182
faoliyati motivasiyasini shakllantirishda tadbirkor faoliyati, uning qarorlar
qabo’l qilishi va rejalashtirishiga oid masalalar ijtimoiy-psixologik talqin
qilingandir.
Tadbirkorlik faoliyati motivasiyasini yanada kengroq ochishda, bir
konsepsiya mavjudki – bu boshqaruv tajribalarida keng qo’llaniladi. Bu F.
Herzbergning “ikki omil” nazariyasi. F. Gersberg sanoatda ishlaydigan
ishchilarning psixologik kasalliklarini davolovchi mutaxassis edi. Unga
ishchilarni rag’batlantirish (harakatga keltirish) konsepsiyasini ishlab chiqish
taklif etilgan. U o’zining ishlab chiqqan nazariyasini “motivasiyali gigiyena”
yoki “ishni jonlantirish” nazariyasi deb ataydi.
Gersberg ishga bo’lgan ishtiyoqlarni ikkiga bo’ladi. U birinchi guruhga
barcha yuzaki narsalarni kiritadi.
Ularga maosh, hamkasb bilan munosabat,
moddiy shart-sharoitlar kiradi. U ko’pgina kuzatuvlari natijasida bir to’xtamga
keldi va bu qarashlarini 1966 yil nashr qilingan “Motivasiya va inson borlig’i”
deb nomlangan kitobida bayon etadi. Uning fikricha, hamma asosiy motivlar
ikkita tarkibiy va bir-biridan farq qiladigan guruhlarga bo’linishi kerak – ular
gigiyena omillari va
motivlar omillari.
Birinchi omil, odamlar ishining muvaffaqiyatini ta’minlaydi yoki
pasaytirib yuboradi. Gersberg bu omillarni quyidagilar, deb hisoblaydi:
mehnat sharti;
firmaning siyosiy ahamiyati;
maoshi;
jamoadoshi va boshlig’i bilan munosabati va shunga o’xshaganlarni kiritadi.
Motiv omillariga esa:
ishdagi muvaffaqiyat;
ish yuzasidan ko’tarilishi;
qulay imkoniyatga egaligi;
ishning qiziqligi va qiyinligi;
ishning turli xilligi;
ishning rejalashtirilishida qatnashish va hokazolar.
Shuningdek, Bular ko’pincha motivlashtirish vazifasining natijasi uchun
kerak. Bu motivlar bir-biri bilan nafaqat tadbirkorlik motivasiyasini
shakllantiruvchi faoliyatda, balki tadbirkorlik faoliyatini
boshqarishda ham
muhim o’rin kasb etadi.
V. M. Karimovaning ta’kidlashicha, “Faoliyat – ehtiyoj – motivasiya”
tushunchalari o’zaro bog’liqdir. Har qanday faoliyat ortida insonning aniq
ehtiyoji yotib, bu ehtiyoj – shaxsni o’rab turgan muhitga bog’liqdir va bunda
ma’lum ma’noda psixologik tobe ekanligini tushuntiruvchi talablar mavjuddir.
Shu ehtiyoj ta’sirida paydo bo’ladigan faollikning turtkisi – motivdir.
Umuman olganda, motivasiyaga o’zini ma’lum bir xatti-harakatlarga
undovchi organizmning ichki holati sifatida qaraladi. A. A. Krilov o’z
qarashlarida, motivasiya fenomenini
uchta asosiy talqinini sharhlab o’tadi:
1. “
Fiziologik talqinlar – ichki turtki yoki ehtiyojlarning ahamiyatliligini
ta’kidlaydi. Misol uchun, yemishdan mahrum bo’lgan
hayvon ochlikni his
etadi va yegulikni izlab topishga va o’z fiziologik ehtiyojini qondirishga intiladi.
183
Ochlik, chanqoqlik va jinsiy mayl kabi holatlar organizm uchun muhim
ahamiyatga ega bo’lganligi sababli, odatda “birlamchi drayv” deb hisoblanadi.
2.
Bixevioristik talqinlar – o’rgatish (o’qitish) jarayonida orttirilgan ichki
turtkilarga suyanadi. Masalan, pulga ega bo’lishdek motivasion moyillik.
Ochlik va chanqoqlik singari “birlamchi drayv (boshqarish, undash)” holatlar
pullar bilan assosiasiyalanishi sababli, biz ishga nisbatan yo’naltirilgan yuqori
motivasiyani sezamiz.
3.
Psixologik talqinlar – aniq harakatlarga bizni undovchi “birlamchi
drayv” konsepsiyasi insoniyat xulq-atvorini undaganda murakkab turlarini
tushuntirishda ham dolzarb bo’lib qolaveradi. Ichki murakkab ehtiyojga erishish
motivasiyasi affiliasiya yoki A. Maslou bo’yicha o’zini ro’yobga
chiqarish misol
bo’la oladi”.
Adabiyotlarda motivasiyaga oid nazariyalar, asosan, ikkita toifaga
ajratiladi:
mazmuniy;
jarayoniy.
Motivasiyaning mazmuniy nazariyalari birinchi navbatda insonlarni
harakatga undovchi ehtiyojlarini aniqlashga harakat qiladi, aynan unda ishning
hajmi va mazmuni aniqlanadi. Motivasiyaning zamonaviy mazmuniy
konsepsiyalariga
asos solinishi, asosan, A. Maslou, F. Gersberg, D.
Makelland larning ishlari bilan bog’liq.
Mashhur nemis sosiologi Maks Veber XIX asr boshlarida biznesdagi
holatni tahlil etar ekan, biznes odobi masalasida mufassal to’xtalib o’tgan.
Biznesning mohiyatini tushunib yetgan holda u: “Trubinalardan tutun chiqishi
uchun foyda olinishi zarur”, – deb ta’kidlagan. Bu yerda u tadbirkorlar
faoliyatidagi ikki yo’nalishni ajratib ko’rsatadi:
usiz ishlab chiqarish mavjud bo’lmaydigan oqilona
foydaga intilish;
“boylikka intilish”.
M. Veber ikkinchi yo’nalishni biznes emas deb ta’kidlaydi. “Bunday
intilish ofisiantlar, vrachlar, rassomlar, yengil tabiatli kishilar, askarlar,
qimorboz va gadoylarda uchraydi va to’liq ishonch
bilan u barcha davr va
mamlakatlarning barcha aholi guruhlari va alohida shaxslariga xos bo’ladi”.
Motivasiyaning mazmuniy nazariyalari odamlar xulqini belgilovchi
ehtiyojlar va unga bog’liq omillarga asoslanadi. Jarayoniy nazariyalar
motivasiyani boshqacha tarzda o’rganadi. Ularda inson qanday qilib aniq bir
xulq to’rini tanlashi tahlil qilinadi. Jarayoniy nazariyalar asoschilari ehtiyojlar
mavjudligi to’g’risida bahslashmaydilar, balki odamlar xulqi ehtiyojlar
bilangina emas, balki psixologik jarayonlar
bilan aniqlanadi, deb hisoblashadi.
Dostları ilə paylaş: