165
hisoblanadi. Psixologiya fanida temperament tushunchasi eng ko’p qo’llaniladi
va o’rganiladi. Temperament kishining psixik faoliyati harakatlari tezligi, his-
tuyg’ularning ifodalanishi, muloqotga kirishuvchanlikni ifodalovchi nisbatan
barqaror tug’ma individual tipologik xususiyat tushuniladi.
Xolerik temperamentli kishilar harakatlari
juda tez, ma’lumotlarni tez
qabo’l qiladi va miyasida qayta ishlaydi, serharakat, serg’ayrat, emosional
xolatlari. Jo’shqin,
jaxli tez chiqadigan, impulsiv, o’ziga baxosi balandroq,
muloqotga kirishuvchan, qasoskor va maqsadga intiluvchan kishilardir.
Sangvinik temperamentli kishilar xushchakchak,
xushmuomala,
beg’amroq, juda muloqotga kirishuvchan, konformist kishilardir. Ularning
do’stlari ko’p bo’ladi, mexmonga borishni yoqtiradilar, o’zi
yoqtirgan ishni
yaxshi bajaradi, boshqalariga yuzaki yondashadi.
Flegmatik temperamentli kishilarning harakatlari sekin, bosik,
xotirjam, emosional turg’un kishilardir. Ularning bir sharoitdan ikkinchi
sharoitga moslashishi qiyin kechadi, ularning quvongani yoki xafa bo’lgani
tashqaridan bilinmaydi.
Ular muloqotga tez kirishmaydi, do’sti ham kam
bo’ladi.
Melanxolik temperamentli kishilar o’ta ta’sirchan, xis-tuyg’uli,
xayajonlanuvchi, shoir tabiat, mexrli, tez xafa bo’lib qoladigan,
xar narsani
yuragiga yaqin oladigan kishilardir. Bu tipdagi kishilarda sa’nat va adabiyot
sohalaridagi noyob ijodiy qobiliyatlar ko’p uchraydi.
Umuman, temperamentning yaxshi yoki yomoni bo’lmaydi. Xar bir
tmperament tiplarinining o’ziga xos ham ijobiy, ham salbiy jixatlari mavjud.
Ularning namoyon bo’lishi shaxs rivojlanishining darajasi va yo’nalishiga
bog’liqdir
4. Xarakter. Qobiliyatlar. Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 2 ta kichik
guruhga bo’linadi va ularga quyidagi
tarqatma materiallar berilib, Ushbu
masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi. Takdimot tayyorlash
uchun 15 daqiqa va xar bir gurux taqdimoti uchun 3 daqiqadan Taqdimotlar
muhokamasi uchun 4 daqiqa ajratiladi. Jami 25 daqiqa.
Dostları ilə paylaş: