O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev


 Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə63/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   171
psixologiya -fayllar.org

5. Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi.
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir ijrochining
ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo’lishiga erishish talab qilinadi. Bu
mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi va har bir ijrochi tajribasi
ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv majburiyatlar doirasini shunday
belgilash lozimki, bunda har bir ishlovchi masalasi imkoni boricha to’liq ishga
solingan bo’lsin.
Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv
apparati turli bo’linmalari xodimlari o’rtasida aloqa o’rnatilishini nazarda tutadi.
Boshqaruv jarayonida, ham shu korxonada, ham undan tashqaridagi alohida
xodimlar, xizmat va bo’linmalar faoliyati birlashtiriladi.
Menejerlar mehnati taqsimlash va kooperatsiya qilish yo’llari tarkibiy



82
bo’linmalar haqida qoidalar hamda boshqaruv apparati xodimlari lavozim


qo’llanmasi tomonidan belgilangan bo’ladi. Korxonalar to’g’risidagi qonun
asosida korxona va uning bo’linmalarida har bir rahbar, mutaxassis va
texnikaviy ijrochi uchun lavozim qo’llanmalari ishlanadi. Lavozim
qo’llanmalari, huquq va majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida
mansabdor shaxslarning bo’ysunishi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi
belgilanadi.
Lavozim qo’llanmalari va qoidalar davriy ravishda qayta qurilib, ishlab
chiqarish, mehnat hamda boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini
hisobga olgan holda tuzatilib, to’ldirilib berilishi kerak.
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yondashuvni
ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka ma’lumotnomasi ham qo’llanilib, ularda
xodimlar bajarishi lozim bo’lgan ishlar hajmining murakkabligi, rahbarlik
lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan
daraja hamda ish staji ko’rsatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) hujjatlar
bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinuvini doimo
takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari
yo’nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham katta ta’sir
ko’rsatadi. Bu yerda hujjatlar o’tadigan bosqichlar sonini ularni birlashtirish
natijasida
qisqartirish
katta
samara
berib,
natijada
asoslanmagan
muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish muhim bo’lsa,
hujjatlar o’tish bosqichlari o’rnini almashtirish ham yaxshi natija beradi.
Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida ular o’tish
texnologiyasi, axborot uzatilishining maqbul yo’llari belgilanadi. Rahbar faqat
boshqalarga topshirish mumkin bo’lmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar
tayyorlash bilan bog’liq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar standart
blanklardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar o’rtasida
yozishmalarda kelgan hujjatning javobi bilan qaytarish keng qo’llaniladi.
Hujjatlarni bir xillashtirish va standartlash — menejer mehnatini tashkil
etishning muhim yo’nalishidir. Standart blanklarni qo’llash xatolar kamayishiga
va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib keladi.
Axborot hajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ayniqsa muhimdir. Mutaxassislar fikriga
ko’ra boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash mashinasi, aloqa vositalari
yordamida 70% ishni mexanizatsiyalash mumkin ekan. Menejer mehnatini
takomillashtirishni hisobga olib, ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va
qo’l yetadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari hamda yordamchi
uskunalar bilan jihozlashda uzluksiz ishlashni ta’minlash talablarini hisobga
olinishi kerak. Tajribadan ma’lumki, ish joyini texnologiya, ergonomika,
psixofiziologiya,
estetika
talablariga
muvofiq
joylashtirish
mehnat
unumdorligini oshirish (50% va undan ko’pga) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiyena me’yorlari, harorat,



83
namlik, yorug’lik me’yorlari, shovqin darajasi, shuningdek mehnat va dam olish


tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligiga — psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek
xodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ularning
kayfiyati, mehnat faolligi, oxir natijada mehnat natijalari bu omilga bog’liq
bo’ladi.
Boshqaruv samaradorligi, asosan, rahbar o’z vazifasini qanchalik
muvaffaqiyatli bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Hozirgi davr menejeri mehnat va
boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini
qo’llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim.
Menejer ham tashkilotchi, tarbiyachi, ham izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga
ega bo’lishi kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va
javobgarlik ortishi bajariladigan ishlarning turli-tumanligi ulardan vaqtning
unumli taqsimlanishini talab qiladi. O’z faoliyatini reja-lashtirishni bilmaydigan,
faqat joriy masalalar bilan shug’ullanuvchi menejerlar faqat boshqaruv
jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini tahlil qilishgagina
ulgurib, kelajakda qilinishi lozim bo’lgan ishlarni hal etish uchun vaqt yetish-
maydi.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda avvalo undan yuqoriroq boshqaruv
tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki aks holda butun
tizim faoliyatiga to’g’ri kelmaydigan (yoki qarama-qarshi) ish ko’rishi mumkin.
Rahbar ishi sur’atining tezligi uning mehnat faoliyati to’laqonli dam olish
bilan, shuningdek ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi,
chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori samarali bo’lishi, ish qobiliyati
to’liq tiklanishi mumkin.
Menejer mehnatida maqbul ish sur’atini o’rnatish, u amalga oshiruvchi
harakatlarning doimiy tartibini o’rnatish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi.
Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, hujjat va hokazolar) hajmi juda katta.
Bunday holda axborotni „filtrdan“ o’tkazish juda muhimdir. Rahbarga faqat u
hal qilishi mumkin bo’lgan axborot berilishi lozim. Bu bosqichda rahbarga
axborotni ijrochilar o’rtasida taqsimlovchi kotib yoki yordamchi (referent) katta
yordam ko’rsatadi. U malakali xodim bo’lishi, boshqaruvning barcha
bo’linmalari va tashkilotlari faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga bo’ysunuvchi boshqaruv apparati o’rtasida majburiyatlarni
maqbul taqsimlash rahbar ish vaqtini samarali sarflashda imkon beradi.
Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha ko’proq hujjatga imzo
chekishi uchun imkon berishi kerak. Bu rahbar vaqtini tejash, ijrochilar
tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yig’ilish va majlislar muhim o’rin egallab,
ularga ish vaqtining 70%i sarf bo’ladi. Shu sababli, majlislarni to’g’ri tashkil
etish uchun quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim.
Majlisda ko’riladigan masala faqat jamoa tomonidan hal etiladigan
muammodan iborat bo’lishi kerak. Bu muammo bitta majlis davomida hal



84
etilishi lozim.


Majlis qatnashchilari muhokama etilayotgan muammo bo’yicha yetarli
tajriba va bilimga ega bo’lishlari kerak. Majlisda ko’riladigan masalalar mavzusi
qatnashchilarga ular tayyorgarlik ko’rish uchun vaqtga ega bo’lishlari uchun
avvaldan e’lon qilinishi lozim.
Yig’ilish o’tkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan ko’rsatilishi lozim,
chunki uning qatnashchilari o’z ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak.
Yig’ilish rahbari avvaldan yig’ilish maqsadi va o’tkazilish shaklini belgilash
lozim.
Yig’ilish o’tkazilish tartibi, erkin, ishchan muhokama uchun sharoit yaratish
ham muhimdir.
Rahbarning ko’plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni qabul qilish va
suhbat o’tkazishni alohida ajratib ko’rsatish lozim. Qo’l ortida ishlovchilar
tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida vaqt ajratish muhimdir, chunki
„ochiq eshiklar siyosati“ tashqaridan demokratik xususiyatga ega bo’lsada, ish
vaqtini noto’g’ri sarflashga olib keladi. Suhbat davomida rahbar savollar berish
yo’li bilan xodimlardan ular niyatini aniq bilib olishi, o’z iltimos yoki takliflarini
asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashabbusi bilan amalga
oshadigan bo’lsa, xodim suhbat vaqti va maqsadi haqida ma’lumotga ega
bo’lishi kerak. Bu xodimga masala mazmuni bo’yicha tayyorgarlik ko’rish
psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi. Suhbat davomida
o’zaro ishonch muhitini yaratish u muvaffaqiyatli bo’lishiga imkoniyat beradi.
Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga
olishi kerak. Suhbat oxirida rahbar albatta muhokama etilgan masala bo’yicha
erishilgan natija va uni keyincha hal etish yo’llarini qayd qilib qo’yishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan biri — qabul qilingan
qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning
doimiy vazifasi bo’lib, uning ish rejasida hisobga olinishi lozim hamda
materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot berish uchun qabul qilish,
inspeksiya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli
— topshiriqlarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida
hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit
yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab
chiqarish samaradorligi shu narsaga bog’liqdir.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin