Tizimchanlik tamoyili.Bu tamoyil boshqaruvchi va boshqariluvchi
tizimchalarni ko’rsatgichlari bir-biri bilan bog’liq bo’lgan murakkab tizim
holatida qarashni taqozo qiladi.
Shajaraviylik tamoyili boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarga ko’p
pog’onali shajara tarzida yondashishimizni tavsiya qiladi.
Mos kelishlik tamoyili boshqaruvchi tizimchaning murakkabligi
boshqariluvchi tizimchanikidan past bo’lmasligini ko’zda tutadi yoki oddiy
ibora bilan aytganda, murakkab ishlab chiqarishga sodda boshqarish tizimini
loyihalab bo’lmasligidan dalolat beradi.
Qayta aloqa tamoyili boshqarish ta’siri natijasida obyektda bo’la-yotgan
o’zgarishlar haqidagi axborot boshqaruv tizimiga vaqtida yetkazilishini
ta’minlaydi.
Qayta aloqa ijobiy va salbiy boiib qaysi birini tanlashni boshqarav
tizimini loyihalagan kishilar oldiga qo’yilgan maqsadlar hal qiladi. Xulosa qilib
aytganda — boshqarishning hamma tamoyillari muhim bo’lib, turmush ularni
amaliyotda qo’llashni taqozo etadi.
O’z ishini boshqarish tamoyillari asosida olib borishlik rahbar uchun
ahloq me’yori ekanligi amaliyot taqozosidir.
Boshqarish usullarining mazmuni. Boshqarishning iqtisodiy
usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning obyektiv iqtisodiy manfaatini
ko’zlagan holda xo’jalik yuritish usullaridir. Bu usullar tarkibiga rejalashtirish,
narx-navoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy ko’rsatgichlar kiradi. Amaliyotda
xo’jalik yuritish jarayonida sharoitlar o’zgaradi.Sharoitlarning o’zgarishiga
qarab, qo’yilgan maq-sadni inobatga olgan holda, xo’jalikni olib borish
mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni buzmagan holda, o’zgartirish
kerak.
Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak:
1. Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar).
2. Tashkilot manfaati (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi va
hokazolar).
3. Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar).
Jamiyatdagi ishlatiladigan richaglar uchchala manfaatlar bo’yicha ijobiy
natijalarga olib kelishi kerak.Lekin, bu narsa doimo kuza-tilavermaydi, ya’ni
ba’zida umumiy ko’rsatgichlar bajariladiyu, shaxsiy ko’rsatkichlar to’la
inobatga olinmaydi.To’la xo’jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu
uchchala ko’rsatkich, daromadga bo’lingan holda inobatga olinishi
kerak.Shaxsiy manfaat juda nozik narsa. Shuning uchun ham har bir ijrochiga
rejaviy ko’rsatkichlar, molning narxi, daromad, ashyo sarfi va boshqa
qiziqtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar etkazilishi kerak. Shunday
bo’lganda, har bir xodimning faolligi, mas’uliyatligi keskin oshadi.Bu esa ishlab
chiqarish hajmining, mol sifatining, daromadning, ish unumdorligining
75
oshishiga olib keladi.Har bir xodim ishning pirovard natijasini oshirishga da’vat