz boshqaruvni amalga
oshiramiz.
1. Rejalashtirish funksiyasining tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) bashoratlash;
b) dasturlash;
s) bajariladigan ishlar grafigi (jadvali)ni ishlab chiqish;
d) budjetni tuzish (ishlab chiqish).
Hozirgi kunda eng oqsoqlangan qismlardan bin bashoratlashdir.
Bashoratlash qanchalik obyektiv, aniq va ommaviy bo’lsa, ishlab chiqarishning
kelgusi shunchalik bir maromda bo’ladi.
2. Rejani bajarishni uyushtirish funksiyasi deganda, ishlab chiqarish
uchun kerak bo’lgan hamma ishlarni tushunamiz. Bu ishlar ichiga kadrlarni
tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan ta’minot
ishlari va hokazo tashkiliy ishlar kiradi.
3. Muvofiqlashtirish funksiyasi deganda, tashqi va ichki
muvofiqlashtirishni tushunamiz, chunki ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi kuchlar
tashqi va ichki boiadilar. Bu ta’sirlardan tashqari, ishlab chiqarishning
maromligini ta’minlash uchun ham muvofiqlashtirish, albatta, kerakdir.
4. Rag’batlantirish funksiyasi deganda, ishlab chiqarishning asosiy
richagini tushunamiz. Rag’batlantirishning turlari haqida, boshqarishning



78
qonuniyatlarini o’rganilayotganda to’xtalgan edik.


5. Nazorat-bu murakkab funksiyalardan bo’lib, ishlab chiqarishda
bevosita qatnashmaydi. Lekin bu funksiya zarur, oz vaqtida va minimal sarf-
xarajatlar bilan amalgam oshirishi kerak
Amerikalik ishlab chiqarish tashkilotchilaridan Iyuis Allen nazoratning
ikki tamoyilini ilgari surgan: 1) sabablarning minimumligi tamoyili; 2) nazoratni
qo’yilish tamoyili.
Bu tamoyillarning mazmuni nimadan iborat?Sabablarni tahlil qilish
natijasida nazorat qilinadigan obyektlarnigina hisobga olishimiz kerak.Bularning
soni esa, doimo minimum bo’ladi. Chunonchi: buzilgan dastgoxlarning, brak
mahsulot
chiqarayotgan
kishilarning,
mehnat
intizomini
buzayotgan
hodimlarning soni minimumni tashkil etadi. Agar nazoratni hamma
dastgohlarga, hamma xodimlarga qo’llaydigan bo’lsak, bu holda nazoratga
ketadigan sarf-xarajatlar minimum bo’lmaydi.Shu-ning uchun ham bu
tamoyilning amaliyotdagi o’rni kattadir.
Ko’pchilik holatlarda tartib buzarlik haqidagi axborotni birov orqali
olamiz, Bunday uslub noto’g’ridir, chunki tartib buzarlik to’g’risidagi axborot
nazoratchiga buzilgan holda etib keladi.Shuning uchun, axborotni faqatgina
tartib buzarning o’zidangina olishimiz kerak.
Asosiy funksiyalarning rejalashtirish qismi dastlabki boshqaruvni, rejani
bajarishni uyushtirish bilan birga muvoflqlashtirish va rag’batlantirish
funksiyalari operativ boshqaruvni va nihoyat nazorat funksiyasi pirovard
boshqaruvni tashkil qilishadi. Boshqaruvning funksiyalari bilan alohida
elementlar (xodimlar) shug’ullangani uchun umumrahbarlik (bosh direktor)
funksiyasini kiritishimiz kerak bo’ladi.
Rejalashtirish, asosan, boshqarish shajarasining yuqori sathiga mansub
bo’lib, lekin korxonada ham bu funksiya mavjuddir.Rejani bajarishni uyushtirish
korxonalarning vazifalaridir.
Muvoflqlashtirish funksiyasi ko’proq boshqarishning yuqori bos-
qichlariga taalluqlidir.
Rag’batlantirish funksiyasi ko’proq boshqarishning quyi bosqichlarida amalga
oshiriladi.
Nazorat boshqaruvning hamma bosqichlarida mayjud bo’lishi kerak.
Yuqoridan esa, ko’proq moliyaviy faoliyat tekshiriladi va nazorat qilinadi.
Boshqaruvning konkret funksiyalari—konkret obyektlarning xusu-
siyatlarini aks ettiradi. Ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati bilan shug’ul-lanadigan
korxonalar uchun ularni uch bosqichga bo’linadigan sakkizta funksiyalar bilan
ifodalash mumkin:

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin